Mavzu. Amir Temur davlatining tashkil



Yüklə 29,34 Kb.
səhifə1/2
tarix19.10.2023
ölçüsü29,34 Kb.
#156922
  1   2
Ўзбекистон тарих


  1. mavzu. Amir Temur davlatining tashkil topishi.



Reja

  1. Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi

  2. Amir Temur tomonidan markazlashgan davlatga asos solinishi

  3. Temuriylar davrida Movarounnahr va Xuroson



Tayanch so‘z va iboralar. Siyosiy tarix, siyosiy tarqoqchilik, Hoji Barlos, Kesh viloyati, Tug‘luq Temur, Amir Husayn, “Loy jangi”, Sarbadorlar, Mavlonzoda, Konigil voqeasi, davlat boshqaruvi, qurultoy, qonuniy hukmdor, sufiylar, harbiy yurishlar, Anqara jangi, siyosiy boshqaruv tajribalari, ma’muriy idora usuli, boshqaruv tizimlari, yagona siyosiy tartib, Pirmuhammad, Halil Sulton, Jahongir Mirzo, Ulug‘bek, SHohrux Mirzo.

O‘zbekiston davlatchiligi tarixining o‘rta asrlar davridagi yangi bosqichi buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur ibn Tarag‘ay Bahodir nomi bilan bog‘liqdir. Amir Temur 1336 yil 8 aprelda (hijriy 376yil, sha’bon oyining 25 kunida) Kesh tumaniga qarashli Xo‘ja Ilg‘or (hoz. Qashqadaryo viloyati, YAkkabog‘ tumani) qishlog‘ida barlos beklaridan biri Amir Tarag‘ay Bahodir ibn Barqal oilasida dunyoga keldi. Temurning bolaligi va o‘spirinlik yillari Kesh va uning atroflarida o‘tib, mahalliy amirlar, no‘yonlar va beklarning o‘zaro urushlari, nizolariga to‘g‘ri keldi.


Ma’lumki, XIV asrning 40-yillariga kelib CHig‘atoy davlati parchalanib, davlatning sharqiy qismi-SHarqiy Turkiston va Ettisuvni o‘z ichiga olgan Mug‘uliston davlati tashkil topadi. CHig‘atoy ulusida nisbatan barqarorlikni saqlay olgan Qozonxon (1336-1347yy.) o‘limidan keyin davlat hududlari parchalinish, iqtisodiy vayronlik sari yuz tutib, Amir Qozog‘on (1347-1357yy.) davrida bu jarayon yanada avj oladi. 1348 yilda CHig‘atoy avlodlaridan bo‘lgan Tug‘luq Temur Mug‘uliston taxtiga o‘tiradi. U CHig‘atoy ulusidagi siyosiy parokandalikka barham berish va Movarounnahrni bosib olish maqsadida bu hududlarga bir necha bor talonchilik urushlari olib boradi. Xususan Tug‘luq Temur 1360 yilda Kesh viloyatini bosib oladi. bu viloyatning hokimi bo‘lgan Temurning amakisi Hoji Barlos Xurosonga qochadi. Manbalarning ma’lumot berishicha, Amir Temur Amudaryo bo‘yida amakisini kuzatar ekan amakisiga shunday murojaat qiladi: “Agar ikkovimiz ham vatanni tark etsak, merosiy yurtimiz shubhasiz begonalar qo‘liga o‘tib ketadi. Lozim topsangiz men podshoh (Tug‘luq Temurxon) xizmatiga borsam.”
Amir Temur merosiy yurtni qo‘ldan bermaslik maqsadida Tug‘luq Temur ishonchini qozonib (Amir Hoji Sayfiddin yordamida) uning xizmatiga o‘tadi va Kesh viloyatining hokimi etib tayinlanadi. Ammo, Tug‘luq Temur o‘g‘li Ilyosxo‘jani Movarounnahrning hokimi etib tayinlangach Amir Temur unga xizmat qilishdan bosh tortib, Balx hokimi, Amir Qozog‘onning nabirasi Amir Husayn bilan ittifoq tuzadi. O‘sha davrdagi vaziyat taqozosi bilan Temur Movarounnahrni tark etishga majbur
bo‘lib, Husayn bilan ittifoq tuzgan edi. 1361-1370 yillar davomida Amir Temur va Amir Husayn dastlab do‘stona, keyin esa dushmanchilik munosabatda bo‘ldilar.
1363 yilda Mug‘uliston hokimi Tug‘luq Temur vafot etgach Ilyosxo‘ja Movarounnahrdan haydaladi. Ammo, ko‘p o‘tmasdan Movarounnahr ustiga yangidan yurishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi va 1365 yilda katta qo‘shin bilan Sirdaryo tomonga yo‘lga chiqadi. Bundan xabar topgan Husayn va Temur harbiy kuchlarini jangga tayyorlaydilar. Birlashgan kuchlar va Tug‘luq Temur qo‘shinlari o‘rtasidagi jang 1365 yil 22 mayda CHinoz va Toshkent oralig‘ida qattiq yog‘ingarchilik paytida bo‘ladi va tarixda “Loy jangi” (“Jangi loy”) nomini oladi. Bu jangda Temur va Husayn kelishib harakat qilmaganliklari oqibatida ularning birlashgan qo‘shini mag‘lubiyatga uchraydi. Ayrim manbalar bu mag‘lubiyatning sababini Amir Husaynning sust va mayoqsizlik bilan harakat qilishi deb izohlaydi. Temurning o‘zi esa bu kabi holatlarni Husaynning hasadgo‘yligida deb biladi. Xususan “Temur tuzuklari”da Amir Temur va Amir Husaynning do‘stona munosabatlarini buzilishiga Husaynning molparastligi va hasadchiligi sabab bo‘lganligi ta’kidlanadi. “Amir Husayn bilan murosayu-madora qilishga shunchalik intildimki, hatto uning amirlariga ham bu ta’sir etib, menga bo‘ysundilar.”
Sarbadarlar harakati XIV asrning 30-yillarida Xurosonda (Afg‘onistonning shimoli-g‘arbi, Marv vohasi va Eronning shimoli-sharqiy qismi) paydo bo‘lib, bu hududlardagi mug‘ullar hukmronligi barham beradilar va markazi Sabzavor shahri bo‘lgan Sarbadorlar davlatiga (1337-1381 yy.) asos soladilar Sarbadorlar harakati XIV asrning 50-60-yillarida ijtimoiy-siyosiy harakat sifatida Movarounnahrga ham yoyiladi va uning markazi Samarqand edi. Sarbadorlarning harakatlantiruvchi kuchlari madrasa toliblari, shayxlar, umuman, oddiy aholidan iborat edi. Harakat qatnashchilarining asosiy maqsadi mug‘ul istilochilari va zulm o‘tqazuvchi mahalliy qatlamlarga qarshi kurash edi.
Bu paytda Keshda bo‘lgan Amir Temur Ilyosxo‘janing mag‘lubiyati haqidagi xabarni Amir Husaynga etkazadi va ular 1366 yilning bahorida Samarqandga etib keladilar. Samarqand atrofidagi Konigil mavzeida qo‘zg‘olon rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Amir Husaynning buyrug‘i bilan bu erda sarbadorlarning boshliqlari va aftidan, faol ishtirokchilari qatl etiladi. Temurning aralashuvi bilan faqat Mavlanzoda omon qoldirilib, Xurosonga jo‘natiladi. Mu’iniddin Natanziy ma’lumotlariga asoslangan A. Ziyoning fikricha, sarbadorlar g‘alabasidan so‘ng samarqandliklar Mavlonzoda itoatiga o‘tib “uni imom va amir (sifatida) qabul qilganlar”. YA’ni, Samarqandda ham diniy, ham siysiy hokimiyat Mavlonzoda qo‘liga o‘tgan. Uning bu “imomligi va amirligi” Samarqandning o‘zida deyarli bir yil davom etgan. SHu bois ham Amir Husayn sarbadorlar harakatining boshliqlari va faollarini omon qoldirmasligi aniq edi. Amir Husayn uchun o‘z siyosiy raqiblarini zaiflashtirish va mavridi kelsa ulardan qutulish siyosati nechog‘lik muhim bo‘lganini Konigil voqeasidan so‘ng yuz bergan jarayon orqali ham bilib olish mumkin.
1366-1370 yillar Amir Temur va Amir Husayn o‘rtasidagi ziddiyatlar kuchayib, bu kurash Husayinning o‘ldirilishi bilan yakun topdi. 1370 yil 9 aprel chorshanba kuni o‘z davrining nufuzli amirlaridan bo‘lgan SHayx Muxammad suldo‘z, Kayxisrav Xuttaloniy, O‘ljoytu apardi, Dovud dug‘lot, Sarbug‘o jaloyir, Joku barlos, Muayyad dug‘lot, Badaxshon hokimi SHayx Muxammad, Husayn bahodir, Sayyid Baraka,
termezlik aka-uka sayyidlar Abu Maoliy va Ali Akbar kabilar huzurida Amir Tumr hokimiyati tan olindi. Movarounnahrning amaldagi xonligi CHingizxon avlodiga mansub bo‘lgan Suyurg‘atmish qo‘liga o‘tdi. Davlat boshqaruv tizimi esa Movarounnahr amiri nomini olgan Amir Temur qo‘lida qoldi. Temur Kesh shahridan Samarqandga ko‘chib, uni o‘z davlatining poytaxtiga aylantirdi. Zero, “Boburnoma” da ma’lumot berilishicha, “Mug‘ul va turk ulusi uni Semizkand derlar. Temurbek poytaxt qilur edi. Temurbekdin burun Temurbekdek ulug‘ podshoh Samarqandni poytaxt qilgan emastur”.

Yüklə 29,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin