Endokrin bezlar faoliyatini o'rganish usullari.
Endokrin bezlar faoliyatini o'rganishda keng foydalaniladigan usullar
quyidagilardir:
1. Eksterpatsiya - operatsiya qilib, tegishli endokrin bezini olib tashlash va
shundan keyin organizmda ro'y beradigan o'zgarishlarni kuzatish.
2. Transplantatsiya - endokrin bezini ko'chirib o'tkazish (auto, gomo va
getero transplantatsiya).
3. Tegishli gormonni yoki endokrin bezdan tayyorlangan ekstraktlarni
organizmga yuborib, kuzatiladigan o'zgarishlarni o'rganish.
4. Parabioz - ikki organizm o'rtasida biologik uzviylik hosil qilish.
5. O'rganilayotgan bezga oqib kelayotgan va undan oqib chiqayotgan
qonning fizologik faolligini aniqlab, bir-biriga taqqoslab ko'rish yoki angiostamiya
usuli.
6. Radiofaol izotoplar usuli - bu usul yordamida turli gormonlarning
organizmda sintezlanishini, almashishini o'rgansa bo'ladi.
Gipofiz.
Odamlarda gipofiz yoki pastki miya ortig'i kalla suyagining turk egari
sohasida, miyaning asosida joylashgan va oyoqcha (voronka) yordamida miya
bilan tutashgan toq ichki sekretsiya bezidir.
Gipofizning oldingi qismi - adenogipofiz uch xil: atsidofil, bazofil va
xromotob bez hujayralari borligi gistolik tekshirishlarda topilgan. Atsidofil va
bazofil hujayrlar xromotob hujayralardan hosil bo'ladi. Bazofil hujayralar
adrenokortikotrop, tireotrop, pankreotrop, paratireotrop va gonadotrop (tuxumdon
follikulasini stimullovchi va lyuteinlashtiruvchi) gormonlarni ishlab chiqaradi.
Atsidofil hujayralardan somatrop yoki o’sish gormoni va prolaktin ishlab
chiqadi.
Gipofizning oraliq qismi donali va donasiz bazofil hujayralardan tashkil
topgan bo'lib faqat bitta gormon - melanofor (intermedin) ishlab chiqaradi. Bu
gormon ham asosan baliqlarda, suvda va quruqlikda yashovchilarda, sudralib
yuruvchilarda, pigment almashinuvini boshqaradi. Bu gormon terida tashqi
muhitning ba'zi noqulay omillarning, xususan, quyosh nurlaridan himoya qiladigan
rang paydo bo'lishini ta'minlaydi. Organizmga intermedin yuborilishi - terining
qorayishiga sabab bo'ladi. Kuchli yorug'likning ta'siridan intermedinning hosil
bo'lishi tormozlanadi. Natijada - bir oz oqaradi kechalari bu gormonning hosil
bo'lishi tezlashadi. Shu bilan birgalikda bo'g'ozlik davrida ham intermedin ko'proq
hosil bo'lib turadi.
Gipofizning keyingi qismida ko'pgina neyrogliol hujayralar ham bor.
Bezning bu qismi o'zidan uch xil gormon vazopressin, oksitotsin va oktididenrevin
ishlab chiqaradi. Teozir gipofiz keyingi qismining gormonlari bevosita gipofizning
o'zida hosil bo'lmasdan gipotalamusning superooptik va paraventikulyar
yadrolarida hosil bo'lib suprooptik gipofizar yo'l orqali gipofizga chiqariladi deb
hisoblanadi.
|