Kurs ishi mavzusi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə3/10
tarix11.11.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#68545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Maktabgacha yoshdagi bolalarning miqdor kattalik haqidagi tasavvurlarini

Kurs ishining vazifasi:

  • Matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni buyumlarning kattaliklari bilan tanishtirish

  • Matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni buyumlarning kattaliklari bilan tanishtirish.

  • Har xil yoshdagi guruh bolalarini buyumlarning o’lchami va kattalik bilan tanishtirish masalasi.

  • Maktabgacha tarbiya yoshidagi har xil yoshdagi guruhlarda buyumlarning o’lchami bilan tanishtirish

Kurs ishining obekti: Miqdor hamda kattalik tushunchalari
Kurs ishining predmeti: Miqdor hamda kattalik tushunchalarini maktabgcha ta’lim yoshidagi barcha guruh bolalarini o’zlashtirishining tahlili
Kurs ishining hajmi: Kurs ishimiz, kirish, sosiy qism: ikki bob, to’rt paragref, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


I BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MIQDOR KATTALIK HAQIDAGI TASAVVURLARINI TARKIB TOPTIRISHNING METOD VA USULLARI  MAVZUSINING NAZARIY ASOSLARI (METODOLOGIYASI)
1.1. Matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni buyumlarning kattaliklari bilan tanishtirish
Kattaliklar. Matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni buyumlarning kattaliklari bilan tanishtiruvchi masalalar ma’lum o’rinni egallaydi.
Har qanday buyumga to’g’ri to’liq tavsifnoma berishda buyum kattaligining ahamiyati uning boshqa asosiy xususiyatlarining ahamiyatidan kam emas. Taqqoslash asosidagina buyumning kattaligini ta’riflash mumkin.
Rus matematik metodisti D.Galanin “kattalik” tushunchasining ma’nosini bunday ifodalaydi: “kattalik deb, buyum va harakatlarning shunday xususiyatiga aytiladiki, bu xususiyat bo’yicha buyumlarni bir –biri bilan taqqoslay olamiz, bu xususiyat har xil buyumlarda har xil miqdorda bo’lishi mumkin”. Buyumlarni taqqoslashning mezonlariga ko’ra ularning kattaliklari, tengligi yoki tengsizlik munosabati aniqlanadi. Ammo har doim ham buyumlar beosita taqqoslanavermaydi. Biz ko’pincha buyumlarning kattaliklarini o’zimizda hosil bo’lgan umumiy tasavvurlar (fikr)da taqqoslaymiz. Bu o’rinda idrok qilinayotgan buyumning kattaligi umumlashtirilgan obraz bilan taqqoslanadi, bu obrazda buyumlarni amalda farqlash tajribasi tugallangandek bo’ladi. Kattalik, shuningdek, o’zgaruvchanlik bilan ham harakterlanadi. V.V.Davidov bunday deydi: “o’lchamlar – obektning shunday holatiki, u ma’lum chegaralargacha o’zgara borib, aqqalli berilgan alohida obektni o’zgartirsa, ham, ammo uning tur, boshlang’ich sifatini o’zgartirmaydi”. Stol uzunligining o’zgarishi uning kattalliginigina o’zgartiradi, ammo uning mazmuni va sifatini o’zgartirmaydi, stol stolligicha qolaveradi.
Kattalikning uchinchi hossasi nisbiyligidir. Haqiqatan ham, bir buyumning o’zi kattaligi bo’yicha qanday buyum bilan taqqoslanayotganiga qarab, katta yoki kichik deb aniqlanishi mumkin. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, kattalik buyumning shunday xossasiki, uni buyumdan ajratib, alohida tasavvur qilib bo’lmaydi. Kattalikni buyumdan aratib bo’lmaydi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin