Baliqlar reja: Baliqlar haqida tushuncha



Yüklə 27,65 Kb.
səhifə5/5
tarix25.12.2023
ölçüsü27,65 Kb.
#195327
1   2   3   4   5
BALIQLAR

Reflekslar. Agar baliqni biror narsa bilan turtsak, u o'zini tezlik bilan chetga oladi. Bu jarayon quyidagicha sodir bo'ladi. Та'sir sezgi hujayralari tolalari orqali markaziy nerv sistemasining bosh miya yoki orqa miya qismiga uzatiladi. U yerdan ta'sirga hosil bo'lgan javob tegishli organlarga uzatiladi. Organlardagimuskullar qisqarishi tufayli organizra ta'sirga javob beradi. Baliqlar o'z o'ljasini sezganida ham xuddi shunga o'xshash holat sodir bo'ladi. Zog'orabaliq chuvalchangni ko'rganida hosil bo'lgan qo'zg'alish ko'rish nervi orqali markaziy nerv sistemasiga boradi, u yerdan javob nerv tolalari orqali muskullarga keladi. Buning natijasida baliq o'ljasini ushlab oladi. Hayvonlarning ta'sirga shunday javob qaytarish reflekslari tug'ma bo'lganidan shartsiz reflekslar, ya'ni instinkt deyiladi. Shartsiz reflekslar irsiy bo'lib, baliqlarning hayoti davomida o'zgarmasdan saqlanib qoladi va nasldan naslga o'tadi. Bitta turga kiruvchi hamma hayvonlarning shartsiz reflekslari bir xil bo'ladi.
Shuning bilan birga hayvonlarning hayoti davomida hosil bo'ladigan reflekslar ham bor. Agar akvariumdagi baliqlarga biror signal bilan ta'sir etib, masalan, chiroq yoqib oziq berilsa va bunday oziqlanish bir necha bor takrorlansa, bu signal oziq berilmaganda ham baliqlarni jalb qila boshlaydi. Hosil bo'lgan bunday reflekslar shartli reflekslar deyiladi. Shartli reflekslar nasldan naslga o'tmaydi va uzoq saqlanib qolmaydi.
Yüklə 27,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin