Kurs ishi mavzusi


Maktabgacha tarbiya yoshidagi har xil yoshdagi guruhlarda buyumlarning o’lchami bilan tanishtirish



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə10/10
tarix11.11.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#68545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Maktabgacha yoshdagi bolalarning miqdor kattalik haqidagi tasavvurlarini

2.2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi har xil yoshdagi guruhlarda buyumlarning o’lchami bilan tanishtirish
Ikkinchi mashg’ulotda biz eslatib o’tgan qismlarning solishtirma salmog’i keskin o’zgaradi. Endi asosan bajarib, ishlaydilar.
Tarbiyachi ularning ishlarini nazorat qilib, so’z bilan, ko’rsatish bilan yordam beradi. Ikkinchi mashg’ulot. Navbatdagi (uchinchi, to’rtinchi va b.) mashg’ulotlarni tavsiflashda bunday mufassal to’xtalmaymiz. Ikkinchi mashg’ulot esa bolalarda o’lchash malakalarini tarkib toptirish uchun prinsipial jihatdan muhim.
Bolalarning stollarida har qaysi bola uchun yog’och idish (unda don bo’ladi), taqsimcha, ong qoshiq, cho’p (yoki fishkalar nabori) qo’yilgan bo’ladi. Tarbiyachi oldindan stakanlarga besh osh qoshiqdan don solib qo’yadi. Ammo bu haqda bolalarga indamaydi. Tarbiyachining stolida ham o’sha buyumlar turadi. Mashg’ulot tog’arachadagi, qog’oz xaltadagi don miqdorini qanday aniqlashni oydinlashtirishdan boshlanadi. Bolalar o’lchash haqida, o’lchov haqida eslaydilar. Tarbiyachi bir qoshiq donni qanday to’lalikda olishni ko’rsatadi. Shu maqsadda o’z idishidan ikki osh qoshiq don olinadi va cho’tning ikkita toshi surib qo’yiladi. Bolalar ham mustaqil o’lchanayotganlarida har bir qoshiq olinib.
To’kilganidan keyin cho’tning bitta toshini surib qo’yishlari kerak bo’ladi. Tushuntirib va ko’rsatib bo’linganidan keyin bolalarishlashga kirishmoqlari mumkin. Tarbiyachi boallarning ishlarini kuzatib turadi, ammo har bir bolaga qoshiqni qanday to’ldirishni ko’rsatmaydi. U so’z bilangina eslatib turadi, ya’ni og’zaki eslatib turadi: “Esingizdami, men sizga qoshiqqa qancha don solishni ko’rsatgan edim, yana esingizdami, hamma qoshiqlarni bir xil to’ldirish kerkligini aytgan edim”. Bolalar dastlab xato qiladilar, anglashadilar. O’lchash jarayoni ularni o’ziga jaob qiladi, shu sababli ular o’lchash mazmuniga kiradigan hamma komponentga ham alohida e’tibor bermaydilar.
Odatda ular qoshiqqa qancha guruch olinganidan qat’i nazar, qoshiqda qo’l bilan bajarilgan harakatlar miqdorini sanaydilar. Birinchi mashg’ulot uchun bu qayg’uli hol emas, chunki bu hol tarbiyachiga mashg’ulot natijalarini qarayotganda, ya’ni to’ri o’lchashning afzalligi eng ayoniy bo’lgan paytda bolalarning xatolariga e’tibor berish imkonini beradi.
Keyingi hamma mashg’ulotlar davomida o’lchovning to’la bo’lishini kuzatib borish kerak. Bolalarning birinchi o’lchashlarida xato qilishlari turgan gap bo’lgan holda qiyin ahvoldan qanday chiqish kerak? Biz o’tkazgan mashg’ulotlardan misol keltiramiz. Donni qanday o’lchash tushuntirilganidan keyin, bolalar ishlashga kirishadilar. Idishlardagi donni taqsimchaga to’kishadi, har gal natijani cho’tda belgilab borishadi. Mashg’ulot davomida o’lchovning to’la bo’lishi kerakligini bolalarga eslatib turdik, ammo hozircha eslatish ish boshlash uchun yo’llanma ema sedi, shunga ko’ra bolalar cho’t donalarini surishardi.
Natijada Anvarda 5 dongina surildi, Samadda hatto 20 ta soqqa bo’ldi, boshqalarda ham anchagina soqqa surildi, Biz Anvardan stakanida qancha don borilini so’radik, ammo u togan natija boshqalarnikidan shunchalik kam ekanidan jula siqilib, javobni eshittirib aytishni xohlamadi va tarbiyachining o’zigagina aytish uchun javob so’radi. Boshqa bolalarning o’lchash natijalarini oydinlashtirdik: kimda 7, kimda 13, kimda 26 chiqqanini so’radik. “Endi esa, - dedi tarbiyachi, - men sizlarga sirni ochib beraman: har qaysi idishda besh qoshiqlangina don bor edi. Bittagina aniq javob bunday bo’lishi mumkin:
“Mening stakanimda 5 qoshiq don bor”. Anvar o’rindan turib, baland tovush bilan aytdi: “Men to’g’ri topdim, mening bokalimda 5 qoshiq don bor. Men buni o’lchab bildim. Men qoshiqqa siz ko’rsatgandek, miqdorda don soldim”. Endi, nega shunchali har xil javob chiqqanini bolalarning o’zlari qanchalik tushunganliklarini aniqlash muhim edi. Shu tufayli tarbiyachi bolalarga tegishli savollarni berdi, Mana ularning javoblari. Lola. Saidda shuncha qo’y chiqishining sababi, u qoshiqlarni to’ldirmay olabergan va cho’tda, qoshiqlarni donga to’la, deb hisoblab, donalarni surabergan. Buning ustiga u nomdagi guruchlarni ham terib olgan va taqsimchaga solgan, buni to’la qoshiq, deb hisoblab donalarni surabergan.
Gulnora. Menda 7 qoshiq bo’ldi, chunki men qoshiqni juda to’ldirib olishga qo’rqdim va menga siz qancha olgan bo’lsangiz shuncha olgandek bo’lib tuyuldi, aslida esa men kamroq olgan ekanman, shu sababli menda olingan guruch miqdori 5 emas, ozgina ko’p – 7 qoshiq bo’ldi.
Shunday qilib, ko’rib turibmizki, bolalar faqat o’rtoqlarining ishlarnigina emas, balki o’zlari bajargan ishlarini ham tahlil qila olishar, sabab bog’lanishlarini topa olar ekanlar. Tarbiyachi mashg’ulot oxirida bolalar e’tiborini yana o’z stoliga qaratadli. Stolda suv solingan grafin turibdi. Suv sezilib turishi uchun unga ozgina rang berish maqsadga muvofiq. Grafni bilan stakan ham turadi.
Tarbiyachi bolalarga suvni qanday o’lchashni ko’rsatadi, tushuntiradi. Bu ish bajarilish texnikasiga ko’ra, sochiluvchi jismlarni o’lchashni eslatadi, shu sababli tarbiyachining o’zi ko’p emas, ikki stakan o’lchaydi, bolalar o’z stollariga tegishli miqdorda fishka qo’yadilar. Tarbiyachi qolgan suvni o’lchash uchun bir qancha bolani bittadan (yoki ikkitadan) chaqiradi, qolgan bolalar o’z stollariga fishkalar qo’yish bilan o’lchash natijalarini belgilaydilar. Shu bilan ikkinchi mashg’ulot tamomlanishi mumkin. Nechta stakan olindi va aynan nechta yog’och idish olindi? Stakanlar yog’och bo’lishi shart emas plastmassa bo’lsa ham bo’laveradi, ammo shaffof bo’lmasligi kerak.
Shisha stakan to’g’ri kelmaydi, chunki bolalar moddalar miqdorining bir xil sathda ekanligini ko’radilar va o’lchashni o’z qshinlarining “javobiga to’g’rilash”ga harakat qiladilar, aslida esa, hammadan don sathi bir xil ekanini oldindan ko’rmasdan, har qaysi bola o’zi o’lchashni o’rganishi muhimdir. Nega stakanlar olinadi? Baland idishdan bolalar guruchni qoshiqqa oson oladilar, uncha sermehnat emas, bolalar e’tiborini o’lchashning barcha shartlarini bajargandagina jarayonning o’zida to’playdilar, ortiqcha qiyinchiliklarga uchramaydilar. Bolalarning ko’nikmalari mustahkamlanib, avtomatlashgandan keyin suyuq yoki sochiluvchi moddalarni o’lchash mashg’ulotlarga kiritiladi, ana o’shanda yassi idishlar yordamida o’lchashlarni ham qarash mumkin bo’ladi.
Mashg’ulotlarda suyuqliklarni yoki sochiluvchi moddalarni o’lchashlarda bolalar e’tiborini shunga tortish kerakki, o’lchashning boshida suyuqlik yoki don ko’pligida stakan yoki qoshiq (umuman, biz nima bilan o’lchamoqchi bo’lsak, o’sha) ixtiyorsiz to’la bo’lishiga, o’lchashning ozirida esa, stakan yoki qoshiqni to’ldirish ancha mushkul bo’ladi, shu sababli ular etarlicha bo’lmasliklariga qaratish kerak. Bolalar bu qiyinchilikni eslarida tutishlari va o’z ishlarida bir tekislikni, o’lchashning boshida ham, oxirida ham o’lchovlarning bir xilda to’la bo’lishlariga amal qilgan holda, saqlashlari muhimdir.
Bolalarni o’lchashga o’rgatishga ketma- ket 7-9 mashg’ulotni ajratish kerak. Shundan keyin mashg’ulotga dasturning boshqa masalalari davriy ravishda kiritib turiladi. Bolalarni yana nimaga o’rgatish kerak? Ularni buyumlarning uzunligi va kengshligini o’lchashga o’rgatish kerak. Bunda ushbular o’lchanadigan buyumlar bo’lishi mumkin: har xil shakldagi va har xil rangdagi qog’oz varaqlari; bolalar va kattalar uchun stollar (bunda bolalar stolni o’lchaganda nafaqat uning uzunligini va kengligini. Balki balandligini ham o’lchaydilar); bular har xil uzunlikdagi lenta va arg’amchilar bo’lishi mumkin va h.k.
Har bir predmetning uzunligi va kengligi bir o’lchovning o’zi bilan o’lchanishi muhimdir, shunday bo’lganda bolalar o’lchash natijasida predmetning uzunligi kengligidan qancha ortiq ekanini ayta oladilar.
Bu ma’lumotni aniqlashda ularga fishkalar ham yordam beradi. Qog’oz varag’i uzunligini shartli o’lchov yordamida o’lchashda bolalar, masalan, ko’k doirachalarni, varaqning kengligini o’lchaganda qizil doirachalarni qo’yadilar. Shundan keyin ko’k doirachalarni ham, qizil doirachalarni ham sanashadi, qaysi doirachalar ko’pligini aniqlashadi va tarbiyachining ushbu savoliga javob berishadi: “Nima uzun va qancha uzun?”.
Bolalar o’lchashni etarli darajada egallab olgunlaricha va sanoqda yanglishmaydigan bo’lgunlariga qadar o’lchash natijalarini belgilovchi fishkalar ishlatila beriladi. Buyumlarning uzunliklari va kengliklarini o’lchashni to’g’ri to’rtburchak shaklidagi qog’oz varag’idan boshlash qulay. Bunda tarbiyachi oldindan kenglik va uzunlikni qoldiqsiz, aniq son marta joylashadigan o’lchovni (masalan, karton tasmachani) tanlab qo’yadi.
“Qoldiq” qoladigan o’lchashdan ham qo’rqmaslik kerak, bu shunday o’lchashni, masalan, o’lchov 4 marta to’la doylashadi va yana ozgina o’lchanmagan joy qoladi. Bolalar bunday holda qancha qolganini qo’llarida yoki o’lchov yordamida ko’rsatishlari kerak.
Ammo bu xil o’lchashlarni bajarishga shoshilmaslik kerak. Bolalarni buyumlarning uo’unlik va kengliklarini har xil kattalikdagi o’lchovlar bilan o’lchash bo’yicha mashq qildirish kerak. Bolalar qog’oz varag’i uo’unligi va kengligini karton tasmacha bilan o’lchab bo’lganlaridan keyin va o’lchov necha marta to’la joylashganini aniqlab olganlaridan keyin, tarbiyachi bolalarga shartli o’lchov sifatida oldingisidan ancha katta tasmani taklif qilishi kerak. Bolalar o’sha qog’oz varag’ini o’lchaydilar, o’lchash natijasida mutlaqo boshqa, oldingilaridan ancha kichik sonlar hosil bo’ladi. Nega? O’lchanayotgan kattalik o’lgarmagani holda sonlarning o’lchov kattaligiga bog’liqligiga, bu qonuniyatga bolalar e’tiborini odddiygina qaratish emas, balki shunday tushuntirish muhimki, bu qonuniyatlar ular uchun tushunarli bo’lsin.
Bu bolalarni sistematik ravishda mustaqil mashq qilishlari natijasida tushunarli bo’ladi. Bolalar har xil kattalikdagi o’lchovlar bilan nafaqat qog’oz varag’i, stollar va boshqa narsalarni o’lchashlari, balki, suvni, donlarni o’lchashlari va har qanday holda ham varag’lar o’sha – o’sha, don miqdori o’zgarmay qolganiga, ammo bir holda o’lchov masalan, besh marta joylashganiga, boshqa bir holda o’n marta joylashganiga, uchinchi holda esa hammasi bo’lib ikki marta joylashganiga va ularning hammasi o’lchovlar har xil bo’lganligi sabab ekaniga, o’lchov qancha katta bo’lsa, shuncha marta kam sonda joylashganiga, va aksincha, o’lchov qancha kichik bo’lsa, shuncha marta ko’p son qadar joylashganiga ishonch hosil qilishlari kerak.
Yana shuni ham namoyish qilish muhimki, idishdagi suyuqlikning balandligiga qarab, uning hajmi haqida fikr yuritish mumkin emas. Bizga suv ko’pdek ko’ringanda ham, haqiqiy holni bilib olish uchun har doim bir xil o’lchov bilan o’lchash kerak. Buni bolalarga konkret (aniq) misollarda ko’rsating: tarbiyachining stolida ikkita yarim litrli bankada sut turibdi.
Bolalar sutlarni qarab, bakalar ham bir xil, ulardagi sust ham teng ekaniga ishonch hosil qiladilar. Shundan keyin tarbiyachi bir bankadagi sutni baland va ingichka shishaga quyadi, ikkinchi bankadagi sutni esa keng kostryulkaga quyadi. Ikkala idishdagi sut miqdori teng bo’lishiga qaramay, suyuqlik sathi tez o’zgardi. Shunday qilib, bolalarni shartli o’lchov yordamida don va suyuqlik hajmini, buyumlarning uzunlik va kengliklarini o’lchashga o’rgatdik. Bu mashqlarning hammasini bajarish natijasida bolalar u yoki bu buyumning uzunligi qanday ekanini ko’z bilan chamalab aniqlab olishni o’rganishadi. Bu haqiqatda ham, shunday ekaniga ishonch hosil qilish uchun, tarbiyachi mashg’ulotlarning birida bolalarga lenta va qog’oz poloskani ko’rsatadi hamda bu qog’oz poloska denta uzunligiga necha marta joylashishini ko’z bilan aniqlashni taklif qiladi. Bolalar u yoki bu soni ko’rsatishadi. Shundan keyin tarbiyachi lentani o’lchaydi, bolalar esa hato qilganliklari yoki qilmaganliklarini ko’rishadi.
Agar mashqlar etarli bo’lgan bo’lsa, xatolar sodir bo’lmaydi. Bolalarga buyumlarning o’zini har xil kattalikdagi o’lchovlar bilan ko’zda chamalab o’lchashni mashq qildirish ma’qul, bunda har gal xuddi shu o’lchovni ko’z bilan chamalashni haqiqiy o’lchash bilan tekshirib turilishi kerak. Taxminan ettinchi mashg’ulotdan boshlab, buyumlarni teng qismlarga qanday bo’lishni o’lchashdan foydalanib, bolalarga o’rgatish kerak.
Uch, besh, ettita teng qismga qanday bo’lish kerak? Juda oson. Bolalarga shartli o’lchov bilan o’lchashni o’rgatishda o’lchov buyumga (xususiy holda qog’oz varag’iga) uch marta ham, besh marta ham, etti marta ham joylashish hollari bo’ldi, albatta. Bolalar varaqning uzunligi bo’yicha o’lchovni qo’yib borar ekanlar, har gal o’lchov tugagan joyga qalam bilan nuqta qo’yadilar, so’ngra shu nuqtadan o’lchovni yana qo’yadilar va h.k. Biz qog’oz varag’ini buklab, shu bukilgan chiziq bo’yicha qirqib, uch, besh yoki etti shuningdek, ikki, to’rt, olti, sakkiz va h.k. qismga ega bo’lamiz. Har xil qismlarning kattaliklarini taqqoslash muhim. Bolalar ushbu savollarga qiziq – qiziq javoblar berishadi: “Sen nima deysan. Yettidan bir qism kattami yoki uchdan bir qismmi?”. Ko’pincha bunday javob berishadi: “Albatta, ettidan bir katta”. Biz bolalarga ko’rsatadigan va bolalarning o’zlari qo0oz varaqlarini (bunda hamma varaqlar teng) uchta, beshta va ettita teng qismga bo’lishga oid mashg’ulotda biz bolalardan uchdan birni va ettidan birni ko’rsatishni, qaysi varaq katta ekanini taqqoslab aytishni so’raymiz.
Bunda farq anchagina bo’lsa ham, bolalar bunda xato qilmaydilar, ular uchdan bir ettidan birdan katta ekanini to’g’ri aniqlaydilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning olgan bilimlari o’yinlarda va o’yin – mashqlarda puxtalanadi. Masalan, “Qog’irchoqni kiyintir” o’yinida ularga qo’g’irchoqning balandligini o’lchash va rangli qog’ozdan unga mos uzunlikda ko’ylak bichish taklif qilinadi. Bolalarga kitoblarni yamash uchun tayyorlash topshirig’ini berish mumkin. Ular qog’oz varag’i o’lchovini olishadi. Bola varaqni o’lchaydi va qancha zagotovka tayyorlash mumkinligini aytadi, shundan keyin ularni qirqadi.
XULOSA
Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda dasturning “Kattalik” bo’limida narsalarni kattaliklari bo’yicha taqqoclash malakalarini, o’lchash faoliyatlarini amalga oshirishga, narsalarning shakllarini aniqlash va boshqa malakalarga katta ahamiyat beriladi.
Ushbu kurs ishimizda maktabgacha ta’lim tashkilotida turli guruh bolalarida kattalik, miqdor haqidagi tushunchalarni rivojlantirishga oid ishlar tuzilmasini, maqsadini, ilmiy ahamiyatini yoritib berdik.
Shu munosabat bilan bolalarning kattalik haqidagi tushunchalarini tarkib toptirish bilan bir vaqtda ularning son haqidagi tasavvurlarini va hisoblash malakalarini rivojlantirib borish samaraliroq bo’lishi mumkin. Shu sababli bolalarda kattalik haqidagi bilimlarni tarkib toptirishning quyidagi sistemasini maqsadga muvofiq, deb hisoblash mumkin: masofa parametrlarini differensiyallashtirish va ular orasidagi o’lchov munosabatlarini (o’lchashlar yordamida) o’rnatishdan buyumlarning kattaliklarini butunicha hajm bo’yicha baholash va aniqlashga olib kelish kerak, chunki E.G.Vasuro bunday ko’rsatadi:
“Haqiqiy umumlashtirish obektlarni shu obektlarning muhim xususiyatlari bo’yicha differensiyallashtirilgandan keyingina amalga oshadi”. Buyumlarning kattaligini butunicha aniqlashning muhim xususiyati masofa parametrlarining o’lcham munosabatlaridan iboratdir. Maktabgacha yoshdagi bolalar kattaliklarning miqdoriy bahosini bilish zarurati bilan har doim kundalik hayotlarida, har xil mashg’ulotlarda, mehnat faoliyatlarida, o’yinlarda duch keladilar. Ammo bu bilimlar maxsus o’rgatilgunga qadar tarqoq va aniqmas bo’ladi. Chunonchi, bolalar “katta” tushunchasini tasavvur qilishda har qanday katta miqdor “arakteristikasini (yuqori, baland, keng, chuqur) qo’shib yuboradilar, masalan, “uzunroq” deyish o’rniga bolalar “katta” deyishadi, “kichik”ni bolalar “past”, “tor” va h.k. deb tasavvur qilishadi.Ularning bu tasavvurlarini to’g’irlashimiz lozim.


Adabiyotlar ro‘yxati:


  1. “Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari” T.: 2017

  2. Takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturi. T.: 2016.

  3. Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar.T.: “Nihol” nashriyoti, 2013, 2016.

  4. Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari T.: 2006.

  5. Ishmuhamedov R. O‘quv jarayonida interfaol uslublar va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash uslubiyati. T.: RBIMM, 2008.

  6. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog–o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). – T.: Iste’dod, 2008.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin