Mavzu: O`zbek orfografiyasi va uning boshlang`ich ta’lim dasturi hamda darsliklarda aks etishi, o`rgatishga tavsif



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix13.12.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#74528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
I SINF 
SAVOD O‘RGATISH VA NUTQ O‘STIRISH 
(128 soat) 
Savod o‗rgatish davri sentabr oyidan to dekabr oyining oxirigacha bo‗lgan 
muddatni, ya‘ni 2 o‗quv choragini qamrab oladi. Savodga o‗rgatish jarayoni 
tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta‘lim 
savodga o‗rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga 
oshiriladi. Savodga o‗rgatishning tahlil-tarkib usuliga ko‗ra matndan gap, gapdan 
so‗z, so‗zdan bo‗g‗in va tovush, yoki aksincha, tovush → bo‗g‗in → so‗z → gap 
→ matn uzviy aloqada butundan bo‗lakka, bo‗lakdan butunga qarab tahlil va tarkib 
qilinadi. Bu esa, o‗quvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, tushunarlilik, 
mantiqiylik, ilmiylik kabi didaktik mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini 
vujudga keltiradi. 
Boshlang‗ich ta‘limning ilk savodga o‗rgatish davridanoq o‗quvchilar nutqini 
yangi so‗zlar hisobiga boyitishga alohida e‘tibor qaratiladi. 


11 
―Alifbe‖ darsligida berilgan yangi so‗zlar matn, hikoyacha va she‘rlardan 
foydalanib, o‗quvchilarni so‗z ma‘nosi bilan atroflicha tanishtirish, she‘riy va 
nasriy matnlarni yodlatish, qayta hikoyalashga e‘tibor beriladi. Shuningdek, 
sinfdan tashqari o‗qish darslarida o‗quvchilarni bolalar adabiyoti namunalari bilan 
tanishtirib borish, ularni mustaqil o‗qishga, ota-onalar va o‗qituvchilar yordamida 
badiiy o‗qishga qiziqtirish, o‗quvchi nutqini boyitish va rivojlantirishga yordam 
beradi. 
Tayyorgarlik davri ( 8 soat) 
1. Tayyorgarlik davrida o„qish darslari. 
O‗quvchilarni darslik va qo‗shimcha ko‗rgazmali illyustrativ materiallar 
(rasmlar, fil‘moskop, buyumlarning asl nusxasi va darslikdagi rasm-
illustratsiyalar) vositasida maktab ta‘limiga moslashtirishga, o‗quvchilar qo‗lini 
yozuvga tayyorlash, gapdan so‗z, bo‗g‗in va tovushni turli harakatlar (oyoq, qo‗l 
harakati, o‗yin elementlari) asosida o‗rgatishga e‘tibor beriladi. 
Bu davrda o‗quvchilar, asosan, quyidagi tushuncha, malaka va ko‗nikmalarni 
egallaydilar:
 o‗quv predmeti mazmuni asosida tashkil etiladigan dars 
haqidagi amaliy ko‗nikma; darsning muayyan vaqt oralig‗ida davom 
etishi; dars jarayonida o‗quvchining tutgan pozitsiyasi haqida 
tushuncha
 rasm mazmunini anglash, rasm mazmuni asosida mantiqiy 
izchillikka ega bo‗lgan matn tuzish; 
 darslik bilan ishlash, og‗zaki nutq haqida tushuncha; 
 yozma nutq, gap haqida tushuncha; 
 so‗z va bo‗g‗in haqida tushuncha; 
 unli va undosh tovush haqida tushuncha; 
 maktab partasida to‗g‗ri o‗tirish; 
 darslikdan foydalanishga oid ilk o‗quv ko‗nikmalarini 
shakllantirish. 


12 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin