Korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil qilish usullari


Rasm 3. - «Sirg’ali dehqon bozori» OAJning tashkiliy tuzilmasi10



Yüklə 389,92 Kb.
səhifə8/20
tarix14.06.2023
ölçüsü389,92 Kb.
#129744
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
..........

Rasm 3. - «Sirg’ali dehqon bozori» OAJning tashkiliy tuzilmasi10

Rasm 4. - «Sirg’ali dehqon bozori» OAJning xodimlari tarkibi va soni11

    1. jadval

«Sirg’ali dehqon bozori» OAJning umumiy ko’rsatkichlari12

/r

Ko’rsatkich nomi

O’lcham
birligi

Miqdori




Aktivlarining balans qiymati

ming so’m

678 822,8




Passivlarning balans qiymati

ming so’m

678 822,8




Umumiy yer maydoni

ga

10,7

.1

shundan, markaziy bozorda

ga

2,7




Savdo faoliyati (savdo rastalari hamda savdo va xizmat ko’rsatuvchi shaxobchalar) uchun ajratilgan er maydoni

ga

1,7

.1

shundan, markaziy bozorda

ga

0,3




Bozordagi ayvonlar soni ja’mi

dona

9

.1

markaziy bozorda

dona

1

.2

Filiallarda

dona

8




Bozor rastalaridagi savdo

dona

1133




joylari soni ja’mi







.1

markaziy bozorda

dona

339

.2

Filiallarda

dona

794




Turg’un (statsionar) shaxobchalar jami soni

dona

273

.1

do’konlar

dona

224

.2

umumiy ovqatlanish shaxobchalari

dona

7

.3

maishiy xizmat ko’rsatuvchi shaxobchalar

dona

39

.4

boshqa shaxobchalar

dona

3


Rasm 5. - «Sirg’ali dehqon bozori» OAJning daromadining tarkibi13

    1. jadval

«Sirg’ali dehqon bozori» OAJning joriy majburiyatlari14,ming so’m.

Ko’rsatkichlar nomi

Miqd
ori

Joriy majburiyatlar

245

573,4

Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga kqarz

87
475,4

Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz

709
01,4

Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarz

310
00,7

Mexnatga hak to’lash bo’yicha qarz

561

95,9
Ushbu ma’lumotlarga ko’ra (5 – rasm va 4 – jadval) jamiyat daromadining asosiy qismini patta tushumi tashkil etadi, joriy majburiyatlari esa 245 573,4 ming so’mga etdi.
Jamiyatning xo’jalik faoliyati natijasida olgan foydasi soliqlarni to’lashdan keyn Jamiyatning mulkida qoladi hamda amaldagi qonunchilikka va mazkur Ustavga muvofiq qayta investitsiyalar, Jamiyatning fondlarini yaratish hamda aksiyalar bo’yicha dividendlar uchun ishlatiladi.
Aksiyadorlik Jamiyatining Umumiy yig’ilishi qaroriga ko’ra dividend pul mablag’lari yoki boshqa qonuniy to’lov vositalari bilan to’lanishi mumkin.
Dividend aktsiyadorlar o’rtasida ularga tegishli aktsiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Jamiyat yilning har choragida, har yarim yilda yoki yiliga bir marta joylashtirilgan aksiyalar bo’yicha dividendlar to’lash to’g’risida qaror qabul qilishga (e’lon qilishga) haqlidir.
Dividendlarni e’lon qilish to’g’risida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning umumiy yig’ilishini o’tkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aktsiyadorlari reestrida qayd etilgan aktsiyadorlar dividend olish huquqiga ega. Jamiyat:

  • jamiyat ustav fondining hammasi to’lab bo’linguncha;

  • agar dividendlar to’lanadigan paytda jamiyatda to’lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) belgilari bo’lsa yoki dividendlar to’lash natijasida jamiyatda shunday belgilar paydo bo’lsa;

  • jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav va zaxira fondlari summasidan kam bo’lsa, aksiyalar bo’yicha dividendlar to’lash (e’lon qilish) to’g’risida qaror qabul qilishga haqli emas.

Jamiyatning har bir oddiy (odatdagi) aksiyasi uning egasi bo’lmish aksiyadorga bir xil hajmda huquqlar beradi. Oddiy (odatdagi) aksiyalarning egalari bo’lmish aksiyadorlar ushbu jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlar umumiy yig’ilishida mazkur yig’ilish vakolatiga kiradigan barcha masalalar bo’yicha ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishi mumkin, shuningdek dividendlar olish, jamiyat tugatilgan taqdirda esa, jamiyat mol-mulkining bir qismini olish huquqiga egadir.
Aksiyadorlar:

  • tegishli aksiyadorlik jamiyatining aktsiyadorlari reestriga kiritilish;

  • o’zi haqida depozitariydagi depo hisobvarag’idan ko’chirma olish;

  • jamiyat foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish;

  • aksiyadorlik jamiyati tugatilgan taqdirda o’zlariga tegishli ulushga muvofiq mol-mulkning bir qismini olish;

  • aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etish;

  • aksiyadorlik jamiyatining ustaviga muvofiq emitentning moliyaxo’jalik faoliyati natijalari to’g’risida to’liq va to’g’ri axborot olish;

  • olgan dividendini erkin tasarruf etish;

  • qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organida, shuningdek sudda o’z huquqlarini himoya qilish;

  • investitsiya institutlari va emitentlarning uquvsiz yoki g’arazli xatti-harakatlari tufayli ko’rgan zararning to’lanishini talab qilish;

  • o’z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalar va boshqa jamoat tashkilotlariga birlashish;

  • qimmatli qog’ozlar sotib olish vaktida zarar ko’rish va (yoki) foydaning bir kismini yo’qotish ehtimoli bilan bog’liq tavakkalchilikni sug’urtalash huquqiga ega.

Aksionerlar quyidagilarga majbur:

  • Ustav va Uzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ko’zda tutilgan tartibda, miqdorda va usullar yordamida aktsiyachlarga haq to’lash;

  • Jamiyatning faoliyati to’g’risidagi maxfiy ma’lumotni oshkor etmaslik;

  • O’z harakatlari bilan Jamiyatning manfaatlariga zarar etkazmaslik.

Aksionerlar shuningdek Ustav va amaldagi qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa huquqlari va majburiyatlariga ega.
Aksiyadorlik jamiyatini aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi, kuzatuv kengashi va kollegial ijroiya organi (boshqaruv) boshqaradi.
Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi o’tkaziladigan sana va uni o’tkazish tartibi, yig’ilish o’tkazilishi haqida aktsiyadorlarga xabar berish tartibi, aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishini o’tkazishga tayyorgarlik vaqtida aktsiyadorlarga beriladigan materiallar ro’yxatini jamiyatning kuzatuv kengashi belgilaydi hamda O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va Aktsiyadorlarning Umumiy yig’ilishi to’g’risidagi ichki Nizom tomonidan tartibga solinadi.
Jamiyat Aksiyadorlarning hisobot Umumiy yig’ilishini moliyaviy yilning tugaganidan keyin kechi bilan olti oy ichida o’tkazishi lozim. Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqiga aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi o’tkaziladigan rasmiy e’lon qilingan sanadan 3 kalendar kun oldin shakllantirilgan jamiyat aktsiyadorlari reestrida qayd etilgan aktsiyadorlar ega bo’ladi.
Aksiyadorlarga Aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi o’tkazilishi to’g’risida xabar berish muddati Aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi o’tkazilishining to’g’risida qaror qabul qilingan paytidan boshlab o’ttiz taqvim kundan oshmasligi lozim. Umumiy yig’ilishini olib borish tartibi umumiy yig’ilish tomonidan raislik qiluvchining taklifiga ko’ra tasdiqlanadi.
Jamiyatning Kuzatuv Kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ushbu Qonun bilan aksiyadorlar umumiy yig’ilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno. Jamiyat kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan shaxslarning qayta saylanishlari cheklanmaydi. Jamiyatning kuzatuv kengashi a’zolari saylovi kumulyativ ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
Aksiyador o’ziga tegishli aksiyalar bo’yicha ovozlarni jamiyat kuzatuv kengashining bitta nomzodiga to’liq berishga yoki bir nechta nomzod o’rtasida taqsimlashga haqlidir. Eng ko’p ovoz to’plagan nomzodlar kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan deb hisoblanadi.
Kuzatuv kengashi Aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi tomonidan bir yil muddatga saylanadigan beshta a’zodan iborat. Kuzatuv Kengashining vakolatlari va faoliyat yuritish tartibi O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va kuzatuv kengashi to’g’risidagi ichki Nizom bilan belgilanadi. Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik Aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi tomonidan bir yilgacha bo’lgan muddatga saylanadigan yakkaboshchilik ijroiya organi - Direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Direktorining vakolatiga Jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlik qilishning barcha masalalari kiradi, Aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi yoki Kuzatuv Kengashining mutlaq vakolatlariga kiritilgan masalalar bundan mustasno.
Direktor aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi va kuzatuv kengashining qarorlari bajarilishini tashkil etadi. Direktor jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifoda etadi, jamiyat nomidan bitimlar tuzadi, shtatlarni tasdiqlaydi, jamiyatning barcha xodimlari bajarishi majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi. Direktorning huquqlari va majburiyatlari Jamiyatnig nomidan kuzatuv kengashining raisi tomonidan imzolanadigan aktsiyadorlik Jamiyatining Direktori to’g’risidagi ichki Nizom bilan belgilanadi.

Yüklə 389,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin