Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni qo‘G‘irchoq teatri personajlarini yasash orqali badiiy ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish mazmuni va qo‘G‘irchoq yasash usullari



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə9/9
tarix15.12.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#74936
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni qo‘G‘irchoq teatri personaj

1-bosqich. Tasvir chizish.
Kerakli niqob va kostyumlarning tasviri (eskizi) chiziladi. 
2-bosqich. Nusha ko‘chirish.
Tasvirda chizilgan niqobning shaklini loydan yasab olinadi va qattiq fanera yoki karton qog‘ozga qo‘yib ust tomoni yog‘lanadi, so‘ngra ustidan alebasterdan tayyorlangan qorishma quyiladi. Qorishma qatib bo‘lgach, uni ichidan loyni chiqarib tashlanadi va natijada qolib tayyor bo‘ladi.
Qolip (forma) dan nusha ko‘chirish uchun eng avvalo, qog‘ozni suvga bo‘ktirib qolipga yopishtirib chiqiladi. Sababi agar birinchi qavatni yelimlab yopishtirsak qolipga yopishib qoladi. Qavatlarning soni 8-9 qavatdan kam bo‘lmasligi zarur. Niqob pishiqroq bo‘lishi uchun har uch qavatdan so‘ng doka mato yopishtiriladi va quritish uchun issiq joyga qo‘yiladi. 
3-bosqich. Bezash ishlari. 
Niqobga eng avvalo jilvir qog‘oz bilan ig‘shlov beriladi va tayyor bo‘lgach oq rangli bo‘yoq bilan bo‘yab chiqiladi. Bo‘yoq qurigach niqobga kerakli bezaklarni yopishtirib, kerakli bo‘yoq bilan chizib chiqiladi. Aktyorlarning kiyadigan kostyumlari ham tayyorlanadi.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, tarbiyachilar tomonidan mashg‘ulotlar jarayonida qo‘g‘irchoq yasashning samarali usullari va ilg‘or ish tajribalarning qo‘llanilishi muhimdir. Shu bilan bir qatorda bolaning har bir ijodiy mehnati nafaqat tarbiyachi tomonidan, balki, ota-onalar va oila kattalari tomonidan rag‘batlantirilib borilishi maqsadga muvofiq. Qolaversa, ota-onalar tomonidan bola yoshiga mos va estetik jihatdan bola ruhiyatiga ta’sir etadigan qo‘g‘irchoqlarning xarid qilinishi ko‘zlangan natijani beradi. 
Maktabgacha ta’lim muassasasining hozirgi bosqichida bolalarni ijodiy mehnatga tayyorlash o‘sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim va tarbiyasidagi eng zarur masalalardan biri ekanligi o‘z isbotini topdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, qo‘g‘irchoqlar yasash jarayonida quyidagilarga amal qilish lozimligiga e’tibor qaratildi: 
ishlatilayotgan jihozlarga, kerakli materiallarga tejamkorona munosabatda bo‘lish;
harakatlarni tarbiyachi rahbarligida bosqichma-bosqich amalga oshirish;
vaqtdan unumli foydalanish;
tarbiyachi ko‘rsatmasiga rioya qilish;
tarbiyachining turli xil vaziyatlarda bolalarga yordam berishi;
ish joyini ozoda saqlash va hokazo.




Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin