Kurs ishi mavzusi


Miqdor hamda kattalik tushunchalarining tasnifi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə4/10
tarix11.11.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#68545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Maktabgacha yoshdagi bolalarning miqdor kattalik haqidagi tasavvurlarini

1.2. Miqdor hamda kattalik tushunchalarining tasnifi
Buyumning kattaligini idrok qilib, biz buyumning hajmi borasida to’liq mo’ljal (orisitir) olamiz (va shundagina uni (katta –kichik) so’zlari bilan aniqlaymiz) yoki aloihada uzunliklarning (uzunligi, kengligi, balandligi) nisbati haqida ma’lumtga ega bo’lamiz. Bunda subekt uchun har bir konkret holda amaliy ahamiyatga ega bo’lgan uzunlik ko’p olda kattalikni aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Bu holda kattalikning “baland”, “past”, “uzun”, “yo’g’on” kabi aniq ta’riflaridan foydalanadilar. (“ Bolaga past stul kerak”, “Mashinalar keng yo’ldan bormoqda”, “Baland archa sotib olishdi” va h.k.) Bir qator buyumlar borki, ular uchun “katta – kichik” atamalarini ishlatib bo’lmaydi. Masalan, lepta uzun, qisqa, keng yoki ingichka (tor) bo’lishi mumkin; sakragich esa uzun yoki qisqa bo’lishi mumkin va h.k.
Shu bilan birga kuzatishlar va maxsus tekshirishlar shuni ko’rsatmoqdaki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar buyumlarning kattaliklarini aniqlashda “katta – kichik”, “ortiq –kam” so’zlaridan foydalanishni afzal ko’radilar. Buning sababi, birinchidan, bolalarning buyumlarning alohida uzunliklari (uzunliigi, kengligi, balandligi) ni differensiyalashtira olmasliklari, ular orqasida o’lchamlik munosabatlarini o’rnata olmasliklari va ularning har birini so’zlar bilan aniqlay olmasliklari, ikkinchidan, kattalarning o’zlari ko’pincha kattalikning aniq ta’rifi o’rniga juda umumiy bo’lgan “katta – kichik” atamalarini ishlatishlaridir. Demak, buyumlarning kattaliklarini aynan bir xil aniqlash uchun bolalarga buyumlardagi uzunlie paralarni o’rnatishni o’rgatish kerak. Bu munosabatlarga sonlargina aniqlik berishi mumkin.
Shu munosabat bilan bolalarning kattalik haqidagi tushunchalarini tarkib toptirish bilan bir vaqtda ularning son haqidagi tasavvurlarini va hisoblash malakalarini rivojlantirib borish samaraliroq bo’lishi mumkin. Shu sababli bolalarda kattalik haqidagi bilimlarni tarkib toptirishning quyidagi sistemasini maqsadga muvofiq, deb hisoblash mumkin: masofa parametrlarini differensiyallashtirish va ular orasidagi o’lchov munosabatlarini (o’lchashlar yordamida) o’rnatishdan buyumlarning kattaliklarini butunicha hajm bo’yicha baholash va aniqlashga olib kelish kerak, chunki E.G.Vasuro bunday ko’rsatadi: “Haqiqiy umumlashtirish obektlarni shu obektlarning muhim xususiyatlari bo’yicha differensiyallashtirilgandan keyingina amalga oshadi”. Buyumlarning kattaligini butunicha aniqlashning muhim xususiyati masofa parametrlarining o’lcham munosabatlaridan iboratdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar kattaliklarning miqdoriy bahosini bilish zarurati bilan har doim kundalik hayotlarida, har xil mashg’ulotlarda, mehnat faoliyatlarida, o’yinlarda duch keladilar. Ammo bu bilimlar maxsus o’rgatilgunga qadar tarqoq va aniqmas bo’ladi. Chunonchi, bolalar “katta” tushunchasini tasavvur qilishda har qanday katta miqdor “arakteristikasini (yuqori, baland, keng, chuqur) qo’shib yuboradilar, masalan, “uzunroq” deyish o’rniga bolalar “katta” deyishadi, “kichik”ni bolalar “past”, “tor” va h.k. deb tasavvur qilishadi.
“Teng”degan tasavvurni bolalar nutqidan “bir xil” degan tasavvur siqib chiqargan, “bir xil” so’zi nihoyatda keng ma’no kasb Etadi: bolalar bu so’z bilan buyumlarning rangi, shakli, tayyorlangan materiali, ba’zan esa kattaligi va miqdori bo’yicha taqqoslash natijalarini belgilaydilar.
Tasavvurlarning bunday aniqmasligi matematik aniqlikning va kattalik ta’rifining, shuningdek, miqdor ta’rifining buzilishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, bolalarning maktabda o’qishga tayyorliklarini tekshirish shuni ko’rsatadiki, kattalikning noaniq miqdoriy baholanishi mavjud bo’lganda ular (ayniqsa, maktabda o’qishning daslabki naytlarida) atrof sharoitdan, daftar va kitob varaqlaridan fazoviy orientasiya olishda katta qiyinchiliklarga duch keladilar. Ba’zi o’quvchilar grafik ishoralarning kattaliklariga amal qiladilar. Bu malakalar o’qitish o’rgatish, jarayonida shakllanadi. Buyumlarning balandligi, uzunligi, kengliklari bo’yicha taqqoslay olishni bilish bolalarning bilim darajalarini anchagina oshiradi.
Kattaliklarning miqdoriy baholarining shakllanishi miqdoriy munosabatlarni o’rganishda, har xil tushunchalarning, ya’ni son, geometrik va boshqa tushunchalarning tarkib topishi bilan birgalikda amalga oshiriladi. Kattaliklar miqdoriy baholarining shakllanishi miqdoriy munosabatlarni o’rganishda, har xil tushunchalarning, ya’ni son, geometrik va boshqa tushunchalarning tarkib topishi bilan birgalikda amalga oshiriladi. Kattaliklar miqdoriy baholarining shakllanish jarayoni bolalarning so’z – terminlar (baland, tor va b.), shuningdek, eng sodda matematik ifodalar (masalan, buyumlarning balandliklari bo’yicha taqqoslaymiz va b) ni egallash bilan bevosita bog’liq.
Buyumlarning kattaliklari bo’yicha munosabatlarini tegishli belgilashlar bilan o’rnatish uslubiyati kattaliklarning miqdoriy baholarining har xil darajalarining tarkib topishining aniq sistemasini hisobga oladi, bu ma’lum izchillikda amalga oshirilishi mumkin.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin