Mavzu: bolalar nevroz


NEVROZ KASALLIGINI DAVOLASH



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix05.03.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#86702
1   2   3   4   5   6   7   8
BOLALAR NEVROZ KASALIGI VA UNI OLDINI OLISH MUSTAQIL ISH

NEVROZ KASALLIGINI DAVOLASH:
Nevrozlarni davolashning kop usullari va nazariyalari mavjud. Nevrozni 
davosi antidepressantlar va trankvilizatorlar yordamida psixoterapiya va 
medikamentoz terapiyaga asoslanadi. Nevroz va nevrotik reaktsiyalarni 
davolashning asosiy usuli psixoterapiya hisoblanadi. Hozirgi vaqtda 
psixoterapevtik yordamning koplab yonalishlari va usullari mavjud. Ular 
patogenik (nevrozning sabablari va uni shaxsda ushlanib turishi 
jarayoniga tasir korsatadigan) va simptomatik yoki yordamchi (ular faqat 
patogenik uslublar bilan birgalikdagina samarali bolib, ozlari faqat 
alomatlarni yengillashtiruvchi vaqtinchalik tasir korsatadi) turlarga 
bolinadi. Patogenetik uslubi psixodinamik, ekzistentsial, interpersonal, 
kognitiv, tizimli, integrativ, geshtalt-terapiyani oz ichiga oladi. 
Simptomatik usublarga esa xulq-atvor, gipnoz, tana-yonaltirilgan, 
ekspozitsion terapiya, nafas olish mashqlari, art-terapiya, musiqa 
terapiyasi va boshqalar kiradi. Nevroz insonning tiklanadigan holati bolib, 
psixoterapevtik davolanishiga yaxshi boysunadi. Dori-darmonli terapiya 
faqat psixoterapevtik jarayon uchun katalizator bolib, hech qanday 
holatda nevrozni davolashning asosiy shakli sifatida qaralmaydi. 
Kamdan- kam hollarda, inson shaxsiyatining osishi, nizoli vaziyat 
ahamiyatining yoqolishi, avvalgi turmush tarziga qaytish va hokazolar 
tufayli nizoning hal bolishi natijasida nevrozdan mustaqil qutilish hollari 
ham qayd qilinadi. Obsessiv-kompulsiv buzilishda birinchi orindagi 
davolash sifatida kognitiv-xulq terapiyasi (KXT) va SQUSI (serotonin 
qayta ushlanishining selektiv ingibitorlari) yoki klomipramin guruhi 
antidepressantlarini qollash tavsiya etiladi. Kognitiv-xulq terapiyasidan 
tashqari, psixodinamik terapiya yoki psixoanaliz ham ishlatiladi, lekin 
ularning samaradorligi, KXT samaradorligidan farqli olaroq, kam 


isbotlangan. KXT bu obssesiv-kompulsiv buzilishda samaradorligi 
nazorat ostida otkazilgan tadqiqotlar bilan tasdiqlangan psixoterapiyaning 
yagona turidir. Obsessiv-kompulsiv buzilishni kognitiv davolashda 
adapitvlikka orgatish qollaniladi bu texnikada terapevt bemorda qayta-
qayta ornashib qolgan fikrlarni chaqirishga harakat qiladi, natijada 
bunday fikrlar bemor uchun xavflilik ahamiyatini yoqotadi va xavotirning 
pasayishiga sabab boladi deb taxmin qilinadi. Shuningdek javobni oldini 
olishning yashirin texnikasi ham ishlatiladi: terapevtlar bemorlarni 
adaptiv oqitish davomida yuzaga kelishi mumkin bolgan ornashib qolgan 
fikrlardan chalgish yoki saqlanishga orgatadi. Kognitiv nazariya 
tarafdorlari fikrlariga kora, bunday buzilish insonning yoqimsiz, keraksiz 
oylari mavjudligi xususiyatlaridan kelib chiqadi: bazi odamlar uchun 
yoqimsiz fikrlar shu darajada jirkanch va zoriqtiradigan tasir korsatadiki, 
ular bunday fikrlardan qochish yoki ularni bartaraf qilishga urinishadi. Bu 
say-harakatlar fikrlarning ornashib qolishiga olib keladi, ular noqulaylikni 
bir muddat pasaytiradi va qayta-qayta takrorlanaveradi, qutilishga harakat 
qilish esa ular bilan bogliq tashvishlarni yanada kuchayishiga sabab 
boladi.


KXT:
boshqa nevrozlarda ham qollaniladi. Masalan, umumiy xavotirli 
buzilishda odatda ikkita kognitiv yondashuv qollaniladi. Ellis va Bek 
nazariyasiga asoslangan yondashuvdan biriga amal qilgan holda, 
terapevtlar odamlarga ularning buzilishlari asosida yotgan noadekvat 
ishonchlarini ozgartirishga yordam berishadi. Ikkinchisi esa odamlarni 
stressli vaziyatda ozini tutishga orgatadi. Fobiyalarda xulq-atvor 
terapiyasi tarafdorlari tasir terapiyasi uslubidan foydalanishadi, uning 
davomida qorquvlari mavjud kishilar ularni qorqitadigan narsalar va 
vaziyatlarga duchor qilinadi: masalan agorafobiyaga chalingan odamlarga 
asta-sekin uylaridan uzoqlashish va koproq jamoat joylariga tashrif 
buyirish orgatiladi. Panik hujumlarda kognitiv terapevtlar insonlarning oz 
tana sezgilarini notogri interpretatsiya qilishni togirlashga harakat 
qilishadi. Nevrozda psixoanaliz ham qollaniladi. Kopgina psixoanalitik 
maktablar fikriga kora, bemor oz ziddiyatlarini tan olishi, ozining 
shaxsiyati 
haqida 
aniqroq 
tasavvurlarga 
ega 
bolishi 
kerak. 
Psixoterapiyaning asosiy vazifasi bemorga nevroz rivojlanishiga olib 
kelgan barcha munosabatlar jamlanmasini tan olishga yordam berishdir. 
Psixoterapiyaning natijasi bemorga uning hayotiy tajribasi, bu tajriba 
asosida shakllangan atrofdagi odamlar bilan munosabatlar tizimini 
ziddiyatga kelgan vaziyat va kasallikning namoyon bolishi bilan bolgan 
nisbatini bemorga tushuntirishdan iborat. Psixoanaliz tez-tez tanqid 
qilinadi yilda Klaus Grave bir guruh olimlar bilan psixoanaliz va tegishli 
psixoterapevtik 
qollanmalarning 
samaradorligini 
organishga 
bagishlangan 897 eng muhim empirik tadqiqotlar meta-tahlilini chop etdi. 
Uning mazmunida Grave xulq-atvor terapiyasi psixoanalizga nisbatan 
ikki barobar samarali ekanligiga ishora qildi. «Psixoanaliz zararlimi» 
degan maqolada amerikalik psixolog Albert Ellis psixonalizdan 
foydalanishning zarari togrisida oz fikrini bildirdi. Xususan, u psixoanaliz 


umuman olganda notogri taxminlarga asoslanganligi, u bemorlarni ozlari 
ustida ishlash zarurligidan uzoqlashtirishi, hozirgi harakatsizligiga 
bahona berishini takidlagan. Emotsional barqarorsizlikdan aziyat 
chekayotgan bemorlar, kopincha psixotrop dorilarning nojoya tasiriga
ayniqsa sezgir boladi. Bazi psixofarmakologik dorilar oxshash nevrotik 
namoyon bolishli nojoya tasirlarga ega, va natijada davolash davomida 
ularning kuchayishi ehtimoli mavjud. Nevrozni davolashda gipnoz va 
autogen mashgulotlar juda muhim orin tutadi. Agar nevroz mavsumiy 
ruhiy tushkunlik sababli yuzaga kelgan bolsa, uni davolash va oldini olish 
uchun, quyoshli kunlar sayr qilish yoki nur bilan davolash korsatiladi. 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin