Masalalar mashqlar to‘plami: Tanqidiy tafakkur usuli



Yüklə 83,95 Kb.
səhifə6/11
tarix16.12.2023
ölçüsü83,95 Kb.
#181667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
pedagogik texnologiyalar ped texnologiya

Zig – zag 2. Bu zig – zag – 1 metodining o‘zi, lekin undan farqi, ta’lim oluvchilarga taqdim etgan matnning har qismi bo‘yicha aniq topshiriq (savol) beriladi. Ular o‘z guruhlariga qaytganlaridan so‘ng, berilgan topshiriqlar bo‘yicha fikrlarini bayon qiladilar.

Bilaman – bilishni xoxlayman – bilib oldim”(B - B - B). matnni interfaol o‘qitish – o‘zlashtirish metodaridan biri bo‘lib, u ham insert metodi kabi jadval ko‘rinishida bajariladi va u quyidagicha qo‘llaniladi: ta’lim oluvchilarga biror mavzu e’lon qilinadi. Bu to‘g‘rida ular ma’lum bo‘lgan axborotlarni jadvalning “bilaman” qismiga, mavzu bo‘yicha yana qanday ma’lumotlarni bilishni xoxlashsa, ularni jadvalning “bilishni xoxlayman” qismiga yozadilar. So‘ngra, ularga mavzuga oid matn tarqatiladi. Ular mikroguruhlar tarkibida matnni mustaqil o‘zlashtirib, jadvalning “bilib oldim” qismini to‘ldiradilar. Har bir mikroguruh sardori (vakili) tuzilgan jadvallarni taqdim qiladilar. Jadvalning barcha qismlari taqqoslanib, ta’lim oluvchilarda mavjud bo‘lgan va qo‘shimcha o‘zlashtirilgan axborotlar taqqslanib, munozara qilinadi hamda mavzuning o‘zlashtirilganligi tahlil qilinadi.


Esse – fransuzcha tajriba, dastlabki loyiha, shaxsning biror mavzuga oid yozma ravishda ifodalangan dastlabki mustaqil erkin fikri. Bunda tinglovchi o‘zining mavzu bo‘yicha ta’surotlari, g‘oyasi va qarashlarini erkin tarzida bayon qiladi. Esse yozishda xayolga kelgan dastlabki fikrini zudlik bilan qog‘ozga tushirish, iloji boricha ruchka (qalam) ni qog‘ozdan uzmasdan – to‘xtamasdan yozish, so‘ngra matnni qayta tahlil qilib, iakomillashtirish tavsiya etiladi. Esseni muayyan mavzu, tayanch tushuncha yoki erkin mavzuga bag‘ishlab yozish tavsiya etiladi. Ba’zan, ayniqsa tarbiyaviy soatlarda ta’lim oluvchilarga o‘zlariga yoqqan mavzu (tushuncha) bo‘yicha esse yozdirish ham yaxshi natija beradi.
Asoslovchi esse – bu shunday esse – ki, unda esse muallifi biror mavzu bo‘yicha muayyan nuqtai – nazarga ega bo‘lib, esse mazmunida uni himoya qiladi, buning uchun bir qator asolovchi dalillar keltiriladi.

Yüklə 83,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin