Mavzu: Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish



Yüklə 33,61 Kb.
səhifə4/4
tarix20.11.2023
ölçüsü33,61 Kb.
#163268
1   2   3   4
22 (3)

Loyiha bo‘yicha boshqaruv qisqa muddatda yangi texnika va texnologiyani joriy qilish zaruriyatida tug‘ilgan hollarda qo‘llaniladi. Bunda vaqtinchalik mahsus xizmat bo‘limi tuzilib, unga resurslar beriladi. Bu bo‘lim loyiha tuzadi va uning joriy etilishini nazorat qiladi.
Loyiha bo‘yicha boshqaruv muntazam rahbarlikni aniqlashtiradi, kichik bo‘laklarga ajratadi yoki to‘ldiradi. U loyihani bajarish uchun korxonaning barcha funsional xizmatlari va bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi. Bu organga tegishli huquqlar beriladi. U vazifalarning bajarilishi uchun to‘la javobgar bo‘ladi.
Bunday boshqaruv ko‘p nomenklaturali ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Loyiha rahbari mahsus vakolatga ega bo‘lib, texnologik ishlarni zvenolar bilan ishchilar o‘rtasida taqsimlaydi, uning bajarilishini o‘z loyihasi doirasida nazorat qilib boradi. Chiziqli rahbarning shu ishlarga oid buyruqlari loyiha rahbari bilan kelishiladi. Bunda bajaruvchi kishi ikki va undan ortiq rahbarga ega bo‘lib, ularga bo‘ysunadi.
Mahsulotga ko‘ra boshqaruv tarkibining afzalligi axborotlarning kelish yo‘llari va oqimining qisqarishida, yakkaboshchilik tamoyiliga to‘la rioya qilinishida, boshqaruvning yuqori bosqichlarini mayda joriy vazifalardan halos qilishda namoyon bo‘ladi. Bunday tarkib bozorda talabning o‘zgarishiga tezkor munosabat bildirishga qodirdir.
Matrisali tuzilma. Matrisali tarkib bo‘yicha boshqaruv ancha murakkab bo‘lib, u mahsuloti nisbatan qisqa «umr» ko‘radigan va tez-tez o‘zgarib turadigan korxonalar tomonidan qo‘llaniladi. Bu tarkib korxonada gorizontal aloqalarini yo‘lga qo‘yishga va ularni zamonaviy kompyuterlar yordamida murakkab buyurtmalarini bajaruvchi turli xil korxonalar faoliyati bilan bog‘lashga, texnika sohasida yuqori malakali xizmat ko‘rsatishga va ekspertizani ta’minlashga qaratilgan. Ushbu tarkibni «tur» ko‘rinishida tasavvur etish mumkin. U ikki turdagi tarkibning kombinatsiyasini ifodalaydi.
Boshqaruvning matrisali tarkibining mohiyati shundaki, unda har bir xodim, ayni bir vaqtning o‘zida, loyiha bo‘yicha boshqarishda, shuningdek, o‘zining funsional organida xizmatda bo‘ladi hamda ikki yoqlama bo‘ysunadi. Bu tarkibning o‘ziga yarasha afzalliklari bor. Bular quyidagilardir:

  • boshqaruv jarayonidagi (gorizontal) aloqalarning uzunligini keskin qisqartiradi va tartibga soladi;

  • qarorlar qabul qilishni tezlashtiradi va ularning mazmuni hamda natijalari uchun mas’uliyatni oshiradi;

  • korxonaning ichki va tashki sharoitlariga ta’sir yetuvchi omillarning o‘zgarishiga tezda ko‘nikma hosil qiladi va shunga muvofiq ravishda amal qiladi;

  • chiziqli bo‘ysunish vositasida bo‘lim ichida byurokratiyaga bo‘lgan moyillikni bir qadar so‘ndiradi va hokazo.

Shu bilan bir qatorda, matrisali tarkibning ham ayrim kamchiliklari bor. Bular tarkibning murakkabligi va boshqaruv organlarining real vakolatiga ega emasligidir.
Boshqaruvning tashkiliy tarkiblari to‘g‘risida yakuniy xulosalarga kelar ekanmiz, boshqaruvning qarab chiqilgan tashkiliy tarkiblaridan birortasini ham rasmiy tarkib deb bo‘lmaydi. Shu bois har bir korxona (firma) o‘z oldidagi maqsad va iqtisodiy muhitining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, uning talablarini yuqori darajada qondiradigan tashkiliy tarkib turini tanlashi kerak.
Yüklə 33,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin