Mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan usullar va ish turlari, vositalar. Mashg‘ulotning texnologik xaritasini tuzish



Yüklə 123,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix12.05.2023
ölçüsü123,76 Kb.
#111916
1   2   3
NeKHBh5G2NF5sBNgbSKMqtFbIUl2iONxhN8aAgDn

«Kubiklar» mashqi
Maqsad: bitta va ikkita belgi asosida katta-kichiklik (o‘lcham), rang idrokini 
rivojlantirish. 
Jihozlar: har xil katta-kichiklikdagi rangli kubiklar. Piramidalar, chelakchalar, 
matryoshkalardan ham foydalanish mumkin. 
Yo’riqnoma: vazifa bola bilan birgalikda o‘yin davomida olib boriladigan 
dialog shaklida bajariladi. 
- O‘ynashni yaxshi ko‘rasanmi?
- Bolaning javobi 
- To‘palon qilishni-chi?


- Men ham to‘palon qilsam bo‘ladimi? (katta odam kubiklarni polga sochib 
tashlaydi). Menga olib ber. Endi eng kichkinasini ber.
- Endi esa qizil rangli eng katta kubikni, kichkina sariq kubikni olib ber-chi... 
va h.k. 
«Ajoyib derazalar» mashqi 
Maqsad: rang va shaklni idrok etishga qaratilgan sensor funksiyasini 
shakllantirish. 
Jihozlar: 12 ta to‘rtburchak rangli kartochkalar (asosiy ranglar va rang tuslari); 
har xil shakldagi 5 ta kartochka. 
Yo’riqnoma: vazifa bola bilan birgalikda o‘yin davomida olib boriladigan dialog 
shaklida bajariladi. 
- Bir sehrgar derazalari ajoyib bir saroy barpo etibdi. Har kim o‘z derazasini 
topishi uchun uning shakli va rangini bilishi kerak. Kel, shu derazalarni yaxshilab 
ko‘rib chiqamiz va uning rangi va shaklini aniqlashga urinib ko‘ramiz. 
(Kartochkalar stolga yoyib qo‘yiladi va bola har bitta derazaning rangi va shaklini 
aniqlaydi). 
- Endi shakli va rangi o‘zingga yoqqan bir derazani tanlab ol-chi. 
«Sehrli rasmlar» o’yin-mashqi 
Maqsad: obrazni bir butun holda idrok etish, fazoni idrok etish qobiliyatini 
rivojlantirish. 
Jihozlar: a) uchta rasm, ulardan bittasi ikki qismga, ikkinchisi to‘rt qismga 
va uchinchisi olti qismga bo‘lingan; syujetli rasmlar (3-4 ta rasm). 
Yo‘riqnoma: konvertlarga sehrli rasmlar solib qo‘yilgan. Bolalar ularni 
yig‘ishga urinadilar, ammo ular yana sochilib ketaveradi. Sen bu rasmlarning 
qismlarini to‘plab ko‘r-chi. (Shundan keyin pedagog bolaga avval ikki qismga 
bo‘lingan rasmni taklif qiladi, bu birinchi – sodda daraja; keyin o‘rtacha 
qiyinlikdagi darajani, ya’ni to‘rt qismga bo‘lingan rasmni yig‘ishni taklif etadi.

Yüklə 123,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin