Korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil qilish usullari


Rasm 1. - Innovatsion faoliyat sxemasi4



Yüklə 389,92 Kb.
səhifə2/20
tarix14.06.2023
ölçüsü389,92 Kb.
#129744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
..........

Rasm 1. - Innovatsion faoliyat sxemasi4
Innovatsiya zamirida keng qamrovda oqilona yangiliklardan foydalanish tushuniladi (xoh u yangi texnologiyalar ko’rinishida bo’lsin, xoh xizmat yoki mahsulot ko’rinishida, xoh tashkiliy-texnik va ijtimoyi-iqtisodiy yechimlarni o’zida qamrab olgan moliyaviy, tijoriy, ma’muriy xarakterdagi omil ko’rinishida bo’lsin). G’oyalarni vujudga kelish, ularni shakillanish va amaliyotda tadbiq etilishigacha bo’lgan davrini innovatsiyaning hayoti sikl deb atash mumkin. Innovatsiyaning hayotiy siklini innovatsion jarayonlar tashkil etadi. “Innovatsiya” va “innovatsion jarayon” atamalari bir biriga juda yaqin lekin bir xil tushunchalar emas. Innovatsion jarayon deganda yangiliklarni shakllantirish, o’zlashtirish va targ’ib etishni tushunish mumkin. Innovatsiya tashkilotchilari (novatorlar) asoslangan kriteriyalarga binoan ish yuritadilarki, ijobiy natijalar sifatida iqtisodiy samaradorlik yaqqol namoyon bo’ladi.Ularning strategiyasi, asosan sof raqobat muhitida aniq bir jabhada yangilik yaratgan holda raqobatchilardan o’tib ketishga qaratilgan. Ilmiy-texnik ishlab chiqilmalar va yangiliklar, ilmiy ishlab chiqarish siklning oraliq natijasi ko’rinishida namoyon bo’ladi va amaliy qabul qilish mobaynida so’nggi natija sifatida ilmiy-texnik innovatsiyani o’zida akslantiradi. Ilmiy-texnik ishlab chiqilmalar va kashfiyotlar, amaliyotda qo’llanishi nazarda tutilagan ilmlarga ilova bo’lib xizmat qiladi, ilmiy-texnik innovatsiya esa (ITI) bu ite’molchilarning aniq bir talabini qondirish uchun ishlab chiqarish jarayoniga kiritilgan yangi g’oya-bilimlarga, kashfiyotlarga moddiy tus berishdir.
Ummuman olganda inovatsiyalar quydagicha tasniflanadi:
Innovatsiyalar texnologik parametrlarga bog’liq holda:

  • mahsulotli innovatsiyalarga (ya’ni bu inovatsiyalar, yangi xom ashyolarni, yangi yarim tayyor mahsulotlarni va printsipial jihatdan yangi mahsulotlarni qabul qilishni o’zida mujassamlashtiradi),

  • jarayonli innovatsiyalarga (ya’ni bu tur innovatsiyaning mohiyati shuki, u ishlab chiqarish jarayoniga yangi usullarni va texnologiyalarni tadbiq etishni nazarda tutadi.O’z o’rnida jarayonli innovatsiya tashkilotning yangi tashkiliy strukturasini tashkil etishga bevosita ishtirok etishi mumkin) bo’linadi; - yangiliklarning turi buyicha innovatsiyalar:

  • jahon yangiliklarga (ya’ni jahonda mavjud tarmoqlarda sodir

bo’layotgan yangiliklar),

  • mamalakat yangiliklari (ya’ni mamlakat tassarufidagi tarmoqlarda yuz berayotgan o’zgarishlar va yangiliklar);

  • tizimda joylashuv o’rniga ko’ra (tashkilotlarda, firmalarda).

Tashkilotlarga kirishdagi innovatsiyalar, ya’ni bunda xom – ashyolarga, materiallarga, ma’lumotlar va mashina uskunalarga bo’lgan tanlovda o’zgarishlarni tushunish mumkin. Tashkilotlardan chiqishdagi innovatsiyalar, ya’ni bunda to’lov berilgan buyumlar, xizmatlar, texnologiyalar va hokazolar tushuniladi. Tashkilotning tizimli strukturasidagi innovatsiyalar, ya’ni boshqaruv, ishlab chiqarish va texnologik strukturadagi innovatsiyalar.
O’zgarishlar qay darajada ekanligiga ko’ra innovatsiyalarni quydagilarga bo’lish mumkin: radikal, modifikatsion (xususuiy), yaxshilanib boruvchi innovatsiyalar. Tashkilotlarning faoliyat chegarasini hisobga olgan holda innovatsiyalarnig tasniflanishi: texnologik, ishlab chiqarish, iqtisodiy, savdo innovatsiyasi, ijtimoiy, boshqaruv sohasidagi innovatsiyalar. Ana shunday bir-biri bilan uzviy bog’langan chora tadbirlar ayni vaqtda jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar tez chiqish va uning oqibatlarini yengillashtirishga, iqtisodiyotni modernizatsiyalash modelining samarali amalga oshirilishiga zamin yaratadi.

Yüklə 389,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin