M. T. Gulamova analitik kimyo fanidan ma’ruza matni buxoro-2011 Taqrizchilar



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə26/66
tarix15.09.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#143866
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66
ANALITIK KIMYO МАЪРУЗА МАТН

4.1. Tortma (gravimetrik ) analiz
Gravimetrik analiz deb, miqdoriy analizning aniqlanadigan modda miqdorini, tekshiriladigan namuna massasini o’lchash bilan olib boriladigan aniqlash usuliga aytiladi.
Gravimetrik analiz uch turga bo’linadi:
1) ajratish , 2) cho’ktirish, 3) haydash
1) Ajratish usulida aniqlanayotgan modda aralashmadan ajratib tozalanadi va massasi analitik tarozida tortiladi. Masalan: Temir bilan oltingugurtning aralashmasidan temirni magniga tortilish hususiyatidan foydalanib ajratish mumuin.
2) Cho’ktirish usulida aniqlanadigan modda kimyoviy reakciya yordamida tarkibi aniq bo’lgan qiyin eriydigan birikma holida cho’ktiriladi. Bunda cho’kma qizdirilib tarkibi aniq bo’lgan boshqa moddaga aylantiriladi va shu moddaning massasi analitik tarozida tortilib modda miqdori aniqlanadi. Masalan:

aniklanadigan chuktiriladigan tortiladigan
modda shakl shakl

3) Haydash usulida aniqlanadigan modda uchuvchan birikma holida haydaladi. Bunda aniqlanadigan modda qizdirish yoki boshqa modda (reaktiv) ta`sirida uchuvchan birikma hosil qiladigan holiga o’tkazish bilan ajratiladi. Haydash usullari to’g’ri va teskari bo’lishi mumkin.


To’g’ri haydash usullarida aniqlanadagan modda biror o’ziga hos yutuvchiga yutiladi va yutuvchi massasining oshishiga qarab aniqladigan moddaning miqdori hisoblanadi.

Teskari aniqlash usullarida aniqlanadigan modda to’liq parchalangandan keyin qolgan massasi o’lchanadi. Haydashdan oldingi va keyingi massalar farqi aniqlanadigan modda miqdorini hisoblash imkonini beradi.
4.2. Miqdoriy analizdagi hatolar
Miqdoriy analizdagi hatolar o’z harakteriga ko’ra:
1) sistematik hatolar
2) tasodifiy hatolar

  1. qo’pol hatolarga bo’linadi

1. Sistematik hatolar deb, kattaligi doimiy bo’lgan yoki ma`lum qonun bo’yicha o’zgaradigan hatolarga aytiladi. Sistematik hatolarni oldindan nazarda tutish va ularni yo’qotish, yoki tegishli tuzatishlar kiritish mumkin. Sistematik hatolarni quyidagi turlari mavjud.
a) Uslubiy hatolar. Bu hatolar qo’llanilayotgan analiz usuli hususiyatlariga bog’liq. Masalan: reakciyani miqdoriy jihatdan to’la bormasligi, cho’kmani qisman eruvchanligi, cho’kma bilan birga qo’shimcha begona ionlarning cho’kishi, cho’kmani parchalanishi, moddaning gigroskopik ekanligi va hokazo.
b) Ishlatilayotgan asbob va reaktivlarga bog’liq bo’lgan hatolar. Tarozi elkalarini teng emasligi, hajmi aniq o’lchovli idishlarning tekshirilmaganligi, tekshirilayotgan eritmaga begona qo’shimchalarning tushib qolishi va boshqalar.
v) Individual hatolar. Bu hatolar analitikning shahsiy hususiyatlariga bog’liq bo’lgan hatolar. Masalan: eritma rangining o’zgarish paytini aniq seza bilmasligi, tarozi yoki byuretka shkalasidan to’g’ri raqamni bilib olmasligi va hokazo.
2. Tasodifiy hatolar. Kelib chiqishi ma`lum bir qonuniyatga asoslanmay, kattaligi va ishorasi noma`lum bo’lgan hatolar tasodifiy hatolar deb aytiladi. Tasodifiy hatolar analitikning o’ziga bog’liq bo’lmagan tashqi omillar ta`sirida (haroratning o’zgarishi, havo namligini o’zgarishi, havoning iflosligi, honaning etarli darajada yoritilmaganligi, binoning tebranishi va hokazolar) sodir bo’ladi. Sistematik hotolardan farqli ravishda tasodifiy hatolarni biror tuzatma kiritish yo’li bilan yo’qotib bo’lmaydi. Faqat parallel aniqlashlar olib borish bilan tasodifiy hatoni kamaytirish mumkin.
Qo’pol hatolar. Bunday hatolar jumlasiga torozida noto’g’ri tortish, byuretka shkalasi bo’yicha noto’g’ri hisoblash.
Miqdoriy aniqlashlarda yo’l qo’yilgan hatolarni quyidagicha ifodalash mumkin.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin