Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni qo‘G‘irchoq teatri personajlarini yasash orqali badiiy ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish mazmuni va qo‘G‘irchoq yasash usullari



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə8/9
tarix15.12.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#74936
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni qo‘G‘irchoq teatri personaj

Kerakli jihozlar: ekran yasash uchun oq mato, harxil o‘lchamli yog‘ochlar, qaychi, jilvir qog‘oz, qattiq karton yoki ishlatish uchun tayyorlangan hayvon terisi (fanera ham bo‘lishi mumkin), yog‘och ustasi ishlatadigan asbob-anjomlar, har xil o‘lchamli mix, ekranni yoritish uchun elektr jihozlari.
1-bosqich. Ekran tayyorlash.
Soyali tomosha ko‘rsatish uchun eng avvalo, ekran tayyorlash kerak. Buning uchun yog‘ochdan to‘rt burchak shakl yasab, unga oq rangli mato tortiladi. Yoritish uchun esa ekran chetlariga yoritgichlar o‘rnatiladi.
2-bosqich. Tasvir (eskiz) chizish.
Tomoshada kerakli qo‘g‘irchoqlar va dekoratsiyalar tasvirini oddif vatman qog‘oz yoki rasm daftariga rangli holatda chiziladi. 
3-bosqich. Nusha ko‘chirish. 
Qadimda qo‘g‘irchoqbozlar soyali tomosha qo‘g‘irchoqlarini yasashda har xil hayvon terilaridan foydalanishgan. Zamonaviy qo‘g‘irchoqbozlar fanera yoki qattiq kartonlardan foydalanishmoqda. Tasvir (eskiz)da chizilgan qo‘g‘irchoqning o‘lchamiga qarab qattiq karton yoki faneraga nushasi ko‘chiriladi. 
4-bosqich. Yelimlash. 
Karton yoki faneraga ko‘chirilgan nushaga jilvir qog‘oz bilan ishlov beriladi. Qo‘g‘irchoqni boshqarish uchun tayyorlangan dastakni unga yaxshilab qatiriladi. So‘ngra oq mato olib qo‘g‘irchoq yelimlanadi.
5-bosqich. Pardozlash.
Tayyor bo‘lgan qo‘g‘irchoq va dekoratsiyaga so‘ngra bezak ishlari beriladi. Unda har xil rangli bo‘yoqlardan foydalaniladi. Bo‘yoqlar qurishi uchun issiq joyga joylashtiriladi. Qurigan qo‘g‘irchoqlar bemalol tomosha uchun foydalanilishi mumkin. 
11. Niqobli (maska-shou) qo‘g‘irchoqlarni yasash.
Kerakli jihozlar: aktyorlar kiyadigan kostyumlar uchun har xil matolar, doka mato, har xil qog‘ozlar, o‘niqoblarni bezash uchun qayish va har xil o‘lchamli to‘quv iplari, qaychi, tasvir chizish uchun vatman qog‘oz, har xil rangdagi bo‘yoqlar, har xil o‘lchamli rezinalar, kostyumlar uchun tugmalar, oyoq poyafzali uchun mix va yelim, yumshoq materiallar (paralon), loy yoki plastilin, vazelin yog‘i, albastr.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin