Mavzu: bolalar nevroz



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix05.03.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#86702
1   2   3   4   5   6   7   8
BOLALAR NEVROZ KASALIGI VA UNI OLDINI OLISH MUSTAQIL ISH

 
 
 
 
 


NEVROZ KASALLIGINI OLDINI OLISH:
Birlamchi psixoprofilaktika: Ishda va uyda psixotravmatik tasirlarning 
oldini olish. Yatrogeniya va didaktogeniyalarning oldini olish (bolani 
togri tarbiyalash, masalan unga boshqalardan kam yoki ustun ekanligi 
tuygusini singdirmaslik,»jirkanch» qilmishlar qilganida unda chuqur 
qorquv va aybdorlik tuygusini tugdirmaslik, ota-ona ortasida soglom 
munosabatlar). Oiladagi nizolarni oldini olish. Ikkinchi darajali 
psixoprofilaktika (qaytalanishini oldini olish): Suhbatlar otkazish usuli 
bilan bemorlarni psixotravmatik vaziyatlarga munosabatini ozgartirish 
(ishontirish yordamida davolash). Muntazam dispanzerizatsiya otkazish. 
Xonadagi yoruglikni oshirish zich pardalarni olib tashlash, porloq 
yoruglik manbalaridan foydalanish, kunning yorug vaqtidan maksimal 
foydalanish, fototerapiya. Yoruglik serotonin ishlab chiqarishga yordam 
beradi. Umumiy mustahkamlovchi va vitaminli terapiya, yetarli uyqu. 
Dietoterapiya (tolaqonli ovqatlanish, qahva va spirtli ichimliklar istemol 
qilishdan bosh tortish va boshqalar). Endokrin, yurak-tomir kasalliklari, 
ayniqsa miya tomirlari aterosklerozi, yomon sifatli osmalarni, temir va 
vitamin B 12-tanqislikli anemiya kabi kasalliklarni oz vaqtida va togri 
davolash. Mast bolishdan qochish, alkogolizm, narkomaniya va 
toksikomaniyadan saqlanish. Yuqorida aytilganlarning hammasi shaxsiy 
psixologik profilaktika bilan bogliq. Lekin muassasalar va mamlakat 
darajasida ijtimoiy psixoprofilaktikani otkazish zarur ish va yashash 
sharoitlarini takomillashtirish. Endokrinyurak-tomirateroskleroziyomon 
sifatli osmalarnitemiranemiyaalkogolizm 


Nevrozdan xalos bo‘lish uchun nima qilish kerak? 
Avvallari nevroz belgilarisiz, umuman boshqa inson bo‘lib yashab, 
endilikda birdan paydo bo‘luvchi salbiy fikrlar yashashingizga xalaqit 
qilayotgan bo‘lsa, terapevtga ko‘rinishingiz kerak. Mutaxassis aynan 
qaysi jarohatlovchi voqea nevrotik buzilishlar rivojlanishiga olib 
kelganini aniqlaydi hamda sizga vahima bilan kurashishga yordam beradi. 
Qolaversa, nevroz sodir bo‘lishi juda kuchli bo‘lmasa, muammoni xonaki 
usullar bilan hal qilishga harakat qilib ko‘rish mumkin. 
1. Ochiq havoda ko‘proq sayr qiling. Hech bo‘lmaganda kuniga 30 
daqiqa. Hattoki 15 daqiqalik sayr ham o‘zingizni yaxshiroq his 
qilishingizga ko‘maklashadi. 
2. Yaqin insonlar bilan suhbatlashing. Qulflanib olmang! Tug‘ishganlar 
va do‘stlaringizga aynan nima sizni asabiylashishga majbur qilayotgani 
haqida gapiring. Sizni qiyin daqiqalarda qo‘llab turishlarini iltimos qiling. 
3. Kuniga 8 soatdan kam uxlamang. Uyquga to‘ymaslik bezovtalik va 
stressni oshiradi. 
4. Kofein va alkogol iste'molini cheklang. Ular ham sizdagi xavotir va 
hissiy qo‘zg‘alishni oshiradi. 
5. To‘laqonli harakat qiling. Vahima bilan kurashish uchun miyaga 
quvvat zarur. Nonushta, tushlik va kechki ovqatni o‘tkazib yubormaslikka 
va jiddiy parhezlarni rad etishga harakat qiling.
6. O‘z xavotirlaringizni qayta tahlil qiling. Bu har doim qiyinchilik 
tug‘dirsa ham, salbiy xayollarni yoqimlisiga almashtirishga harakat 
qiling. O‘zingizdan so‘rang: tadbir eng yomon ssenariyda o‘tadi deb 
xavotirlanishingizga nima majbur qilyapti? Bunga jiddiy sabablar bormi? 
Masalan, dedlaynni o‘tkazib yubordingiz deylik, xo‘sh, nima bo‘ladi? Yer 


ostin-ustun bo‘lmasa kerak, yangi tajriba esa kelajakda o‘z kuchingizni 
to‘g‘ri baholashingizga yordam beradi. 
7. Barcha nevrotik noxush hodisalarni yozib chiqing. Bu bezovtalik 
yanada kuchayadigan vaziyatlarni tahlil qilishga yordam beradi. 
Qonuniyatlarni payqab, o‘xshash holatlardan qochishingiz mumkin. 
Ammo diqqatingizni qarating! Agar yuqorida sanab o‘tilgan choralar 
yordam bermasa va tashvishlanish tinch yashashingizga xuddi avvalgidek 
xalaqit qilsa, psixoterapevtga albatta murojaat qiling. Psixik holatlar 
o‘sishi mumkin. Ularni erta bosqichlarida yengish osonroq. 



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin