Mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan usullar va ish turlari, vositalar. Mashg‘ulotning texnologik xaritasini tuzish



Yüklə 123,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix12.05.2023
ölçüsü123,76 Kb.
#111916
  1   2   3
NeKHBh5G2NF5sBNgbSKMqtFbIUl2iONxhN8aAgDn



Mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan usullar va ish turlari, vositalar. 
Mashg‘ulotning texnologik xaritasini tuzish 
(1soat amaliy, 1 kredit) 
Reja 
1. Sifatli mashg’ulotlar - ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik garovi 
2. Nosog’lom bolalarni sensor jihatdan rivojlantirish texnologiyalari 
3. O’yin-mashqlar va ularning rivojlanishdagi ahamiyati 
Tayanch tushunchalar: Jismoniy mashqlar, o'yinlar, geometrik shakllar, 
emotsional holatlar, ko’rish qobiliyati, analizatorlar, fazoviy tasavvur. 
Ijtimoiy moslashuv shaxsni turlicha ijtimoiy muhitning strukturaviy 
elementlariga faol kirishishiga imkon beruvchi, ya’ni jamoaning jamoatchilik 
hayoti va faoliyatida baholi qudrat ishtirok etuvchi, jamiyatning ijtimoiy va 
madaniy hayotiga qatnashuvchi, yashab turgan joyining me’yorlari va qoidalariga 
muvofiq o‘z hayotini qura oluvchi sotsializatsiyaning mexanizmlaridan birini 
o‘zida aks ettiradi. Ijtimoiy moslashuv-bu shaxs va jamiyat o‘zaro ta'sir 
ko‘rsatuvchi uzluksiz jarayon.
Me’yorda rivojlanayotgan bolalar katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan 
muloqot, ota-onalariga xo‘jalik bo‘yicha yordamlashish, ularni o‘rab turgan hayot 
va hodisalarga o‘xshatib qilingan turli o‘yinlarni o‘ynash, televidenie va radiodan 
axborot olish jarayonida ma’lumot va bilimga ega bo‘ladilar. To‘g‘ri tarbiya 
o‘rnatilgan oiladagi bolalar zimmasida uy-ro‘zg‘or xo‘jaligi va ularni o‘rab turgan 
hayot haqidagi tushunchalarini kengaytirishga yordam beruvchi ma’lum bir 
maishiy-xo‘jalik majburiyatlari bo‘ladi. Bundan tashqari, maktabda o‘qish 
o‘smirlarni zarur bo‘lgan ma’lumot, odat, malakalar zaxirasi bilan qurollantiradi. 
Alohida yordamga muhtoj bolalarda esa ushbu jarayon boshqacha kechadi. 
Ushbu toifadagi bolalar bilan ishlovchi xodimlar ta'lim va tarbiya shakllarining 
mohiyatini, maqsad va mazmunini, usul hamda vositalarini, tamoillarini yaxshi 
egallab, ularni amalda qo‘llay olishlari kerak. Ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarni 
o‘z kuchiga ishontirish, mashg‘ulotlarga havasini uyg‘ota bilish, material bayoni 
vaqtida ularning diqqatini to‘la jalb qila olish, materialni esda saqlab qolish 
yo‘llarini (mashq, ko‘rgazmali qurollardan foydalanish, mustaqil ish, suhbat, 


didaktik o‘yin kabi vositalarni) qo‘llanishi o‘qitish samaradorligini yanada 
oshiradi. Barcha turdagi muassasa xodimlari tarbiyalanuvchilarining psixologik 
rivojlanishidagi xususiyatlarini hisobga olgan holda, shular asosida o‘z ishini 
to‘g‘ri tashkil etishi maqsadga muvofiqdirBola rivojlanishidagi nuqsonlar har xil 
bo‘ladi, ularning ba’zilari batamom bartaraf etiladi, ba’zilari bir qadar tuzatiladi, 
korreksiyalanadi, 
bilinmaydigan 
holga 
keltiriladi, 
boshqalari 
esa 
kompensatsiyalanadi. 
Masalan, bola nutqida og‘ir nuqson bo‘lsa, ilk yoshda to‘g‘ri tashkil etilgan 
logopedik chora-tadbirlar ta’sirida uni to‘liq bartaraf etish mumkin. Boladagi 
nuqson markaziy nerv sistemasidagi organik kamchiliklar natijasida paydo bo‘lgan 
bo‘lsa (masalan, aqli zaiflik shunday nuqson jumlasiga kiradi), uni to‘liq bartaraf 
etib bo‘lmasa ham, biroq kamaytirish, ko‘zga ko‘rinmaydigan, sezilmaydigan 
darajagacha tuzatish mumkin.
Bolalar bir-biriga o‘xshamaydilar. Bir-biriga o‘xshash bo‘lgan bolaning o‘zi 
mavjud emas. Bolalarning yoshlari bir xil bo‘lsada, ular bir-biridan farq qiladi. 
Ba’zi bolalar injiq, ba’zilar esa, aksincha xushchaqchaq, ba’zilari yaxshi kuylaydi, 
ba’zilari esa, aksincha ashula ayta olmaydilar. Bola dunyoga kelgan kunlaridan 
boshlaboq ko‘radi, eshitadi, biror narsa tekkanini, og‘riq, issiq, hid va ta’mni xis 
etadi. Tevarak atrofdagi borliqni bilish — sezish va idrok qilishdan, ya’ni 
voqelikdagi narsa va hodisalarning bola ongida aks etishidan boshlanadi. Bolaning 
idroki hayotining dastlabki-yillaridayoq ancha takomillashadi va ikki yoshida u 
buyumlarning rangi, shakli, kattakichikligiga qarab bir-biridan farq qila boshlaydi, 
tanish ohangni ajratadi va hokazo. Unda xilma-xil sensor qobiliyatlar: ko‘rish va 
ko‘zdan kechirish, tinglash va eshitish, buyumlarni tashqi belgilariga qarab 
ajratish, ko‘zi ko‘rayotgan va eshitayotgan narsaga taqlid qilish qobiliyati 
rivojlanib boradi. Bola turli taassurotlar olib turishi — buyumlarni ko‘rishi, ushlab 
bilishi, kattalarning ishlarini kuzatishi, xilma-xil tovushlarni eshitishi kerak. Bu 
bolalarning sensor rivojlanishlari uchun zarur shartdir. Sensor qobiliyatlarning o‘z 
vaqtida rivojlanishi esa bolalarning aqliy tarbiyasi uchun zamin yaratadi. Diqqat, 
xotira, intilish, qiziqish va boshqa shu singari ruhiy jarayonlar bolaning aqliy 
rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Bola nutqining o‘z vaqtida va to‘g‘ri 
rivojlanishi aqliy rivojlanishining asosidir.


Nutq ruhiy jarayon: idrok, xotira va boshqalarning rivojlanishiga, bolalarning 
faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar nutqi rivojlana boshlashi bilan kattalar 
so‘zlarining tarbiyaviy vosita sifatidagi roli ortib boradi. Bola shaxsining tarkib 
topishi hayotining birinchi kunlaridanoq boshlanadi. Bola har kuni ko‘rgan va 
eshitganlari asosida borliqqa va tevarak-atrofdagi kishilarga o‘z munosabatini 
bildiradi, kattalarning xatti-harakatlari, ishlariga, sodir bo‘layotgan voqealarga 
bolaning beradigan bahosi, kishilarga bo‘lgan munosabati — bularning hammasi 
bola ma’naviy qiyofasining shakllanishiga ta’sir etadi. Bolaning xoh ona qornida, 
xoh tug‘ilganidan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bo‘lgan ma’lum shart-
sharoitlarning buzilishi turli xil jismoniy yoki ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlar, 
kamchiliklarga olib kelishi mumkin. Korreksion pedagogika fanida alohida 
yordamga muhtoj bolalarning turli xil toifalari ustida ish olib boriladi. Ular 
quyidagilardir:
1) eshitish kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalar (kar, zaif eshituvchi bolalar, 
kech kar bo‘lib qolgan bolalar);
2) ko‘rish qobiliyatida kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar (ko‘r, zaif ko‘ruvchi 
bolalar);
3) aqli zaif bolalar;
4) og‘ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar;
5) harakat-tayanch a’zolarida kamchiliklari bo‘lgan bolalar;
6) ruhiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar. 
7) rivojlanishida murakkab ko‘p nuqsonli bolalar;
8) autizm sindromli bolalar.
Alohida yordamga muhtoj bolalar me’yorda rivojlangan tengdoshlari orasida 
inklyuziv ta’limda yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim-tarbiya muassasalarida 
tarbiyalanishi va o‘qitilishi kerak. Bolaning umumiy rivojlanishiga har tomonlama 
kuchli ta’sir etgan nuqsonlargina uni alohida yordamga muhtoj bola deb 
hisoblashga asos bo‘lishi mumkin. Masalan, bolaning faqat chap qulog‘i eshitsa-
yu, bu nuqson uning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir etmaydigan, u maktab 
tengdoshlari qatori o‘zlashtiradigan bo‘lsa, u alohida yordamga muhtoj bolalar 
toifasiga kirmaydi. Katta yoshdagi kishilarda ma’lum sabablarga ko‘ra paydo 


bo‘lgan nuqsonlar ham ularning umumiy rivojlanishiga ta’sir etmasa, bu kishini 
alohida yordamga muhtoj deb hisoblash mumkin emas. 
Maxsus pedagogika amaliyotida yana shunday toifadagi alohida yordamga 
muhtoj bolalar kuzatiladiki, ulardagi nuqsonni tuzatib ham, korreksiyalab ham 
bo‘lmaydi, masalan, tug‘ma ko‘rlik yoki karlikning ayrim turlari shular 
jumlasidandir. Bunda ko‘rish analizatorining vazifasini sezgi organlariga, eshitish 
analizatorining 
vazifasini 
esa 
ko‘rish 
analizatoriga 
yuklash, 
ya’ni 
kompensatsiyalash, o‘rnini bosish mumkin. Ko‘rish qobiliyati zaif bolalar sezgi 
organlariga tayangan holda barmoqlari bilan Brayl shriftidan foydalanadilar. 
Bunda harf olti nuqta kombinatsiyasi bilan belgilanadi.
Ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik - bu so'zning odatiy ma'nosida o'qitish 
emas, biron bir aniq ko'nikmalarni rivojlantirish emas, balki shaxsning odamlar 
bilan muloqot qilishda kompetentsiyasini, faolligini va yo'nalishini shakllantirish 
va saviyasini oshirish uchun faol ijtimoiy-psixologik tayyorgarlikdir. Guruhning 
ijtimoiy-psixologik obyekt sifatida rivojlanishi. 
Eshitishida kamchiligi bor bolalar predmetlarni tasniflashda, ayniqsa, diy 
qiyinchiliklarga duch keladilar. Aynan shuning uchun mashg‘ulotlarda turli 
predmetlar va rasmlardan foydalanib didaktik o‘yinlar o‘tkaziladi. Bunda bolalar 
bitta predmet bo‘yicha u mansub bo‘lgan predmetlar guruhini aniqlashi (va 
aksincha, predmetlar guruhidan talab qilingan predmetni aniqlashi) kerak. Quyida 
kar va zaif eshituvchi bolalar o‘quvchilarini sensor jihatdan rivojlantirish 
texnologiyasidan namuna keltiramiz: 

Yüklə 123,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin