Mavzu: Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish



Yüklə 33,61 Kb.
səhifə2/4
tarix20.11.2023
ölçüsü33,61 Kb.
#163268
1   2   3   4
22 (3)

Chiziqli (pog‘onali) tuzilma. Chiziqli (pog‘onali) tarkib boshqaruv tarkibining eng sodda turi hisoblanadi.
Bunda boshqaruvning hamma funksiyalari korxona rahbari qo‘lida to‘planib, barcha quyi rahbarlar va ishlab chiqarish yacheykalari unga bo‘ysunadi. Har bir rahbar o‘ziga ishonib topshirilgan bo‘linma faoliyatini yakkaboshchilik asosida boshqaradi va zarur qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.
Bo‘ysunuvchi xodimlar faqat o‘zlarining bevosita rahbarlarining farmoyishlarini bajaradilar. Yuqori turuvchi rahbar xodimlarga o‘zlarining bevosita boshlig‘ini «chetlab» murojaat qilmasligi kerak. Masalan, korxona direktori sex boshlig‘ini chetlab masterga buyruq bermasligi kerak.
Chiziqli tarkibning o‘ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bor. Chiziqli tarkibning ijobiy tomonlari:

  • o‘zaro zid, chalkash topshiriqlar berilish hollarini kamaytiradi:

  • yakkaboshchilik va shaxsiy javobgarlik mustahkamlanadi;

  • bu tarkib oddiy, puxta va tejamlidir;

  • bosqichlar soni kam bo‘ladi;

  • boshqariluvchi ob’yekt ishiga kam kishi aralashadi;

  • vazifalar tez hal etiladi;

  • butun tizim samarali ishlaydi;

  • xodimlar faqat o‘z rahbariga hisobot beradilar. Chiziqli tarkibning salbiy tomonlari:

  • bunday tarkib oddiy masalalarni yechishga mo‘ljallanganligi sababli uning borasida kompleks masalalarini yechish ancha qiyin kechadi;

  • bunday sharoitda rahbarlar ko‘proq tezkor ishlar bilan band bo‘lib, strategik muammolarni e’tibordan chetda qoldiradilar;

  • bunday boshqaruv sharoitida buyruqbozlik va rasmiyatchilik-ning paydo bo‘lish xavfi kuchli bo‘ladi, bunga sabab, tarkibning har bir bo‘g‘inida rahbar o‘z lavozimi bo‘yicha farmoyish berish huquqiga ega bo‘lishidir.

Boshqaruvning chiziqli tarkibi uncha murakkab bo‘lmagan
Ishlab chiqarish sharotida ijrochilarning vazifalari oddiy, buyruq va
axborotlar hajmi kam bo‘lganda o‘zini oqlashi mumkin. Ishlab chiqarish
tobora murakkablashib, ish ko‘lamining kengayib borishi boshqaruv
funksiyalarini tabaqalashtirishni talab qiladi, chiziqli tarkibning o‘rniga
chiziqli-shtabli tarkibning vujudga kelishini taqozo etadi.
Chiziqli–shtabli tuzilma. Chiziqli-shtabli tuzilma har bir chiziqli rahbar qoshida ixtisoslashgan xizmatchilar, maslahatchilar kengashi, ya’ni shtablar tuzish yo‘li bilan tashkil etiladi.
Shtablarning vazifasi har xil muammolarni o‘rganish orqali rahbarlarga qaror qabul qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga ehtiyojning paydo bo‘lishiga sabab korxonalarda funksiyalarning murakkabligidir.
Chiziqli rahbarlar korxonaning bosh maqsadiga erishish yo‘lidagi birlamchi vazifalarning bajarilishiga mas’ul bo‘lsalar, shtabdagilar esa birlamchi vazifalarga tobe bo‘lgan ikkilamchi vazifalarning bajarilishiga javobgardirlar. Ular maslaxat berish funksiyasini bajaradilar. Chiziqli rahbarlarning asosiy vazifasi taklif etilgan ijobiy va salbiy maslahatlar ichidan maqsadga muvofiqlarini aniqlash va uni qabul qilishdan iboratdir.
Bu tarkibning afzalligi shundan iboratki, chiziqli rahbarlar o‘z diqqatlarini ilmiy-tadqiqot ishlariga emas, balki, asosan, korxonaning joriy faoliyatiga qaratadilar. Kamchiligi – boshqaruv tizimida ortiqcha bo‘g‘inlarning paydo bo‘lishiga, natijada boshqaruv tezkorligining susayishiga, boshqaruv xarajatlarining o‘sishiga olib kelishidir.
Funsional tuzilma. Funsional tuzilma tarkibi rahbarlar va tarkib bo‘g‘inlarining boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgandir. Bunda har bir boshqaruv bo‘g‘iniga muayyan funksiyalar biriktirib quyiladi.
Boshqaruv apparatini funsional ixtisoslashtirish samaradorligini ancha oshiradi. Boshqaruvning hamma funksiyalarini bajarishi lozim bo‘lgan universal rahbarlar o‘rniga o‘z sohasini puxta biladigan, o‘z shtatiga ega bo‘lgan, o‘ziga topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mutaxassislar apparati paydo bo‘ladi.
Funsional bo‘linmalar bevosita barcha quyi tarkib bo‘linmalarining faoliyatini boshqaradi. Funsional boshqarish u yoki bu funksiya vakolatiga taaluqli tor doiradagi masalalar bo‘yicha quyi bosqichning organlari va bo‘linmalari faoliyatiga rahbarlikni ta’minlaydi. Masalan, korxonaning reja bo‘limi sexlarning reja byurolariga rahbarlik qiladi.
Bunda ham funsional bo‘limlar rahbarlarining vertikal bo‘yicha iyerarxiyasi va bo‘ysunishi mavjud. Ammo, chiziqli tarkibdan farqli o‘laroq, bunday bo‘ysunish ma’muriy emas, balki sof uslubiy maslahatli bo‘ysunishdir. Masalan, korxona reja bo‘limining boshlig‘i sex reja byurosi boshlig‘iga, xatto aynan shu vazifaga doir masala bo‘yicha ham buyruq berish huquqiga ega emas. Biror ma’muriy buyruqni korxona direktori sex boshlig‘iga berishi mumkin, sex boshlig‘i esa sex reja byurosi boshlig‘iga shunday buyruq bera oladi.
Funsional tarkib ham o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Funsional tarkibning ijobiy tomonlari:

  • bu tarkibda boshqaruv faoliyati chuqur ixtisoslashadi. Bu esa boshqaruv samaradorligining kasb mahorati darajasining o‘sishini ta’minlaydi. Masalan, marketing bo‘yicha mutaxassis shu sohani boshqa yuqori organlar rahbarlaridan yaxshi biladi va bu ishni yuqori saviyada bajaradi;

  • funsional sohada muvofiqlashtirish ishini yaxshilashga erishiladi. Xodimlar bunga tez ko‘nikma hosil qiladilar;

  • moddiy xarajatlarni kamaytiradi, boshqarishdagi takrorlanishlarga chek qo‘yadi va hokazo.

Funsional tarkibning salbiy tomonlari:
funsional organlar o‘ziga topshirilgan vazifalarni sifatli bajarishdan manfaatdor bo‘lib, «begona» vazifalar uchun ham, butun korxonaning umumiy faoliyati uchun ham javob bermaydi. Bunda har bir rahbar o‘z vazifasi bo‘yicha farmoyish berish uchun barcha huquqlarga ega. Binobarin, bu narsa yakkaboshchilik tamoyillarining buzilishiga, ijrochilarning mas’uliyati kamayib, intizomning bo‘shashiga olib keladi. Chunki har bir ijrochi bir boshliqqa emas, ayni vaqtda, bir necha boshliqqa bo‘ysunadi, ko‘pincha ulardan bir-biriga zid ko‘rsatmalar oladi.

Yüklə 33,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin