Ma’ruza 2 2-Mavzu: Tolalarning sinflanishi. Tolalar va ularning xossalari Reja



Yüklə 479,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix28.11.2023
ölçüsü479,74 Kb.
#169484
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-mavzu Tolalarning sinflanishi. Tolalar va ularning xossalari (2)

5.Sintetik tolalarning xossalari 
 
Poliefir tolalar
. Bunga terilen (Angliya), dakron (SShA), teteron 
(Yaponiya), tesil (Chexiya), eana (Polsha) va lavsan (Rossiya) tolalari ta’luqli. 
Xom ashyo sifatida bu tolalarni olish uchun dimetil terefalat va etilenglikol xizmat 
qiladi. Quyultmadan shakllantiriladi. To‘qimachilik ipi (chiziqli zichligi 11/40 
teks), kord (20/80 teks) va shtapel tola (chiziqli zichligi 16,7-200 teks) 
ko‘rinishdagi maxsulotlar ishlab chiqariladi. PE tolasi yuqori termik bardoshlikka 
ega (70-235
o
C), g‘ijimlanmaydi, paxta, jun va viskoza tolalari bilan birgalikda 
qo‘llanishi mumkin.
Poliamid tolalari
. Dunyo bo‘yicha ishlab chiqariladigan barcha sintetik 
tolalarning yarimini PA tolasi tashkil etadi. PA tolasiga kapron, anid, enant 
(Rossiya), silon (Chexiya), stilon (Polsha), grilon va mirlon (Shvesariya), dederon 
(Germaniya), naylon (SShA, Angliya, Fransiya), amilan (Yaponiya) ta’luqli. 
Ular yuqori qayishqoq-plastik xususiyatga, buklanishga chidamliyilik (paxta va 
junga nisbatan 10 barobar va viskozaga nisbatan 100 barobar) xossasiga ega. 
Barcha to‘qimachilik tolalari ichida ishqalanishga bo‘lgan chidamliyligi bo‘yicha 
birinchi o‘rinda turadi, shuning uchun undan noski-paypoq ishlab chiqarishda keng 
foydalaniladi. Kamchiligi: issiq va yorug‘lik ta’siriga chidamsiz, elektrlanadi, juda 
silliq yuzaga ega. 
Poliakrilonitril tolalari
. Ko‘pincha bu tolalar polimerning DMF yoki 
rodanid eritmalaridan shakllantiriladi. Shakllantirish, cho‘zish, yog‘lash va quritish 
jarayonlaridan so‘ng tolaning termobardoshligini, kirishishga va ko‘p marotabalik 
deformatsiyaga 
bo‘lgan 
mustaxkamligini 
oshirish 
maqsadida 

termorelaksatsiyalanadi. Barcha tolalar ichida yorug‘lik ta’siriga o‘ta chidamli tola 
xisoblanadi, issiqlik izolyatsion xossasiga ega. Ko‘p xollarda jun bilan birgalikda 
ishlatiladi. Tarkibida 15% dan ko‘p miqdorda boshqa monomerlardan tarkib 
topgan sopolimerlar quyidagi nomlar bilan ishlab chiqariladi: nitron (Rossiya, 
¤zbekiston), orlon 42, kreslan, akrilan (SShA), kurtel (Angliya), ekslan 
(Yaponiya), 40-60% dan ko‘p miqdorda boshqa monomer tutgan tolalar-saniv 
(Rossiya), daynel (SShA). 

Yüklə 479,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin