Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni qo‘G‘irchoq teatri personajlarini yasash orqali badiiy ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish mazmuni va qo‘G‘irchoq yasash usullari



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə6/9
tarix15.12.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#74936
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni qo‘G‘irchoq teatri personaj

4-bosqich. Yelimlash. 
Ikki bo‘lakdan iborat qo‘g‘irchoqning bosh qismi qaytarib yelimlanadi. Qo‘g‘irchoqning boshi harakatga kelishi uchun unga kichkina tayoqcha (gabit) ni ham qo‘shib yelimlanadi. Ushbu jarayonda ikkala nushaning bir-biriga tekis va artoflari teng ustma-ust tushishiga alohida e’tibor qaratish zarur.
5-bosqich. Pardozlash. 
Tayyorlangan qo‘g‘irchoqqa pardoz berish jarayonida har xil mato va rangli bo‘yoqlardan foydalanish mumkin. Ushbu jarayonda estetik did muhim o‘rin tutadi.bezakni tanlash qo‘g‘irchoqning xarakter xususiyatlaridan kelib chiqadi. Eng avvalo yelimlangan bosh qismini yaxshilab jilvir qog‘oz bilan ishlov beriladi. So‘ngra oq rangli bo‘yoq beriladi. 
6-bosqich. Bezash.
Pardozdan chiqqan qo‘g‘irchoqni bezash uchun tasvirda ko‘rsatilgandek kiyintirilib, qo‘l-oyoqlar ulanib, kiprik, soch-soqol, dumlar, umaman, kerakli narsalar yopishtiriladi. Bo‘ qg‘irchoq qo‘lda kiyib o‘ynatilgani bois ikki barmoq sig‘adigan moslama (patron) qo‘g‘irchoqning panjasiga qo‘shib tikiladi. Qo‘g‘irchoq harakatlanishi uchun tayyor holatga keltiriladi.
7Sim (trostoviye) bilan boshqariladigan qo‘g‘irchoqlarni yasash.
Kerakli jihozlar: 
po‘lat sim, qo‘g‘irchoqni kiyintirish uchun har xil mato, qaychi, har xil qog‘ozlar, yupqa doka, jilvir qog‘oz, kulollar ishlatadigan loy yoki plastilin, gips, alebastr, vazelin yog‘i, vatman qog‘oz, karton qog‘oz, har xil rangli bo‘yoqlar, yog‘och parchalari, yog‘och ustasining asbob-anjomlari.
1-5 gacha bo‘lgan bosqichlar qo‘lga kiyib o‘ynatiladigan qo‘g‘irchoqlar kabi bo‘ladi. 
8-bosqich. Bezash ishlari.
Pardozdan chiqqan qo‘g‘irchoqning bosh qismini endi tayoqcha (gabit)ga emas, balki, mexanizator usta tayyorlagan moslamaga qotiriladi. Bu moslamada qo‘g‘irchoqning qo‘llarini qatirish yelka qismida bo‘lai. YA’ni qo‘g‘irchoqning panjalari simga o‘rnatilgan moslamaga, moslama esa qo‘g‘irchoqning yelkasiga mahkamlanadi.Agarda zaruriyat tug‘ilsa qo‘g‘irchoqning oyoqlariga ham sim o‘rnatish mumkin. Sim bilan boshqariladigan qo‘g‘irchoqlarning boshqa qo‘g‘irchoqlardan farqi – uning oyoq va qo‘llari sim bilan boshqariladi.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin