Мавзу: меҳмонхонада кўрсатиладиган хизматлар сифатини назорат қилиш усуллари



Yüklə 167,76 Kb.
səhifə2/14
tarix23.05.2023
ölçüsü167,76 Kb.
#120517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Mehmonxona

Mavzuning dolzarbligi. Xizmat ko‘rsatish sohasi odamlar hayotini yaxshilashga qaratilgan. Odamlarning hayotini yaxshilash esa benihoyat keng qamrovli jarayon. Shu tufayli xizmat ko‘rsatish sohasining tarmoqlari va ko‘lami juda keng. Ushbu soha odamlarga munosib sharoit yaratib berish bilan birga mamlakat yalpi ichki mahsulotida ham o‘zining sezilarli o‘rniga ega bo‘lib bormoqda.
Zamonaviy mehonxona korxonalarida xizmat kursatish sifatini boshqarish muhim omil hisoblanadi. Bunga sifat standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, personalni o‘qitish, mehmonxona faoliyatining barcha jabhalarida xizmat ko‘rsatishni nazorat qilish, to‘g‘rilash, takomillashtirish kiradi.
Mehmonxonalarda servis xizmatlarini jahon andozalariga moslashtirish, ulardagi xizmat turlarini takomillashtirish va sifatini oshirish, ularni o‘rganishda makro va mikro muhiti tadbirlarini qo‘llash soha rivojini ta’minlaydi. Demak, ushbu sohani rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotini yuksalishiga olib kelar ekan, bugungi kunda uning jahon miqyosidagi holatini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
Mehmonxona sanoati korxonalari faoliyatini xorij tajribasini o‘rganish, shubhasiz, mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda katta rol o‘ynaydi. Xizmatchilar mehmonlar tomonidan zamonaviy xizmat darajasiga qanday talab qo‘yilishi haqida tasavvurga ega bo‘lmasa ulardan mijozlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatishlarini talab qilish juda qiyin. O‘zbekistondagi mehmondustlik sanoati o‘ziga xos sharoitlarda faoliyat ko‘rsatayotganligini e’tiborga olish kerak.
Mehmonxona xizmatlari ishlab chiqarish va iste’molida sifat masalalari juda muhim rol o‘ynaydi. Sifatli xizmat ko‘rsatmaydigan mehmonxona korxonasi o‘zining asosiy maqsadlariga erisha olmaydi. Turli mehmonxona korporatsiyalari rivojlanishining tarixi foyda sifatning mahsuli ekanligini ko‘rsatadi.
Mehmonxona korxonasi oldida xizmat ko‘rsatish sifatini kerakli darajada saqlab turish, kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish strategiyasini ishlab chiqish vazifasi turadi.

Yüklə 167,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin