Masalalar mashqlar to‘plami: Tanqidiy tafakkur usuli



Yüklə 83,95 Kb.
səhifə5/11
tarix16.12.2023
ölçüsü83,95 Kb.
#181667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
pedagogik texnologiyalar ped texnologiya

Grafik tashkilotchilar. Bu – biror o‘quv materialini o‘zlashtirishda, undagi fikrlash jarayonini ko‘rgazmali tasvirlash metodlari bo‘lib hisoblanadi. YUqorida bayon qilingan klasterdan tashqari, grafik tashkilotchilarning yana uchta, juda samarali metodlari mavjud. Bular – T – sxema, konseptual jadval va Venn diagrammasidir.
A) T – sxema. Bu interfaol metod qiyosiy tushunchalar (“ha”/ “yo‘q” yoki “roziman” / “qarshiman”) ning universal tashkilotchisi bo‘lib, bir – biridan keskin farq qiluvchi yoki qarama – qarshi, ba’zan turlicha mezonlar bilan farq qiluvchi fikrlarni ko‘rgazmali va ixcham tarzda tasvirlashga qulaylik yaratadi. “interfaol metodlardan foydalanib o‘qitishga munosobat” mavzusiga oid T – sxemani quyidagicha tasvirlash mumkin.
Venn diogrammasi. Bu inter faol metod ikki yoki undan ortiq tushunchalarning o‘ziga xos va umumiy jihatlarini tahlil qilish va umumlashtirishda qo‘llaniladi. Bunda o‘ng va chap doiralarga tushunchalarning o‘ziga xos jihatlari, doiralarning kesishgan sohasiga esa, ular uchun umumiy bo‘lgan jihatlar yoziladi. Masalan, “nazariy mashg‘ulot” tushunchalari uchun Venn diogrammasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Zig – zag – 1. bu o‘zaro hamkorlikda (birgalikda) o‘qish metodi bo‘lib hisoblanadi. Uni o‘tkazish metodikasi quyidagicha:

  • Matn uning hajmiga bog‘liq holda qismlarga ajratiladi. Tinglovchilar (ta’lim oluvchilar) ham matn qismlariga bog‘liq bo‘lgan holda 4 – 6 kishidan iborat mikroguruhlarga bo‘linadi;

  • Tinglovchilar o‘z raqamlariga mos bo‘lgan yangi (korporatsion) guruxlarga jamlanadilar. Har bir guruh a’zosi matnning o‘z raqamlariga tegishli qismini (1 – raqamlilar birinchi qismini, 2 – raqamlilar ikkinchi qismini va va h.k.) o‘qib chiqadilar va o‘qilgan qisimni bayon etishning umumiy strattegiya (fikrni) ishlab chiqadilar;

  • Tinglovchilar o‘zlarining dastlabki “qadrdon” guruhlariga qaytadilar va ularning har biri o‘zi o‘qigan matn qismini shunday bayon qilishi kerakki, guruh a’zolarida matnning to‘la mazmuni bo‘yicha yaxlit tasavvur hosil bo‘lsin. SHundan so‘ng bir ta’lim oluvchi matnning to‘la mazmunini bayon qiladi;

  • Ayrim guruh a’zolari o‘z fikrlarini bayon qilshlari mumkin.


Yüklə 83,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin