Masalalar mashqlar to‘plami: Tanqidiy tafakkur usuli



Yüklə 83,95 Kb.
səhifə2/11
tarix16.12.2023
ölçüsü83,95 Kb.
#181667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
pedagogik texnologiyalar ped texnologiya

Piramida . Bu topshiriqda ma’lum bir masala avval yakka holda, keyin juftliklarda, keyin kichik guruhlarda va so‘ngra butun sinf bilan muhokama qilinadi.
.DjigSo (Mozaika) . Bu topshiriqda turli guruhlarda bir matnning turli qismlari beriladi. Ular tegishli ma’lumot qismlari bilan bir-birlari bilan o‘rtoqlashib, matnning umumiy mazmunini birgalikda chiqaradilar.
Sinkveyn (axborotni yig‘ish). O‘rganilayotgan materialni to‘laqon va puxta anglash uchun qo‘llanialdigan interfaol metodlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Sinkveyn – fransuzcha besh qator o‘ziga xos, qofiyasiz she’r bo‘lib, unda o‘rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) to‘g‘risidagi axborotyoyilgan va yig‘ilgan holda , ta’lim oluvchi so‘zi bilan, turli variantlarda va turli nuqtai nazar orqali ifodalanadi. Sinkveyn tuzish – murakkab g‘oya, sezgi va hissiyotlarni bir nechagina so‘zlar bilan ifodalash uchun muhim bo‘lgan malakadir. Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni puxtaroq anglashga yordam berish bilan birga, ta’lim oluvchilarning kritik fikrlash qobiliyatini yuqori darajada rivojlantiradi.
Sinkveyn tuzish qoidasi:

  1. Birinchi qatorda mavzu (topshiriq) bir so‘z, odatda ot bilan ifodalanadi (kim?, nima?).

  2. Ikkinchi qatorga mavzuga oid ikkita sifat yoziladi (qanday?, qanaqa?).

  3. Uchinchi qatorda mavzu doirasidagi hatti – harakat (funksiyasi – vazifasini anglatuvchi) uchta so‘z (fe’l) bilan ifodalanadi.

  4. To‘rtinchi qatorga mavzuga nisbatan tasavvur (assotsiatsiya)ni anglatuvchi va to‘rtta so‘zdan iborat bo‘lgan fikr (sezgi) yoziladi.

  5. Oxirigi mavzuga mohiyatini takrorlaydigan, ma’nosi unga o‘xshash bo‘lgan bitta so‘z (sinonim) yoziladi.

Muammoli vaziyat” metodi.
Muammoli vaziyat” metodi – ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning echimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir.
“Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo‘yilgan muammoning echimini topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks holda echimni topa olmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi. “Muammoli vaziyat” metodi qo‘llanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning echimini topishni o‘rganadilar.
“Muammoli vaziyat” metodining tuzilmasi quyidagicha:

  • Muammoli vaziyat tavsifini keltirish:

  • Guruhlarga bo‘lish;

  • Guruhlarning muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlash:

  • Guruhlarning muammoli vaziyatning oqibatlari to‘g‘risida fikr yuritishi;

  • Guruhlarning muammoli vaziyatning echimini ishlab chiqish;

  • To‘g‘ri echimlarni tanlash.


Yüklə 83,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin