Baliqlar reja: Baliqlar haqida tushuncha



Yüklə 27,65 Kb.
səhifə1/5
tarix25.12.2023
ölçüsü27,65 Kb.
#195327
  1   2   3   4   5
BALIQLAR


BALIQLAR
reja:

  1. Baliqlar haqida tushuncha

  2. Tashqi tuzilishi

  3. Yashash muhiti

  4. Suzgich pufagi

Baliqlar suvda yashovchi xordali hayvonlar. Tanasi ikki yondan siqilgan, tangachalar bilan qoplangan, uchta toq, ikkita juft suzgichlari bor. Jabra orqali nafas oladi. Yuragi ikki kamerali, qon aylanish sistemasi bitta doiradan, nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan iborat.
Baliqlar tuzilishi zog'ora baliq misolida o'rganiladi.
TASHQI TUZILISHI, SKLETI, SUZGICH PUFAGI
Yashash muhiti va tashqi ko'rinishi. Zog'ora baliq O'rta Osiyoning tog' daryolaridan boshqa barcha suv havzalarida hayot kechiradi. Uni ko'l, hovuz va sholipoyalarning iliq suvida, tinch oqadigan daryolar o'zanida uchratish mumkin. Zog'ora baliqning kattaligi 1 m gacha, og'irligi 8 - 16 kg gacha boradi.
Zog'ora va boshqa ko'pchilik baliqlar tanasi suyri shaklida; ikki yon tomondan yassilashgan; bosh va dum qismlari ingichkaroq bo'ladi (58-rasm). Baliqlarning boshi tanasiga harakatsiz qo'shilib ketgan. Siz suvning havoga nisbatan zich muhit ekanligini va uning harakatlanayotgan jismga ko'proq qarshilik ko'rsatishini bilasiz. Shuning uchun baliqlar tanasining suyri shakli va tuzilishi suvning qarshiligini yengib, tez harakatlanishga imkon beradi.

Suzgichlari. Zog'ora baliq tanasini o'ngga va chapga biroz bukib, suz-gichlari yordamida oldinga qarab suzadi. Baliqning toq (orqa, dum, anal) va juft (ko'krak, qorin) suzgichlari mavjud. Dum suzgichi ikkiga ajralgan. Anal suzgichlari dumining ostida joylashgan. Suzgichlari yupqa teri pardadan va uni tutib turadigan suzgich yoylardan iborat. Oldingi tomonga suzishda dum suzgichlari katta ahamiyatga ega. Baliqlarning juft suzgichlari tanasini muvozanatga solib turish va harakatlanganida burilishiga yoki to'xtashiga, shuningdek, oldinga qarab asta-sekin suzishiga yordam beradi.

Yüklə 27,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin