Мавзу: меҳмонхонада кўрсатиладиган хизматлар сифатини назорат қилиш усуллари


Mehmonxona mahsulotlari kompleks xizmatlar sifatida



Yüklə 167,76 Kb.
səhifə4/14
tarix23.05.2023
ölçüsü167,76 Kb.
#120517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Mehmonxona

1.2. Mehmonxona mahsulotlari kompleks xizmatlar sifatida


Mehmonxonalarni boshqarishda «mehmonxona mahsulotlari» degan atama keng foydalaniladi. Bu mehmonxona talablarini taklif etishda kompleks ta’riflashga imkon beradi. Bu yondashuv iqtisodiy nazariya fani nuqtai nazaridan ham mahsuldir. Unda «mahsulot» inson mehnati, xo‘jalik faoliyati, taqdim etiladigan moddiy-buyum, ma’naviy, axborot shakli, yoki bajarilgan ishlar va xizmatlarning ko‘rinishi «natijasi» sifatida belgilanadi.
Mehmonxona mahsulotlari mehmonxona xizmatlari tovarlaridan farq qiladigan holda to‘rtta ta’rifga ega.
Birinchidan, xizmatlarning sezilmasligi. Ularning anglanmasligi yoki nomoddiy harakteri, ularni namoyish etish, ko‘rish, transportda tashish, saqlash imkoni yo‘qligini bildiradi.
Ikkinchidan, ishlab chiqarish va iste’molning ajralmasligi. Xizmatlarni faqat mijoz paydo bo‘lgandagina ko‘rsatish mumkin. Ushbu nuqtai nazardan xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish qalin o‘zaro bog‘langan va ajratilishi mumkin emas.
Uchinchidan, xizmatlarning o‘zgaruvchanligi. Unda xizmat ko‘rsatish sifati xilma-xillashadi. Ishlab chiqaruvchining kasbiy mahorati, uning vakolatliligi, xayri - xohligi, xodimlarining xushmuomilaligi va hozirjavobligi, shuningdek har bir haridorning individual talablarini hisobga olish darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
To‘rtinchidan, xizmatlarni saqlash qobiliyatsizligi. Xizmatlarni oldindan ishlab chiqarish va omborxonada saqlab qo‘yish mumkin emas, talab va taklif o‘rtasida muvozanatga erishishda muammo vujudga keladi.
Biroq mehmonxona mahsulotlariga o‘ziga xos xizmatlar spesifik ta’riflari bilan bir qatorda farqli xususiyatlar ham ta’lluqli bo‘lib, ular quyidagilardan iborat.

  • mehmonxona xizmatlarining vaziyatligi, bir vaqtda taqdim etilishi va xizmatlarga takror murojaatda harakterining o‘zgarishi;

  • xizmatlarning individualligi, chunki otel hatto mehmonxona mahsulotlarini ommaviy tashqil etish sharoitida ham mijozning individual talablarini bajarishga tayyor;

  • mehmonxona mahsulotlarining iste’mol qiymati xususiyatlarini farqligi, chunki mehmonxona mahsulotlarini harid qilish haqida qaror qabul qilish chog‘ida uning o‘zi aniq sifatiy harakterga ega bo‘lmaydi, ular xizmatlar olinishi paytidagina aniqlanadi;

  • kompleks xizmatlar manbaining nisbatan noaniqligi va yashirinligi – qaysikim turistga ko‘rsatiladi, chunki mehmonxona xizmatlari turli korxonalar va muassasalar tomonidan ko‘rsatiladi; unga faqat turmahsulotni sotgan, ma’lum mehmonxona xizmatlarini kafolatlagan turfirmagina ma’lum, qaysikim hali taqdim etiladi;

  • haridor mahsulotni sotib olgan joyni uni iste’mol qiladigan joydan ajratib turuvchi masofani bosib o‘tadi, shuning uchun mehmonxona xizmatlari iste’molchi ular ishlab chiqaradigan joyga yetib kelganidan keyingina ko‘rsatilgani ma’qul;

  • iste’molchilar daromadining hosil bo‘lishi, mehmonxona mahsulotlarini sotib olish uchun mo‘ljallangan, iste’mol jarayoni vaqtincha bo‘ladigan mamlakati shartlariga ko‘ra yoki jahon narxlarida shakllansada, doimiy yashaydigan mamlakat shartlari bilan tartibga solinadi;

  • turistlar iste’moliga faravonlik ham qo‘shiladi, bepul sifatida olinadi va ham joyida realizatsiya qilinadi;

  • turizm jarayonida iste’molchi uydan tashqarida bo‘lishiga bog‘liq bo‘lmagan holda ehtiyojini qondirish uchun sarf-harajatlar qiladi, buni sayohatning o‘zi taqozo qiladi;

  • turistning iste’mol jarayoni doimo vaqt va makonda chegaralangan; mavsumiylik omili katta ahamiyat kasb etadi;

  • mehmonxona mahsulotlari sifat mezonlarining noaniqligi va

sub’ektivligi, qaysikim to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatkichlardan tashqari bir qator o‘zgarishlarga bog‘liq (moda, mijoz salomatligining holati, xodim munosabati, mijozning ijtimoiy maqomi);

  • mehmonxona mahsulotlari sifatiga fors-mashor harakteriga ega bo‘lgan tashqi omillar sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni sotuvchi va haridor irodasi va harakatiga bog‘liq bo‘lmagan omillar.

Shu o‘rinda mehmonxona mahsulotlarining qator xususiyatlarini ham ajratish mumkin:

  • mehmonnavozlik – barcha xizmatlarning taqdim etilishi turist sayohati maqsadlariga muvofiq kelishi kerak;

  • ishonchlik – turistga taqdim etiladigan mahsulotlarning reklamasi, axborotlar ishonchligi amalda muvofiq kelishi kerak;

  • samaradorlik – turist uchun uning harajatlarini iloji boricha kamaytirishda ko‘proq samaradorlikka erishish;

  • butunlik – mehmonxona mahsulotlarining tugalligi;

  • oydinlik – mehmonxona mahsulotlarini iste’mol qilish, uning yo‘nalishi ishlab chiqaruvchiga ham, turistga ham tushunarli bo‘lishi lozim;

  • ekspluatatsiyada oddiylik – xizmat ko‘rsatish texnologiyasida xatolarni oson aniqlash imkoniyati;

  • egiluvchanlik – mehmonxona mahsulotlari turli iste’molchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, zarur bo‘lganda u yoki bu xizmatlarga almashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur;

  • foydalilik – biror bir maqsadga erishishga xizmatning qobiliyati, ma’lum iste’molchilar maqsadli guruhlarning ehtiyojini qondiradi.

Yüklə 167,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin