Korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil qilish usullari


Rasm 2. - Innovatsiyani tashkil qilish shakllari7



Yüklə 389,92 Kb.
səhifə5/20
tarix14.06.2023
ölçüsü389,92 Kb.
#129744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
..........

Rasm 2. - Innovatsiyani tashkil qilish shakllari7
Konsentratsiya ma'lum bir yo'nalishdagi innovatsiyalarning tobora kattaroq miqyosda yirik firma IKlarga jamlanish jarayonini bildiradi. Innovatsion faoliyatning konsentratsiyalanishga intilishi xuddi kichik innovatsion biznesning kengayish jarayoni kabi biznesning eng ilg'or sohalariga mablag'larni innovatsiya qilishdek tabiiy bozor omillaridan biridir. Ixtisoslashganlik innovatsiyalarni tashkil qilish shakli sifatida lKlarni tashkiliy tuzilmalarini barpo qilishda va uning innovatsion ko'rinishini chegaralash yo'llari, hamda kichik bo'limlarga ma'lum turdagi ishlar va mahsulotlarni biriktirishda qo'llaniladi. Bunda innovatsion ko'rinish kengligi IK ixtisoslashganligi doirasida innovatsion jarayon mustahkamligi va rivojlanish sur'atlari asosida turlicha bo'lishi mumkin. Kooperatsiyalash zamonaviy shartlar asosida tashkil etishning muhim shakli sifatida dunyo tajribasida innovatsion loyihalar o'tkazilishida tan olingan. Kooperatsiyalash IK ixtisoslashganligi va loyihalarni amalga oshirish qiyinchiliklari, tashkilotlararo hamkorlikni chuqurlashuvi, innovatsion sohada xalqaro koordinatsiyaning rivojlanishi, miqyosli ilmiy ishlab chiqarish dasturlarini amalga oshirish natijasi sifatidadir. Kombinatsiyalanish innovatsiyalarni tashkil qilishda lKlardagi allaqachon olingan natijalar yoki xomashyo, encrgiya va materiallardan ikkilamchi foydalanishga asoslangan ishlab chiqarish va innovatsion jarayonlarni tashkil etishda va amalga oshirishda namoyon bo'ladi. Qo'shimcha samarali effekt olish uchun firmalar bazaviy bilimlar doirasida qo'shimcha tadqiqotlar o'tkazib, ularni yangi sohalarga joriy etadi. Yuqorida sanab o'tilgan innovatsion jarayonlar tashkil etishning shakllari tashkiliy qarorlarni tayyorlashda asosiy qurol bo'lib xizmat qiladi. Ular rasmiy hamda norasmiy ko'rinishga ega boiishi mumkin. Korxonalarda innovatsion faoliyatning rivojlanishi nafaqat yaratilayotgan innovatsion mahsulotning texnik ko’rsatkichlariga, balki ushbu innovatsion loyiha xarajatlarini to’g’ri boshqarishga ham bog’liq. Hozirgi kunda yangi mahsulotlarni o’zgaruvchan tashqi va ichki bozorlarga moslashtirishda xamda korxonalar raqobatbardoshligini oshirishda innovatsion loyihalar xarajatlari hisobi uchun usulni to’g’ri va mos qilib tanlash alohida ahamiyat kasb etadi. Innovatsion loyihalar haqiqatan innovatsiyani amalga oshirishga olib keladigan yoki maqsad bilan ko’zlab qilingan barcha ilmiy, texnologik, tashkiliy, moliyaviy, tijorat, marketing harakatlaridir. Innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish jarayoni korxonining butun xo’jalik faoliyatini qamrab oladigan bir nechta birbiriga bog’liq bosqichlarda amalga oshiriladi. Ushbu jarayonning har bir bosqichini ma’lum bir mablag’larsiz va xarajatlarsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Ushbu xarajatlar hisobi yetarli darajada murakkab va ko’pqirrali, chunki xarajatlar turli hisobot davrlariga to’g’ri kelishi, shakllanish joyi va shakli har xil hamda moliyalashtirish manbalari turlicha bo’lishi mumkin.
Innovatsion loyihalarning boshqaruv hisobi — bu korxona faoliyatida qisqa va uzoq muddatli boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun innovatsion loyiha xarajatlarini rejalashtirish, boshqarish, nazorat qilish hamda innovatsion faoliyat natijalari bo’yicha ma’lumotlarni tahlil qilishning kompleks tizimidir. Bugungi kunda innovatsion loyihalarni amalga oshirmoqchi bo’lgan xo’jalik yurituvchi subyektlarda, bizningcha, «target-kosting» (maqsadli tannarx) tizimini qo’llagan ma’qul. Chunki bu tizimda oldindan belgilangan qiymatda iste’molchilar talabini hisobga olib yangi — foydali funksiyalar qo’shilgan mahsulotlar yaratiladi. «Target-kosting» tizimi — bu shunday boshqarish tizimiki, uning yordamida bozor munosabatlariga mos holda xarajatlarni kamaytirish va yangi innovatsion mahsulotlarni rejalashtirish, xarajatlarni nazorat qilish va maqsadli tannarxni kalkulyatsiya qilish amalga oshiriladi. «Targetkosting» tizimining asosiy ko’rsatkichlari bo’lib maqsadli narx, maqsadli tannarx va maqsadli foyda hisoblanadi. «Target-kosting» — bu xarajatlarni kamaytirishga asoslangan shunday tizimki, odatda bozordagi talabga mos maqsadli mahsulot tannarxi kalkulyatsiya qilinadi. Ko’p yillardan buyon rivojlangan mamlakatlarda «target-kosting» tizimi ishlab chiqarish korxonalarida, asosan mahsulotning yangi turi va modeli ishlab chiqarilayotgan innovatsion loyihalarda qo’llanilib kelinyapti. Bundan tashqari, «target-kosting» tizimi xizmat ko’rsatish sohalarida, shuningdek, zararga ishlayotgan korxonalar faoliyatini to’g’ri yo’lga qo’yishda ham qo’llaniladi.
Oddiy an’anaviy tizimlarda narx quyidagicha aniqlanadi:
Tannarx + Foyda = Narx
«Target-kosting» tizimida esa, teskari yo’nalishda quyidagiga aylanadi:
Maqsadli Narx — Maqsadli Foyda = Maqsadli Tannarx
«Target-kosting» tizimida boshqa tizimlardan farqli o’laroq, tannarxni aniqlash sotish narxini belgilashdan boshlanadi. Bu sotish narxi kuchli marketing tadqiqotlari orqali aniqlanadi. Maqsadli tannarxni aniqlash uchun kutilayotgan foyda sotuv narxidan ayriladi. Keyin esa ishlab chiqarish jarayonining barcha ishtirokchilari — menejerdan tortib oddiy ishchigacha — maqsadli tannarxga erishilishi ko’zlanayotgan mahsulotni loyihalashtirish bilan shug’ullanadi. Demak, «target-kosting» tizimining boshqa tizimlardan farqi va ijobiy tomonlari quyidagicha:

  • loyihalashtirilayotgan mahsulot tannarxi har bir elementining

ikirchikirigacha inobatta oladi;

  • loyihachi, menejerlar maqsadli tannarxga erishish uchun harakat qilish mobaynida turli nostandart yechimlar topiladi, bu esa innovatsiyaga sabab bo’ladi;

  • doimiy maqsadli tannarxga erishish fikri bilan ishlash ortiqcha xarajatlar qilish va ishga nisbatan mas’uliyatsizlikning oldini oladi.

Shuning bilan birga «target-kosting» tizimining salbiy tomonlari ham mavjud:

  • yangi mahsulotni yaratish jarayoni ko’p va qayta-qayta

loyihalashtirish natijasida cho’zilib ketishi mumkin;

  • «target-kosting» tizimini qo’llashda xatoliklarga yo’l qo’yish, ya’ni haddan ortiq ishchilarga bosim o’tkazish salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin;

  • loyihalashtiruvchilar va marketing xizmati xodimlari o’rtasida maqsadli tannarxga erishish uchun narx belgilashda turlicha kelishmovchiklar kelib chiqishi mumkin.

Yangi mahsulotning maqsadli sotish narxini belgilashda quyidagilarni amalga oshirish lozim:

  • sotish mo’ljallanayotgan bozor segmentlarini tahlil qilish;

  • yangi mahsulotga bo’lgan bozor talabini tahlil qilish; - yangi mahsulotning hayotiylik davrini tahlil qilish.

Innovatsion mahsulotning maqsadli tannarxini asoslashda, fikrimizcha, quyidagilarni amalga oshirish lozim:

  • xarajatlarni shakllantirish bo’yicha qarorlar asosliligini tahlil qilish;

  • innovatsion mahsulotning maqsadli tannarx kalkulyatsiyasini tahlil

qilish;

  • tadbirkorlik tavakkalchiligini tahlil qilish.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni xulosa qilish mumkinki, yangi mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar asosida narx belgilamasdan, innovatsion loyihalarning boshqaruv hisobini to’g’ri tashkil qilish hamda «target kosting» tizimini tanlash orqali maqsadli narx va maqsadli foyda sharoitda xo’jalik yurituvchi subyektlar raqobatbardoshligining oshishiga hamda eksportbop mahsulotlarning ko’payishiga turtki bo’ladi. Baholashning ballik usuli quyidagicha. Loyiha natijalariga ta’sir etuvchi eng muhim omillar tanlab olinadi. Me’zonlar ahamiyatlilik darajasi bo’yicha terib chiqiladi. Buni boshqaruvchilardan aniqlash mumkin, ya’ni ularga 100 banddan iborat ko’rsatgichlarni me’zonlar guruhiga ajratish taklif etiladi. Har bir aytib o’tilgan me’zonlar bo’yicha sifatli. Baholar miqdoriy ifodalanadi. Buni mutaxassislar mezonlarini miqdoriy ifodalsh yo’li bilan aniqlay oladilar (1-jadval).
Innovatsion loyihani baholash va moliyalashtirish uchun ularni tanlash bo’yicha uslubiy tavsiyanomalar O’zR davlat mulki qo’mitasi, Moliya vazirligi, Maqroiqtisodiyot vazirligi va TIF agentligi tomonidan tasdiqlangan quyidagi asosiy innovatsion loyiha samaradorlik ko’rsatgichlari belgilangan:

  • tijorat (moliyaviy samaradorligi) uni bevosita ishtirokchilariga loyihani amalga oshirishiga moliyaviy oqibatlarni ko’zda tutadi.

  • budjet samaradorligi loyihani amalga oshirishini davlat hududiy va mahalliy budjetlari uchun oqibatlarni aks ettiradi;

  • xalq xo’jaligi iqtisodiy samaradorligi innovatsion loyiha ishtirokchilarining to’g’ridan-to’g’ri moliyaviy qiziqishlari va mumkin bo’lgan baho o’lchovlari doirasida loyihani amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlar va natijalar ko’zda tutadi.


Yüklə 389,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin