Mavzu: Ichki sekretsiya bezlari fiziologiyasi



Yüklə 156,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix26.04.2023
ölçüsü156,7 Kb.
#102812
1   2   3   4   5   6   7
Ichki sekretsiya bezlari fiziologiyasi ppt

Vazopressin. Buyrak va miya arteriyalarini aytmaganda organizmdagi 
boshqa hamma qon tomirlarini toraytirib qon bosimini oshiradi.
Antidiuretin. Buyrak kanalchalaridan suvning reabsorbsiyasini kuchaytirib 
sutkalik siydik miqdori (diurez)ning kamayishiga sabab bo'ladi. 
Oksitotsin - bachadon va sut bezlarining silliq muskul tolalarini qisqartirish 
xususiyatiga ega.
Epifizning endokrin faoliyati. 
Bu bez bosh miyada to'rt do'mboqchasining yuqori domboqchalari orasida 
joylashgan bo'lib, oyoqchasi bilan uchinchi miya norvonchasining dorsal qismiga 
tutashgandir. Barcha umurtqali hayvonlarda mavjud bo'lsa-da, baliqlar, amfibiyalar 
va reptiliyalarda kamroq, sut emizuvchilarda esa yaxshiroq rivojlangan. Bu 
bezning organizm uchun ahamiyati yaqin vaqtgacha ham noma'lum edi. Hozir bu 
bezdan uch xil gormon: serotonin, melatonin va adrenoglomerulotropin ishlanib 
chiqishi isbotlagan. 
Serotonin yoki S - oksitriptamin epifizdan tashqari bosh miya, ichaklarning 
devorida va taloqda sintezlanadi. Ammo u bu organlardan ko'ra epifizda ko'proq 
ishlanadi. 
Melatonin maxsus ferment ishtirokida serotonindan hosil bo'ladi. Melatonin 
- melanoforlarga, ya'ni ba'zi hayvonlarning terisida bo'ladigan maxsus pigment 
hujayralariga faol ta'sir etadi. U o'zining ta'siri bilan intermedinga qarama-qarshi 
bo'lgani uchun terini oqartiradi. Adrenoglomerulotropin - kimyoviy tuzilish 
jihatidan melatoninga yaqin turadi. Bu gormon buyrak usti bezi po'stloq qavatining 
koptokchali zonasiga ta'sir etib, aldosteron sekretsiyasini kuchaytiradi. 
Qalqonsimon bez. 
 
Qalqonsimon bezning asosiy gormonlari: tiroksin, va triyodtironinlar bo’lib 
ularning tarkibida yod bor. 


Qalqonsimon bezning asosiy gormonlari: tiroksin, va triyodtironinlar bo’lib 
ularning tarkibida yod bor. Gormon bezda quyidagicha sintezlanadi: Organizmga 
o'zi bilan kiradigan yodning asosiy qismi qonga so'rilgandan keyin qalqonsimon 
bezga keltiriladi. Bez hujayralari uni ushlab qoladi. Bu yerda anorganik yo'd 
sitoxromoksidaza 
va 
peroksidaza 
fermentlarining 
ishtirokida 
molekulalar
yodgacha oksidlanadi. So'ngra taxminan ikki soat davomida yod tirozin 
aminokislotasi 
bilan 
birikadi. 
Oqibatda 
monoyodtirozin 
va diyodtirozin 
molekulalari hosil buladi. Tetrayodtirozin tiroksin gormoninig o'zidir. Hozir 
aytilgan yodli birikmalar bezning follikulalarida oqsillar bilan birikib, tireoglobulin 
degan kompleks birikma molekulalarini hosil qiladi. Tireoglobulin murrakkab 
glyukoproteiddir. Uning molekulasida 10 ta polipeptid zanjiri bor. 
Qalqonsimon bez gormonlari organizmning o'sishi, rivojlanishida, unda 
oqsillar, yog'lar, uglevodlar, suv va tuzlar almashinuvida katta ahamiyatga ega. Bu 
gormonlar energiya almashinuviga, nerv tizimi, yurak va jinsiy bezlar faoliyatiga 
ta'sir ko'rsatadi. Qalqosimon bezda hosil bo'ladigan tiroksin, triyodtironin va 
triyodteroatsetat kislota va boshqa ba'zi yodli birikmalar oksidlanish jarayonini
oqsillar almashinuvini tezlashtiradi. Ayniqsa hujayralarning mitoxondriyasidagi 
oksidlanish jarayonini faollashtirib, energiya almashinuvini kuchaytiradi. Bu 
gormonlar hujayra fermentlarining desilfed guruhlarini sulbigidril guruhlarga 
aylantirib, ularni faollashtiradi. Organizmda qalqonsimon gormonlari yetishmay 
qolgan paytda asosiy almashinuv pasayadi. Organizmda ortiqcha osh tuzi va suv 
ushlanib qoladi. Oqibatda shish hosil bo’ladi, - suv shishlari deb shularga aytiladi. 
Qonda kalsiy miqdori kamayadi, jinsiy faoliyat pasayadi. Urg'ochi hayvonlarda 
ovulyatsiya va urug'lanish jarayonlari kuzatilsa-da, rivojlanayotgan embrion 
bo'g'ozlikning boshidayoq halok bo'ladi. 

Yüklə 156,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin