Mavzu: Neyronlar klassifikatsiyasi


-rasm. Neyron va uning tarkibi



Yüklə 68,08 Kb.
səhifə5/8
tarix07.12.2022
ölçüsü68,08 Kb.
#72920
1   2   3   4   5   6   7   8
Neyronlar klassifikatsiyasi

1-rasm. Neyron va uning tarkibi. A-nerv hujayrasi, akson, muskul: 1-sinaps, 2-neyron tanasi, 3-dendrit, 4-afferent tola, 5-akson, 6-miyelin qobig'i, 7-Ranv bo'g'ig'i, 8-muskul, 9-motoneyron oxiri. B-nerv tolasining tuzilishi: 1-Shvann hujayrasi, 2-membrana, 3-mitoxonndriya, 4-neyrofibrillalar, 5-aksoplazma.


Bazofil modda (tigroid modda) - naysimon tarkibga ega bo'lib, mayda donachalar bilan qoplangan. RNK saqlaydi va hujayrada oqsil komponentlarini sintezida ishtirok etadi. Neyronlarning uzoq vaqt qo'zg'alishi natijasida, hujayrada bazofil moddani zaxirasi tugaydi, bu o‘z navbatida maxsus oqsillarning sintezini to‘xtashiga olib keladi.
Golji apparati - neyron organellasi bo‘lib, yadroni to‘r kabi o‘rab turadi. Golji apparati hujayrada neyresekretor va boshqa biologik faol moddalarning sintezida ishtirok etadi.
Lizosomalar va ularning fermentlari - neyronda ayrim moddalarning gidrolizini ta'minlaydi.
Neyron pigmentlari - melonin va lipofussin o‘rta miyaning qora moddasida, adashgan nervning yadrolarida va simpatik tizim hujayralarida joylashadi.
Mitoxondriyalar - neyronning energetik ehtiyojini ta‘minlaydi. Ular hujayra ichi nafasida muhim ahamiyat kasb etadi. Neyronlar zo‘r berib ishlaganda ularning miqdori ortadi.
Neyrotrubkalar - neyron somasiga kirib turib, axborotlarni saqlashda va uzatishda ishtirok etadi.
Neyron yadrosi - teshikli, ikki qavatli membrana bilan o‘ralgan bo'Iadi. Teshiklar orqali nukleoplazma va sitoplazmalar o'rtasida moddalar almashinuvi ro‘yobga chiqadi.
Yadroda genetik material bo'lib, bu apparat hujayraning shakllanishini, boshqa hujayralar bilan aloqasini ta'minlaydi.
Yadrochada - ko'p miqdorda RNK bo'Iadi va yupqa qavat DNK bilan qoplangan bo'Iadi.
Dendritlar - neyronning asosiy qabul qiluvchi maydoni bo‘lib, dendrit membranasi va hujayra tanasining sinaptik qismi, elektr potensiali o‘zgarishi bilan kechadigan nerv oxiridan ajraladigan mediatorlarga sezgirdir. Odatda, neyronda bir muncha shoxlangan dendritlar bo'Iadi. Bunday shoxlanishning ahamiyati shundan iboratki. neyron axborot tizim bo'lganligi uchun axborotlar kirishi ko'proq bo'lishini ta’minlaydi.
Akson «neyronning o'simtasi bo‘lib, uning eng muhim funksiyasi dendritlar tomonidan yig‘ilgan, tanasida qayta ishlangan va akson bo'rtig'i orqali o'tkaziladigan axborotlarni ishchi a'zolarga o‘tkazib berishdan iboratdir. Har bir neyronda akson diametri doimiydir, akson oxiri tarmoqlangan bo'lib, bujoyda mitoxondriya va sekretorbirikmalar ko‘p bo'Iadi.
Neyron коrinishlari: neyronning tuzilishi uning qanday vazifani bajarishiga bog‘liq bo'ladi. Neyron tuzilishiga ko‘ra uch ko‘rinishga bo‘linadi: unipolyar, bipolyar va multipolyar.
Haqiqiy unipolyar neyronlar uch shoxlik nervning mezensefal yadrosida joylashadi. Bu neyronlar chaynov muskullarining proprioreseptiv sezuvchanligini ta‘minlaydi.
Bundan tashqari, psevdounipolyar neyronlami ham e’tirof etadilar. Aslini olganda, bunday neyronning ikkita o‘simtasi bo'ladi (bittasi periferiyadan, ya‘ni reseptordan kelsa, ikkinchisi markaziy nerv tizimida bo‘ladi). Ikkala o'simta hujayra tanasining oldida birlashib, bitta o'simtani hosil qiladi. Ular og‘riq, harorat, tashqi proprioreseptiv, baroreseptiv signallarni qabul qilishni ta‘minlaydi.
Bipolyar neyronlarda bitta akson va bitta dendrit bo'ladi. Bunday neyronlar asosan, ko'ruv, eshituv va hid biluv tuzilmalarining periferik qismlarida uchraydi.
Multipolyar neyronlarda bir nechta dendrit va bitta akson bo'ladi. Hozirgi kunda 60 dan ortiq multipolyar neyronlar turlari mavjud.
Neyronda modda almashinuvi. Nerv hujayrasiga kerakli oziq moddalar suvli eritmalar tarzida kirib, metabolitik mahsulotlar ham hujayradan suvli eritmalar tarzida ajratib chiqariladi.
Neyron oqsillari plastik va axborot maqsadlariga ishlatilsa, lipidlar esa energetik va plastik maqsadlarga sarflanadi.
Neyron karbonsuvlari asosiy energiya manbai bo'lib hisoblanadi. Glyukoza nerv hujayrasiga kirib, glikogenga aylanadi, kerakli vaqtda hujayrani o'zidagi fermentlar ta'sirida yana glyukozaga aylanadi, lekin glikogen zaxirasi neyronlarning butun energetik ehtiyojini qondira olmaydi, neyronlar uchun asosiy energiya manbai qondagi glyukoza bo'lib hisoblanadi.
Nerv to'qimasida kaliy, natriy, kalsiy va magniy tuzlari ko'p. Kationlardan K+, Na+, Mg+, Ca+2 ko'p uchrasa, anionlardan esa- Cl-, HCO3 ko'p bo'ladi. Bulardan tashqari neyronlar turli mikroelementlarga ham boy bo'ladi. Ularning biologik faolligi yuqori bo'lganligi sababli fermentlarni faollashtiradi. Mikroelementlarning miqdori neyronlar funksional holatiga bog'liq bo'ladi.
Energiya almashinuvi neyron tinch turganda va qo'zg'alganda turlicha bo'ladi. Hujayradagi nafas koeffisentining ortishi bu narsani isbotlaydi, tinch holatda u 0,8 ga teng bo'lsa, neyron qo'zg'alganda u 1,0 ga teng bo'ladi. Qo'zg'alish paytida neyronning kislorodga ehtiyoji 100% ga ortadi, qo'zg'alishdan so'ng, neyron sitoplazmasidagi nuklein kislotalarning miqdori esa 5 marotabaga ozayib ketadi.

Yüklə 68,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin