Mavzu: Neyronlar klassifikatsiyasi



Yüklə 68,08 Kb.
səhifə7/8
tarix07.12.2022
ölçüsü68,08 Kb.
#72920
1   2   3   4   5   6   7   8
Neyronlar klassifikatsiyasi

Nerv tolalarida qo‘zg‘alishning tarqalishi. Nerv o‘zani bir yoki bir necha nerv tolalaridan iborat, ular umumiy perinerval parda bilan qoplangan. Nerv tolalari nerv hujayralarining o‘siqlari hisoblanadi. Ular miyelinli va miyelinsiz tolalarga bo‘linadi. Miyelinli tolalar somatik nerv tizimining, ya‘ni sezgi a‘zolari va skelet muskullariga boradigan sezuvchi va harakatlantiruvchi nervlarning tarkibiga kiradi. Miyelinsiz tolalar umurtqali hayvonlarda, asosan, vegetativ nerv tizimida uchraydi.
Miyelinli nerv tolasi 8-rasmda ko'rsatilganidek, o‘q silindrdan va shu silindrni qoplovchi miyelinli hamda Shvan pardalaridan tashkil topgan. O‘q silindr membrana va aksoplazmaga ega. Aksoplazmadan juda ingichka neyrofibrillalar o‘tgan, shu neyrofibrillalar orasida esa bir talay mitoxondriyalar va mikrosomalar bor. Miyelin qavat Shvan hujayra o‘q silindrni ko‘p marta aylanib o'rashidan hosil bo‘ladi. U 80 % lipidlardan va 20 % oqsillardan tashkil topgan. Miyelin pardasi har 1-2 mm da uziladi. O‘q silindrning miyelinsiz qismlari (ulaming kengligi 0,1-0,2 mm) Ranve bo‘g‘imlarida bo‘lmaydi. Ularning o‘q silindri faqat Shvann pardasi bilan qoplangan. Miyelinli nerv tolalaridan qo‘zg‘alishlaming o‘tishi miyelinsiz nerv tolalaridan farq qiladi.
Nervlarda qo‘zg‘alashining o'tkazilish qonunlari. Nerv tolalarida qo‘zg‘alishning o’tkazilishi o‘rganilganda shu jarayonining kechishidagi bir necha qoida (qonun) aniqlangan.
Nervning anatomik va fiziologik uzuluksizligi qonuni. Nerv tolasidan qo‘zg‘alishning o‘tkazilishi uchun o‘q silindrning qo‘zg‘aluvchan membranasi anatomik va fiziologik jihatdan butun bo’lishi shart. Agar nerv tolasini qirqib, anatomik butunligi buzilsa, qo‘zg‘alishlarning o‘tishi to‘xtaydi. Nervni qirqib qo‘yishgina emas, balki o‘q silindr membranasini har qanday yo‘l bilan ta’sirlab, shikastlash, Masalan, nervni bog‘lab qo‘yish yoki nerv tolalarni haddan tashqari taranglash natijasida qo‘zg‘alish o‘tkazilmaydigan bo‘lib, qoladi. Bundan tashqari nerv impulsining generatsiyasiga halal beruvchi ta’sirlarda ham nerv qo‘zg‘alishlarini o‘tkaza olmay qoladi. Masalan, nervni haddan tashqari sovutish yoki isitish, qon kelishini to‘xtatish va h.k.
Shunday dalillarga asoslanib nerv tolalarining anatomik va fiziologik uzluksizligi bo‘lgandagina qo‘zg‘alish o‘tishi mumkin, degan qonun ta’riflab beriladi.
Ikki tomonlama o'tkazish qonuni. Nerv tolasiga ta’sir etilganda qo‘zg‘alish ikki tomonlama uzatiladi, ya’ni markazdan qochuvchi yo‘nalishda ham, markazga intiluvchi yo‘nalishda ham tarqaladi. Bu quyidagi tajribada isbot etiladi. Nerv tolasiga ikki juft A va В elektrod qo‘yib, ular ikkita elektr o’lchov asbobiga ulanadi. Nerv tolasining shu ikkala elektrod oralig‘idagi qismiga ta’sir etiladi. Qo‘zg‘alishlar ikki tomonlama o’tganligi natijasida ikkala asboblar ham qo‘zg‘alishni qayd etadi. Nervning ikki tomonlama o’tkazilishi faqat laboratoriya fenomeni emas. Tabiiy sharoitlarda, harakat potensiali hujayra tanasidan o‘simta-akson boshlanish (boshlang'ich segment) joyida vujudga keladi va boshlang’ich segmentdan qo‘zg‘alishlar ikki tomonlama: aksondan nerv oxiriga tomon va hujayra tanasiga va uning dendritlari tomon o’tkaziladi.
Qo'zg'alishning nervdan ajratilib o'tkazilish qonuni. Har qanday periferik nerv o’zani bir talay harakatlantiruvchi, sezuvchi va vegetativ nerv tolalaridan iborat. Bu tolalar orqali bir vaqtning o’zida chastotasi bo’yicha farq qiladigan turli yo‘nalishdagi impulslar o’tadi va bu tolalar bir-biridan juda uzoqda turgan bir talay periferik tuzilmalarni idora qiladi.
Agar impulslar nervning har bir tolasida alohida tarqalib, bir toladan ikkinchi tolaga o'tmasagina periferiyadagi barcha a’zo va to'qimalar normal ishlay oladi. Tolalarni qoplagan Shvann va miyelin pardalar yuqori elektr qarshilikka ega bo'lganligi uchun tolalarni ajratib turadi.
Bu qonunni isbotlash uchun baqaning orqa miya ildizlari ajratiladi. Bu ildizlar qo‘shilib, muskulni innervatsiyalovchi o'zan hosil qilinadi. Butun nerv o‘zani elektr toki bilan ta'sirlansa, muskulning hamma qismi qisqaradi. Nerv o'zanini tashkil qiluvchi ildizlar alohida-alohida ta'sirlansa, faqat shu ildiz tarkibidagi tola innervatsiyalovchi muskulning qismigina qisqaradi.
Miyelinsiz va miyelinli nerv tolalarida qo'zg'alishning o'tkazilishi. Miyelinsiz nerv tolalarida qo'zg'alish butun membrana bo'ylab, uzluksiz ravishda, qo‘zg‘algan bir qismdan ikkinchi qismga tarqaladi.
Miyelinli tolalarda harakat potensiali tolaning faqat miyelin pardasi bilan qoplanmagan sohalari orqali «sakrab-sakrab» o‘tadi. Kato (1924 y.) va Takson (1953 y.) lar baqaning miyelinli yakka nerv tolalarida bevosita elektrofiziologik tadqiqotlar o‘tkazdilar. Miyelinli tolalarda Ranv bo‘g‘imlaridagi harakat potensiali vujudga kelishini, tolaning miyelinli qismlari amalda qo‘zg‘almasligini ko‘rsatib berishdi.



Yüklə 68,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin