Mavzu: Neyronlar klassifikatsiyasi


Bоsh miya kаttа yarim shаrlаr fаоliyatini o’rganish usullаri



Yüklə 68,08 Kb.
səhifə2/8
tarix07.12.2022
ölçüsü68,08 Kb.
#72920
1   2   3   4   5   6   7   8
Neyronlar klassifikatsiyasi

Bоsh miya kаttа yarim shаrlаr fаоliyatini o’rganish usullаri.
Bоsh kаttа yarim shаrlаr fаоliyatini o’rganishdа quyidаgi usullаrdаn fоydаlаnilаdi:

  1. Bоsh miya yarim shаrlаr po’stlоg’ini qismаn yoki butunlаy оlib tаshlаsh;

  2. Bоsh miya kаttа yarim shаrlarining bа’zi qismlаrigа оltin yoki plаtinаdаn tаyyorlаngаn elеktrоdlаr o’rnаtib shu sоhаsidаgi biоtоklаrni yozib оlish;

  3. Elеktrоensеfаlоgrаfiya;

  4. Yuzаgа chiqilgаn pоtеnsiоllаr;

  5. Оdаm yoki hayvоndа shаrtli rеflеks hоsil qilish usuli;

  6. Nеyrоn fаslligini yozib оlish;

  7. Tоpоgrаfik kаrtа tuzish;

  8. Kоmpyutеr tоmоgrаfiya;

  9. Vеgеtаtiv ko’rsаtkichlаrni rеgistrаsiya qilish;

Yuqoridagi tekshirish usullarining ba’zilari haqida batafsilroq to’xtalib o’tamiz.
Elektroensefalografiya. Miya po’stlog’ining elektrik faolligini bosh miya yuzasidan qayd qilish imkonini beruvchi usul elektroensefalografiya, yozib olingan egri chiziq esa elektroensefalogramma (EEG) deyiladi.
Yuzaga chiqilgan potensiallar. Yarim sharlar po’stlog’i faoliyatini o’rganishda
yuzaga chiqarilgan potensiallarni qayd etish ham natija beradi.
Retseptorlar periferiya va nervlar va sensor signallarni o’tkazuvchi boshqa tuzilmalarni ta’sirlangandan so’ng po’stloq yuzasidan qayd qilinadigan elektr reaksiyasi yuzasidan qayd qilinadigan elektr reaksiyasi yuzaga chiqarilgan potensial deb ataladi. Bu usul yordamida miyaning turli tuzilmalarga axborot o’tkazuvchi yo’llarini po’stloqdagi manzilini aniq tekshirish mumkin.
Topografik kartalash. Ko’p kanalli EEG registratsiya qilish va uni kompyuterda qayta ishlash miya po’stlog’ida turli ritmlarni tarqalishi va ularni turli amplituda bo’lishi haqidagi ma’lumotlardan xabardor qiladi. Bunday kartalarni ketma-ket qo’yish dinamik jarayonlar haqida ma’lumot beradi.
Bunday kartalashtirish miyaning funksional turli holatlardagi faoliyatida tavsif qilish imkonini beradi.
Kompyuter tomografiya. Kompyuter tomografiya eng yangi texnik metodlar va hisoblash texnikasi qo’llash asosida ko’p ko’rinishlarni olish imkonini beradi. Bu metod miya turli tuzilmalardagi o’zgarishlarni metabolitik o’zgarishlar asosida ko’p ko’rinishlarni olish imkonini beradi. Bu metod miya turli tuzilmalaridagi o’zgarishlarni metabolitik o’zgarishlar asosida tavsiflash imkonini beradi. Nerv hujayralarida moddalar almashinuvi radioizotoplar bilan belgilab ma’lum ximiyaviy elementlar qo’llash mumkin. Aktivlikni kuchayishi modda almashinuvi kuchayishi bilan boradi, u yoki bu psixik jarayonlar vaqtida faollik hududlarda izotoplar to’planadi.
Vegetativ ko’rsatkichlar yozib olish usuli. Turli psixik psixofiziologik jarayonlar miya po’stlog’ini funksional holati yozib olinadi. Bunday vegetativ ko’rsatkichlarga teri elektr potensial va yurak tomir faoliyati parametrlari kiradi. Masalan, plastizmagrafiya. bu usulda periferik qon tomirlarda qonning oqimi o'rganiladi. bunda turli organlarda qon hajmi o’zgaradi. Bu o’zgarishlarni yozib olish mumkin
Nerv tizimining vazifaviy-tarkibiy birligi - nerv hujayrasi bo‘lib, u o‘zidan chiqayotgan o‘simtalari bilan birga neyron deb ataladi.
Neyronlar o‘lchami, shakli, o‘simtalarining soni va uzunligiga qarab turli xil bo‘ladi. O‘simtalari tuzilishi va vazifasiga qarab aksonlar yoki neyrit va dendritlarga bo‘linadi. Neyronlarning dendritlari ko‘p sonli, shoxlangan bo‘ladi. Ular tashqi va ichki muhit ta’sirini yoki boshqa neyronlardan kelayotgan impulsni nerv hujayrasi tanasiga o’tkazib beradi. Akson yoki neyritlar bitta bo‘lib, nerv impulsini hujayra tanasidan boshqa neyronga yoki ish bajaruvchi a’zoga o‘tkazib beradi. Tuzilishi, vazifasi va aloqasiga qarab neyronlar sezuvchi yoki retseptor, oraliq yoki assotsiativ va harakatlantiruvchi yoki effektor neyronlarga bo‘linadi.
I. Sezuvchi neyronlarni dendritlarining uchlarida qabul qiluvchi apparat - retseptor joylashgan. Retseptor ta’sirotni qabul qilib, uni nerv impulsiga aylantiradi. Retseptorlar ma’lum bir ta’sirotni qabul qilishga moslashgan (mexanik, harorat, kimyoviy) bo‘lib, tuzilishi har xil bo‘ladi. Retseptorlarning joylashishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Ekstrotseptorlar tashqi muhit ta’sirini qabul qiladi. Ular teri, shilliq pardalar va sezgi a’zolarida joylashgan.
2. Introtseptorlar organizmning ichki muhitida bo‘ladigan kimyoviy o‘zgarishlar, shuningdek to‘qima va a’zolardagi bosim o‘zgarishlari ta’sirotlarini qabul qiladi.
3. Propriotseptorlar mushak, pay, boylam, fassiya, bo‘g‘im xaltasidagi ta’sirotlarni qabul qiladi.
II. Oraliq yoki assotsiativ neyron qo‘zg‘olishni sezuvchi neyrondan harakat neyroniga o‘tkazib beradi. Bu neyronlar markaziy nerv tizimida joylashadi.
III. Effektor yoki harakatlantiruvchi neyronlarning tanalari markaziy nerv tizimida yoki vegetativ tugunlarda joylashgan. Ularning aksonlari ish bajaruvchi a’zolarga (ko’ndalang targ’il va silliq mushaklar va bezlarga) boradi.
Odamning nerv tizimi neyronlar yig‘indisidan tashkil topgan bo‘lib, ular o‘zaro sinapslar vositasida qo‘shiladi. Bitta neyronning oxirgi tolalari juda ko‘p (10.000) neyron bilan qo‘shilishi mumkin. Shu sababli bir joyda hosil bo‘lgan nerv qo‘zg‘alishi juda ko‘p neyronlarga o‘tishi mumkin.
I.M.Sechenov ta’biricha nerv tizimining faoliyati reflektor xarakteriga ega. Refleks asosida reflektor yoyi yotadi. Reflektor yoyi nerv hujayralari zanjiridan iborat bo‘lib, tarkibiga sezuvchi (afferent) va harakatlantiruvchi (efferent) neyronlar kiradi. Bular orqali nerv impulsi retseptordan ish bajaruvchi a’zolarga boradi. Nerv impulsi reflektor yoyida 120m/sek tezlikda yuradi. Ko‘p xollarda reflektor yoyi tarkibiga uchinchi (oraliq) neyron kirib, sezuvchi neyron bilan harakatlantiruvchi neyronni bir-biriga bog‘lab turadi. Oddiy reflektor yoyi odatda ikki: afferent va efferent neyrondan iborat. Afferent neyronning tanasi markaziy nerv tizimidan tashqarida joylashib, orqa miya tuguni yoki bosh miya nervlari sezuvchi tugunlarining sohta unipolyar hujayralaridan iborat. Bu hujayralarning pereferik o‘simtalari orqa miya nervlari yoki sezuvchi tolalari bo‘lgan bosh miya nervlari tarkibida yo‘nalib ularning uchlari retseptorni hosil qiladi. Ularning markaziy o‘simtalari orqa miya nervlarining orqa sezuvchi ildizi va bosh miya nervlari tarkibida orqa yoki bosh miyaga kiradi. Sezuvchi xujayraning bu o‘simtasi orqa miyaning kulrang moddasida yoki bosh miyaning harakatlantiruvchi o‘zagi efferent neyroni hujayralari bilan sinaps hosil qilib birikadi va nerv qo‘zg‘alishi harakatlantiruvchi neyronga o‘tadi. Harakatlantiruvchi neyron o‘simtalari orqa miya nervlarining oldingi ildizi tarkibida ish bajaruvchi a’zoga boradi. Odatda reflektor yoyi tarkibida afferent neyron bilan efferent neyron o‘rtasida oraliq neyron joylashadi.
Odamning bir butun nerv tizimi shartli ravishda odam organizmining ikki asosiy: o‘simlik va hayvoniy a’zolar qismlariga mos ravishda somatik va vegetativ yoki avtanom nerv tizimlariga bo‘linadi. Somatik nerv tizimi ko‘ndalang targ’il mushaklar va terini innervatsiya qilib, organizmni tashqi muhit bilan bog‘laydi.

Yüklə 68,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin