Ma’ruza 2 2-Mavzu: Tolalarning sinflanishi. Tolalar va ularning xossalari Reja


Jun tolasining yo'ldosh moddalari



Yüklə 479,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix28.11.2023
ölçüsü479,74 Kb.
#169484
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-mavzu Tolalarning sinflanishi. Tolalar va ularning xossalari (2)

Jun tolasining yo'ldosh moddalari.
Yuvilmagan junda yo’q-mumsimon 
moddalar bo'lib, ular jun tolasini o'sishi paytida mexanik va kimyoviy ta'sirlardan 
saqlash uchun qo'yning terisida hosil bo'ladi. Bu moddalarning asosiy qismi junni 
dastlabki ishlash korxonalarida chiqarilib yuboriladi. Lekin bu moddalarning 0,5-


1,5 % tolada qoldiriladiki, ular tolaning fizik-mexanik va texnologik xossalariga 
ijobiy ta'sir ko'rsatadi. 
Tozalangan jun yoki - lanolin nomi bilan ma'lum bo'lib, yuvish jarayonida 
oson sovunsimon moddaga aylanadi. 
Jun mo'mi esa yog’ kislotalarining bir atomli spirtlar - xolesterin
metaxolesterin, izoxolesterin, agnosterolin, lanosterolein, setil, seril va boshqalar 
bilan murakkab efirlari, erkin xoldagi yuqori molekulali spirtlar va kislotalar 
aralashmasidir. Junning kam miqdordagi tabiiy yog’-mumsimon moddalari suvda 
erimay, gidrolizga juda qiyin uchrasa ham, lekin jundan juda oson emulgirlash 
yo'li bilan chiqariladi. Yuvish eritmasiga o'tgan yog’-mumsimon moddalar 
eritmadagi kolloid sistemani turkumlashtiradi. 
Jun tolasiga uning mexanik texnologiyadan o'tuvchanligini yaxshilash, ya'ni 
uning cho'ziluvchanligini oshirish, o'ziluvchanligini va elektr zaryadini 
kamaytirish, maqsadida moylovchi (zamaslivatel) moddalar aralashmasi bilan 
ishlov beriladi. Junni moylashda junga tushirilgan yog’simon moddalar miqdori 
quyidagicha: 
Sukno ishlab chiqarishda to 4-5 % gacha taralgan iplardan kostyumbop 
mato ishlab chiqarishda to 1-3 % gacha,
ya'ni xar 1 kg junga 10-50 g yog’simon moddalar tushiriladi.
Moylovchi tarkiblar emulsiya xolida tayyorlanadi, moylovchi moddalar 
sifatida yog’lar, yog’ kislotalari (olein), mineral moylar - aloxida yoki aralashma 
xolida qo'shiladi. Bu moddalardan jun maxsulotlarini ozod qilish uchun 
ekstraktsiya, gidrolizlash va emulgirlash usullari ishlatiladi. 
o'simlik chiqindilari: somon, tikanaklar, urug’lar, yem qoldiqlari va 
boshqalar. 
Jundagi ter - suvda eruvchan, qo'yning terlashi natijasida xosil bo'ladi. Uning 
tarkibida turli yog’ kislotalarining kaliyli tuzi, xamda kam miqdorda sulfat, fosfat 
ionlari va azotli birikmalar bo'ladi. Qo'yning nasliga boqilish muxitiga qarab 2-13 
% ni tashkil etishi mumkin. 

Yüklə 479,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin