Mavzu: Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish


Chiziqli-funsional tarkibda asosiy boshqaruv –



Yüklə 33,61 Kb.
səhifə3/4
tarix20.11.2023
ölçüsü33,61 Kb.
#163268
1   2   3   4
22 (3)

Chiziqli-funsional tarkibda asosiy boshqaruv – chiziqli boshqaruv bo‘lib hisoblanadi. Hamma boshqaruv bosqichlarida va uchastkalarni mustaqil boshqarishda chiziqli rahbarlar tayinlanadi. Ularga ishlab-chiqarish xo‘jalik faoliyatini yakkaboshchilik tamoyil- lariga ko‘ra boshqarish huquqi berilgan bo‘lib, ular olingan natijalarga to‘liq javob beradilar.
Boshqaruvnig chiziqli-funsional tarkib sharoitida ishlaydi-gan rahbarlarga malakali yordam ko‘rsatish uchun funsional va idoraviy tashkilotlar tashkil etiladi. Bu tashkilotlarning vazifasi boshqaruv qarorlarini tayyorlash hamda rahbarlarga malakali yordam berishdan iborat bo‘ladi.
Mazkur tarkibning kamchiliklari:

  • chiziqli va funsional xodimlar o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘ladi;

  • tadbirkorga funsional xodimlar faoliyatini muvofiqlashti-rish qiyinroq kechadi.

Dasturli-maqsadli tuzilma. Hozirgi zamon korxonalari faoliyatidagi ko‘pgina muammolarni hal etish gorizontal bo‘yicha kelishib olish va muvofiqlashtirishni talab etadi. Masalan, korxona
yangi xil mahsulot ishlab chiqarishga ko‘chadigan bo‘lsa:

  • materiallarini sarflashning yangi me’yorini ishlab chiqish;

  • mehnat me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish;

  • turli kasbdagi ishchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash;

  • yangi materiallarga ehtiyojni aniqlash;

  • yetkazib beruvchilar bilan aloqa o‘rnatish;

  • yangi texnologiyalarni joriy etish va hokazolar talab qilinadi.

Yuqoridagi vazifalarini turli xizmat bo‘linmalari bajaradi, ular bajaradigan ishlarning mazmuni va muddatlarini kelishib olishi, ishlab chiqarishning ko‘pgina elementlarini tutashtirishi lozim. Goho funsional xizmatlar o‘rtasidagi aloqalarda buzilish vujudga keladi, xizmatlar esa bahs va munozaralar bilan amalga oshiriladi. Chiziqli- tarkib rahbari esa ko‘p sonli bo‘linmalar ishini muvofiqlashtirishga juda qiynaladi.
Bu muomalalarini yangi tashkiliy boshqaruv tarkiblarini tuzish yo‘li bilan, aniqrogi, chiziqli-funsional boshqaruv tarkiblariga tuzatishlar kiritish yo‘li bilan hal etiladi. Bunday tarkib dasturli- maqsadli tarkib deb ataladi. Boshqaruvning dasturli-maqsadli tarkibi quyidagi ikki ko‘rinishda bo‘ladi: loyiha bo‘yicha va mahsulotga ko‘ra boshqaruv.

Yüklə 33,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin