Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati. Reja: Sinf rahbarining maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar



Yüklə 74,16 Kb.
səhifə10/21
tarix19.05.2023
ölçüsü74,16 Kb.
#117091
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
TIM BT va STI 4-KURS (QS) 2-MA\'RUZA 2021-2022 (1) (4)

Sinf rahbari nazoratchi - o‘quv-tarbiyaviy jarayonda o‘quv­chilarning ishtirokini ta'minlaydi (davomatni nazorat qiladi, o‘quvchilar uchun kerakli sharoitni yaratishga ko‘maklashadi, o‘quvchilarning ota-onalarga bo‘lgan munosabatlarini aniqlaydi, o‘quv-tarbiya jarayoniga e'tiborsizlik, mas'uliyatsizlik, sinfdoshlari va o‘qituvchilarga esa hurmatsizlik, manmanlik qilayotgan o‘quvchilar bilan yakka holda ish olib boradi).
Sinf rahbari ilm mamlakatiga boshlovchi - o‘qishga bo‘lgan qiziqish va xohishni tashkillashtiradi (o‘quvchilarga qo‘yilgan talablar bilan ota-onalar va o‘quvchilarni tanishtiradi, tarbi­yaviy tadbirlarni tashkil qiladi, mustaqil ishlashda o‘quvchilarga yordam ko‘rsatadi).
Sinf rahbari axloqli, namunali, ma'naviy ustoz - o‘quvchi­lar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda hamda o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida vujudga keladigan ziddiyatlarni hal etishda, o‘quv-tarbiya jarayonida ichki tartib-qoidalarga rioya qilishlikda, ularni kerakli me'yorda bajarishlariga ko‘maklashadi (o‘zini tuta bilish, muomala qilish madaniyatiga o‘rgatadi, odob-axloq mavzularida suhbatlar, yakka holda ishlar olib boradi, axloqiy normalarni va ichki tartib-qoidalarni buzgan yoki buzayotgan o‘quvchilar bilan ularning haq-huquqlari va vazifalari to‘g‘risida yakka, jamoaviy suhbatlar o‘tkazadi, ularning tartib-intizomiga baho beradi, axloqiy, ijtimoiy, huquqiy mavzularda turli tadbirlar tashkil etadi va boshqalar).
Sinf rahbari madaniyat sohibi — umuminsoniy va madaniy qadriyatlar asosida o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qiladi (ekskursiya tashkil qiladi, teatr, muzey va ko‘rgazmalarga jamoa bo‘lib boradi, madaniyat mavzusida kecha va suhbatlar o‘tkazadi, maktabda tarbiyaviy tadbirlar, bahs-munozaralar o‘tkazadi).
Sinf rahbari ijtimoiy pedagog — o‘quvchilarning har xil ijti­moiy muammolarini yechishga ko‘maklashadi, (uy va maktabda o‘zaro muloqot uchun sharoit yaratadi, o‘quvchi huquqlarini himoya qiladi, O‘quvchilarda ijtimoiy hayot ko‘nikmasini shakllantiradi).

Yüklə 74,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin