Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati. Reja: Sinf rahbarining maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar


Ittifoqning rahbar organlariga quyidagilar kiradi



Yüklə 74,16 Kb.
səhifə9/21
tarix19.05.2023
ölçüsü74,16 Kb.
#117091
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
TIM BT va STI 4-KURS (QS) 2-MA\'RUZA 2021-2022 (1) (4)

Ittifoqning rahbar organlariga quyidagilar kiradi:
Qurultoy;– Markaziy Kengash;– Markaziy Kengash Ijroiya qo‘mitasi;
– Markaziy nazorat-taftish komissiyasi.
Ittifoqning tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
– Ittifoqning Markaziy apparati;– Ittifoqning hududiy tuzilmalari;
– Ittifoqning mahalliy tuzilmalari;– Ittifoqning boshlang‘ich tashkilotlari;
– Ittifoqning to‘liq muassisligidagi yoki qoshidagi korxona, tashkilot va muassasalar, shu jumladan ommaviy axborot vositalari.
2. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda sinf rahbarining o‘rni. O‘quvchi hali zimmasidagi masuliyatni to‘liq his etmasligi, ilm olishning ahamiyatiyu o‘zining qanday qobiliyatga egaligini bilmasligi mumkin. Shu bois o‘g‘il-qizlarimiz mustaqil hayot yo‘lini tanlaguncha kattalar ko‘magiga, g‘amxo‘rligiga muhtoj. Ularning asosiy vaqti maktabda o‘tishni e'tiborga olsak, bu borada sinf rahbari zimmasidagi vazifalar ko‘lami naqadar kengligi oydinlashadi. Ta'lim-tarbiya jarayonini boshqarish, sinfda ahil jamoani shakllantirish, qobilyatini to‘liq namoyon etishi uchun o‘quvchilarga zarur sharoit yaratishda sinf rahbarining o‘rni katta. Chunki u yoshlar taqdiriga daxldor xalqlar, ota-onalar, fan o‘qituvchilari, maktab psixologi, umuman, har bir masul odamning ta'lim-tarbiya maqsadlarini birlashtiruvchi asosiy vositachidir. Yoshlarda borliqni anglash, fan sirlarini egallash, kelajakda yetuk shaxs bo‘lish ishtiyoqi kuchli. Ammo maqsadga qay yo‘l bilan erishish lozimligi xususida yetarli tajribaga ega bo‘lmaganlari bois ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash lozim. Buning uchun avvalo, sinf rahbari o‘quvchilarga shaxsiy namuna bo‘lsin. Chunki bola muallimning xatti-harakatlarini doimo kuzatib yuradi, shaxsiy hayotiga qiziqadi. Kiyinish va muomala mada­niyati bilan, mahalla-ko‘yda, oilada o‘quvchilarga o‘rnak bo‘lgan, shaxsiy fazilatlari bilan ajralib turgan pedagog o‘quvchilar ishonchi va hurmatini qozonadi.
Masalan, o‘tmishda saxovatpesha va donishmandlikda mashhur olim bo‘lgan ekan. “Kun kelib, olamdan o‘tar chog‘i o‘g‘illarini yoniga chorlab, ularga kutubxona va undagi nodir adabiyotlar hamda bir dunyo boylikni meros qoldiribdi. Ota hayotdan ko‘z yumgach, katta o‘g‘il mol-dunyoni tanlab, boyligiga boylik qo‘shish maqsadida savdo karvonlari bilan safarga otlanibdi, kichigi esa umrini ilmga baxshida etibdi.
Oradan yillar o‘tib, katta o‘g‘ilning karvonini qaroqchilar tunab, o‘zi ularning changalidan bazo‘r qochib qutilibdi. Bilimli, kamolga yetgan kichik o‘g‘il esa, o‘z aql-zakovati ila farovon hayot kechiraveribdi. Chunki ilmni qaroqchi ham, o‘g‘ri ham tortib ololmaydi-da. Boylik sarflangan sari kamayadi, bilim esa, aksincha, ortib boraveradi”.
Bu kabi rivoyatlar o‘quvchilarning maktabdagi eng muhim vazifasi faqat o‘qib o‘rganish ekanini tushuntirishda asqotadi. Boshqaruvchilik. qobiliyati bor o‘quvchilarni sinf sardori, obodonlashtirish ishlari noziri, “Kamalak” va “Yoshlar Ittifoqi” sardori, qatorboshi, o‘g‘il bolalar klubi yetakchisi, orasta qizlar malikasi etib tayinlash ham yaxshi samara beradi.
Obodonlashtirish ishlari noziri sinfning doimo orasta va tartibli saqlanishini ta'minlasa, qatorboshilar bolalarni darslarda faol ishtirok etishga undaydi. Klub yetakchisi va qizlar malikasi esa tengdoshlarining maktab formasida bo‘lishi va xulqini jamoatchilik asosida nazoratga oladi. Ularning boshqa bolalar bilan munosabati hukmronlikka emas, aksincha, do‘stona muloqotga, hamkorlik, hamjihatlikka asoslanishini ta'minlash sinf rahbaridan o‘ta hushyorlikni talab etadi. Chunki sinfda sog‘lom raqobat muhitni yaratish juda muhim.
Teatr, muzeyda tarixiy obidalar bo‘ylab sayohatlar uyushtirish bolalarning tasavvur doirasini, dunyoqarashini kengaytiradi, ahil guruhni shakllantirishda qo‘l keladi. Umuman, mohir rahbar qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, jamoani misoli inoq oilaga aylantiradi. Sog‘lom muhit hukmron sinfda hamma bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi. Bola darslarda sustkashlikka yo‘l qo‘ya boshlasa, demak, oilada, o‘rtoqlari orasida biror muammo yu­zaga kelgan yoki sog‘ligi yomonlashgan bo‘lishi mumkin. Bun­day vaziyatda sinf rahbari ota-onalar bilan ishlashi zarur. Ota-ona hamda o‘quvchilarning ma'naviy-madaniy, iqtisodiy qiziqishlari bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazib, flkrlarini o‘rganish kerak. Shunday ekan, sinflarning zimmasidagi mas'uliyatni chu­qur his eta oladigan har jihatdan munosib pedagoglarga biriktirish ta'lim-tarbiya samadorligini oshiruvchi muhim omillardan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Yüklə 74,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin