Mavzu: Neyronlar klassifikatsiyasi



Yüklə 68,08 Kb.
səhifə6/8
tarix07.12.2022
ölçüsü68,08 Kb.
#72920
1   2   3   4   5   6   7   8
Neyronlar klassifikatsiyasi

Neyronlarning sinflanishi:
l. Akson oxirlaridan ajratib chiqariladigan mediatorlariga ko‘ra neyronlar: xolinergik, peptidergik, noradrenalinergik, dofaminergik va boshqalarga bo’linadi.
2. Ta‘sirlarning sezuvchanligiga qarab mono-, di-, polisensor neyronlarga bo`linadi.
Monosensor neyronlar po‘stloqning birlamchi proyeksion sohalarida joylashgan bo`lib, ular faqat muayyan sensor tizimidagi signallarga javob beradi.Bisensor neyronlar po‘stloqning ikkilamchi proyeksion sohalarida joylashib, ham o‘zini ham boshqa sensor tizimidagi signallami qabul qiladi.
Polisensor neyronlar, ko'pincha miyaning assotsiativ sohasida joylashgan bo’ladi, ular eshituv, ko'ruv, hid biluv va boshqa reseptiv tizimlardan kelayotgan signallarga javob beradi.
Neyronlar funksional jihatdan 3 turga bo`linadi: afferent, interneyron (oraliq) va efferent. Birinchisi markaziy nerv tizimining yuqori tizimlariga axborotni o‘tkazib tursa, ikkinchisi markaziy nerv tizimida neyronlar orasidagi o‘zaro munosabatni ta'minlaydi, uchinchisi esa markaziy nerv tizimi (MNT)ning quyi tizimlariga, MNT dan tashqarida joylashgan nerv tugunlarga va ishchi a'zolarga axborotlarni yetkazib turadi. Afferent neyronlar funksiyasi reseptorlar funksiyasi bilan o‘zaro bog’langan bo’ladi.
Reseptorlar. Reseptor va generator potensiallar. Ta‘sirlarni qabul qiladigan nerv oxirlari yoki tashqi muhitdagi muayyan o'zgarishlarga reaksiya ko'rsatadigan ixtisoslashgan tuzilmalari reseptorlar hisoblanadi. Reseptorlar adekvat ta‘sirlovchilarga nisbatan o‘ta sezgir bo’ladi. Ular 4 guruhga bo’linadi: mexano-, termo-, xemo- va fotoreseptorlarga. Reseptor potensiali reseptor ta‘sirlanganda uning membranasining depolyarizasiyaga uchrashi va o‘tkazuvchanligining ortishi natijasida yuzaga chiqadi.
Yuzaga chiqqan reseptor ponetsiali generator patensiali hosil bo’ladigan joy, akson bo‘rtig’iga elektrotonik tarqaladi. Generator potensialni akson bo'rtig’ida hosil bo’lishiga sabab, neyronning shu qismi boshqa qismlaridan qo‘zg‘aluvchanligining yuqoriligi va qo‘zg‘alish bo‘sag‘asi pastligidadir. Generator potensiallarni hosil bo’lishi nerv impulsini hosil qiladi.
Afferent, inter - va efferent neyronlar. Afferent neyronlar axborotni qabul qiluvchi bolib, tarmoqlangan to‘r hosil qilib turadi
Orqa miyaning orqa sohasidagi shoxlarida joylashgan afferent sezuvchi neyronlar, maydaroq o‘lchamda, lekin dentrit o'simtalariga boy bo'ladi, oldingi shoxlarda joylashgan efferent neyronlarning somasi esa kattaroq o‘lchamda, biroq dendritlarining soni oz va kam tarmoqlangan bo`ladi
D. Erlanger va X. Gasserlar (1937 y.) birinchi bo‘lib, nerv tolalarini qo‘zg‘alishlar o‘tkazish tezligi va ularning diametriga qarab sinfladilar. Aralash nervning tolalarida qo‘zg‘alishlar turlicha tezlikda o‘tkazishini hujayra tashqarisiga elektrod qo‘yib tekshirish mumkin. Tolalardagi potensiallar turlicha tezlikda o‘tganligi sababli, potensiallar alohida- alohida yozib olinadi. Impulsning o'tish tezligi bilan nerv tolasining diametri o‘rtasida taxminan proporsional bog‘lanish borligi, ya‘ni nerv tolalari qancha yo‘g‘on bolsa, qo‘zg‘alishni o‘shancha tezroq o‘tkazishi batafsil tekshirishda aniqlandi. Nerv tolalarida qo‘llanishlarni o‘tkazish tezligiga qarab 3 turga: A, B, C, A ko‘rinishidagi tolalar o‘z navbatida 4 guruhga: Аб, Ав, Аг, Ад bo‘linadi.
A ko‘rinishidagi tolalar miyelin pardasi bilan o‘ralgan. Bunday tolalar qo‘zg‘alishni orqa miyaning harakatlantiruvchi nerv markazlaridan skelet muskullariga (harakatlantiruvchi tolalar) va muskul reseptorlaridan tegishli nerv markazlariga o‘tkazadi.
B ko‘rinishidagi tolalarga miyelinli tolalar, avtonom nerv tizimining preganglionar tolalari kiradi. В ko‘rinishidagi tolalarda harakat potensialining uzunligi A tipdagi tolalar harakat potensialining uzunligidan taxminan 2 baravar uzun.
C ko‘rinishidagi tolalarga juda ingichka miyelinsiz nerv tolalari kiradi. C ko'rinishidagi tolalaming ko'pchiligi simpatik nerv tizimining postganglionar tolalariga kiradi. Og‘riq reseptorlaridan, shuningdek sovuq, issiq, bosimni sezuvchi ba‘zi reseptorlardan qo‘zg‘alishlarni o'tkazishda qatnashuvchi nerv tolalari ham C tipdagi tolalarga kiradi.

Yüklə 68,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin