Mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan usullar va ish turlari, vositalar. Mashg‘ulotning texnologik xaritasini tuzish


«Qidirib top va nomini ayt» mashqi



Yüklə 123,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix12.05.2023
ölçüsü123,76 Kb.
#111916
1   2   3
NeKHBh5G2NF5sBNgbSKMqtFbIUl2iONxhN8aAgDn

«Qidirib top va nomini ayt» mashqi 
Maqsad: muayyan o‘lchamdagi va rangdagi geometrik shaklni tez topish 
malakasini mustahkamlash. 
Jihozlar: Har xil rang va o‘lchamdagi 10-12 ta geometrik shakl doiralar, 
kvadratlar, uchburchaklar, to‘g‘ri burchaklar. 


Qoida. Savoldan keyin darhol javob berilish va savolda aks etgan belgilar 
(rang, o‘lcham) aytilishi kerak. Shaklni tez va to‘g‘ri ko‘rsata olgan bola uni o‘ziga 
oladi. Mashq oxirida natijalar hisoblanadi va eng ko‘p kartochkaga ega bo‘lgan 
bola g‘olib, deb e’lon qilinadi. 
O‘yin hatti-harakatlari qiziqarli, musobaqa ruhida kechishi kerak. 
Yo‘riqnoma: stol ustiga har xil rang va o‘lchamdagi 10-12ta geometrik shakl 
(doiralar, kvadratlar, uchburchaklar, to‘g‘ri burchaklar) betartib joylashtiriladi. 
Avval tarbiyachi, keyin faolroq bola qolgan bolalarga savollar bilan murojaat 
qiladilar: «Kim katta doirani topdi?», «Kim kichkina ko‘k rangli kvadratni 
topdi»… 
«Rasm tuz» mashqi 
Maqsad: bolalarda geometrik shakllar, fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish, 
geometrik shakllar va ularning xususiyalari haqidagi bilimlarni mustahkamlash. 
Jihozlar: bir-biridan ma’lum masofada geometrik shakllar tasvirlangan 
varaq
Yo’riqnoma: tarbiyachi bolaga varaqda tasvirlangan yoki o‘zi ta’riflab 
bergan tuzilishga ega geometrik shakllar nomini aytishni, keyin o‘ziga qiziq 
tuyulgan shaklning rasmini chizib berishini so‘raydi. 
Shunday qilib, mazkur mashq va usullar to‘plami bolalarning sensor 
tajribani egallashlariga qaratilgan bo‘lib, buning natijasi o‘laroq bolalar o‘zlarining 
jismoniy va hissiy imkoniyatlarini anglaydilar, o‘zlarini o‘rab turgan 
predmetlarning xususiyatlarini bilib boradilar, shuningdek atrof-muhitga 
moslashuvi, bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradi. Bunday maxsus 
muassasalarda olib boriladigan mashg‘ulotlarning texnologik xaritasini tuzish va 
ularni loyihalash oddiy tushunchalarni bolalar ongiga olib kirish va narsa va 
hodisalarning xususiyatlarini anglashga bog’lanishi zarur. 

Yüklə 123,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin