Ma’ruza 2 2-Mavzu: Tolalarning sinflanishi. Tolalar va ularning xossalari Reja



Yüklə 479,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix28.11.2023
ölçüsü479,74 Kb.
#169484
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-mavzu Tolalarning sinflanishi. Tolalar va ularning xossalari (2)

 
4.Sun’iy tolalarning xossalari 
 
Gidratsellyuloza tolalar-viskoza, polinoza va misammiakli 
Viskoza va misammiakli tolalarni olishda tabiiy sellyuloza yoki uning 
xosilalari eritiladi va eritmalardan kerakli uzunlikdagi, shakldagi qalinlikdagi 
va talab qilingan fizik-kimyoviy xossali tolalar shakllantiriladi. Shakllantirish 
chog‘ida sellyuloza eritmasidan kimyoviy strukturasi bo‘yicha tabiiy 


sellyulozaga o‘xshagan, lekin fizikaviy strukturasi: makromolekulalari 
to‘plamlarini joylashishi va shakli, nadmolekular tuzilishi bo‘yicha paxta va len 
tolalaridan keskin farq qiladigan tolalar xosil bo‘ladi. Bu tolalarning tarkibi 
quyidagicha: 
-gidratsellyuloza-94% 
-yog‘lovchi moddalar-3% 
-matirlovchi moddalar-0,1-2% 
Viskoza tolalari paxta tolasiga nisbatan yuqori gigroskoplikka, sorbsion 
xossaga ega va turli reagentlar ta’siriga chidamsiz xisoblanadi. Gidratsellyuloza 
tolalar turli polimerlanish darasiga ega: 
-viskoza-300-350 
-pollinoza-400-500 
-misammiakli-300-400 
Viskoza va polinoza tolalarini ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida yog‘och 
sellyulozasidan, misammiakli tolallar uchun paxta chiqindilari yoki yog‘och 
sellyulozasidan foydalaniladi. Viskoza va polinoza ksantogenat sellyulozadan 
shakllantiriladi, bunda ksantogenat omillanadi va gidratsellyulozaga aylanadi. 
Misammiakli tolalar sellyulozaning mis gidrooksidni ammiakli eritmasidan 
shakllantiriladi, so‘ngra tola erituvchidan yuvib tashlanadi. Viskoza ip, shtapel 
tola ko‘rinishda, polinoza va misammiakli tola shtapel ko‘rinishda 
shakllantiriladi. Ulardan mato, trikotaj, kord iplari tayyorlanadi va aralash tolali 
(paxta, kapron, lavsan) maxsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Asetat tolalar 
Asetat tolalar barcha ishlab chiqriladigan kimyoviy tolalarning 7% ini tashkil 
etadi. Asetat tolasi sellyulozaning murakkab efiridan olinadi. Eterifikatsiya darajasi 
bo‘yicha diasetat va triasetat tolalar xosil qilinadi. DAS ni eterifikatsiya darajasi 
240-250 va TAS niki 260-300 ga teng. sellyuloza asetatlarini polimerlanish 
darajasi 300-400. Ular quruq usulda diasetatni asetondagi eritmasidan va triasetatni 
metilenxlorid va metil spirti aralashmasidan shakllantiriladi. Bu tolalarningg 
ijobiy xususiyatlari quyidagilardir: yumshoq, kirishmaydi, g‘ijim bo‘lmaydi, 
buklanishlarga turg‘un, shaklni yaxshi ushlaydi. Kamchiliklari: elektrlanadi, 
ishqalanishga chidamsiz. 
Asetat tolalar filament ip va shtapel tola ko‘inishda ishlab chiqariladi. Ulardan 
kuylakli, astarli, erkaklar kuylagili, dekorativ matolar va galustkli, xamda qalin 
kiyimlik matolar ishlab chiqariladi. Asetatlar PA, PE, PAN, jun va viskoza tolalari 
bilan birgalikda xam ishlatilinadi. TAS kalavasidan kompleks iplar tayyorlanadi. 
Ulardan yana izolyatsion materiallar sifatida xam foydalaniladi. Asetat tolalari 
tarkibida titan-1,3%, yog‘lovchi moddalar-2,5-3%, tuzlar-0,15% gacha va 0,5 % 
gacha erituvchi bo‘ladi. 



Yüklə 479,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin