Korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil qilish usullari



Yüklə 389,92 Kb.
səhifə14/20
tarix14.06.2023
ölçüsü389,92 Kb.
#129744
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
..........


Rasm 8. - 2011 yil Davlat investitsiya dasturi doirasida jalb qilingan xorijiy investitsiyalarning tarmoqlar bo’yicha ulushi.
2011 yilda hududiy investitsiya dasturi doirasida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning mutloq qiymati 402 million dollarni tashkil etgan. Hududlar kesimida tahlil qiladigan bo’lsak, o’zlashtirilgan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning katta qismi Toshkent shahri (39,2 foiz) hissasiga to’g’ri kelgan va xorijiy sarmoyalar ishtirokida faoliyat olib borayotgan korxonalar soni mazkur yilda 273 taga ko’paygan. Umumiy hisobda mamlakatimiz bo’yicha 2011 yilda xorij sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni 372 tani tashkil etgan. Boshqa hududlarimiz bo’yicha ma’lumotlar 3.2.3-rasmda keltiriladi.

Rasm 9. - Hududiy investitsiya dasturi doirasida
2011 yilda jalb qilingan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmi
2011-ilning 1-ktyabr holatiga ko’ra, xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar soni jami 4575 tani, shundan faoliyat olib borayotgan korxonalar soni 4203 tani tashkil etgan. Faoliyat olib borayotgan qo’shma korxonalarning 1600 tasi tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanayotgan korxonalar hisoblanadi. Yurtimizda o’tkazilayotgan innovatsion siyosat jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiya jarayonining faqat davlatning tarkibiy tuzilishi bo’yicha emas, balki xususiy sektor darajasida ham jadallashuvini nazarda tutadi. Mamlakat siyosati innovatsion tadbirkorlik aktivizatsiyasining samarali shakllaridan foydalanishni oldindan belgilashi va ayniqsa, moliyaviy sanoat guruhlarining va xoldinglaming funksionirovka mexanizimi innovatsion faoliyat bilan shug'ullanuvchi yirik strukturalarni qo'llab-quwatlashi bilan birga kichik innovatsion tadbirkorlikning ham shakllantirishi lozim. Bugungi kunda 90% ga yaqin innovtsion faoliyat subyektlari davlatga qarashli boimagan sektorga tegishli. Shunisi tushunarliki, mamlakat o'z zimmasiga innovatsion faoliyatni innovatsion ta'minlanishini ololmaydi. Biroq mamlakat davlatga qarashli bo'lmagan investitsion korparatsiya, banklar investitsion resurslarni mobilizatsiya qilish va ularni mamlakat uchun ahamiyatliroq realizatsiyasiga yo'naltirishi mumkin va kerak. 80-yillarga kelib, AQSH va boshqa G'arbiy davlatlarda kichik biznes innovatsion mexanizimning eng muhim komponenti, uzoq muddatga iqtisodiyotning gullab yashnashiga olib keluvchi investitsiya obyekti, deb tan olindi.
Innovatsion faoliyatining rivojlanishi uchun quyidagi jihatlarni belgilash lozim:

  • intellektual shaxsiylikni huquqiy qo'riqlash sistemasini yaratish O'zbekistonda tugallanmagan;

  • mamlakatning «Tovar belgisi va patentlar» bo'yicha O'zbekiston agentligining yuqori patentli to'loyini shakllantirishi to'g'risidagi qonuniga ko'ra sud tartibida tortishuv savollarining yechilishiga O'zbekiston fuqarolarining konstitutsion huquqini amalga oshirilishini ta'minlash;

  • mamlakatning federal budjet vositalaridan yaratilgan intellektual shaxsiylik obyektiari va ular bilan bog'liq texnologiyalarga bo'lgan aniqiik yo'qiigidan sanoat innovatsiyasining rivojlanishi oqsamoqda;

  • haligacha biznesda kashfiyotchilik bazasida oldi texnologiyalaridan foydalanish stimulirovaniyasining tashkiliy-huquqiy mexanizimi yaratilmagan, shuningdek, kichik tadbirkorlik sohasida ham O'zbekiston fuqarolarining intellektual shaxsiylik sohasida yaratuvchanligining rivojlanishini va kashfiyotchiligini rag'batlantirish siyosatining sustligi.

Respublikada davlat boshqaruvi vakolatlarini cheklash va vazifalarni nomarkazlashtirish bir necha yo'nalishlar bo'yicha amalga oshirilmoqda:

  • bir paytning o'zida tarmoq boshqaruvidan funksional boshqaruvga o'tishninazarda tutuvchi gorizontal nomarkazlashtirish:

  • davlat va xo'jalik boshqaruvi vazifalarining boiinishi, bosqichma-bosqich tarzda tegishli xo'jalik birlashmalarini nazorat ishlaridan ozod qilinishi;

  • vertikal tarmoq dekonsenratsiyasi. Bu jarayon respublika organlari vazifalarining bir qismini quyi tuzilmalariga, jumladan, xususiy sektorga berish orqali amalga oshiriladi;

  • resurslarning markazlashtirilgan taqsimotini butunlay tugatish, mavjud taqsimlash tizimini bekor qilmasdan davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining korxonalar faoliyatiga aralashuvini nomarkazlashtirib va qisqartirib bo'lmaydi;

  • vazifalarning bir qismini respublika markazidan joylardagi davlat boshqaruvi organlariga o'tkazish. Hozirda mintaqalar mamlakatimizning ijtimoiyiqtisodiy hayotida tobora faol subyekti bo'lib bormoqda;

  • davlat hokirniyati vazifalarini fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlariga berish.

Innovatsion faoliyatning samaradorligi uning boshqaruvi bilan bog’liqdir. Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida innovatsion siyosat o’tkazilishi yo’lida amalga oshirilayotgan ishlar maqtovga sazovordir. Respublikada innovatsion loyihalar doirasida energiya va resurslarning tejamkor texnologiyalarini o’zlashtirish va fan sig’imi yuqori bo’lgan mahsulot turlarini ishlab chiqarishni takomillashtirishga yo’naltirilgan loyihalarga bo’lgan e’tib alohida ahamiyatga egadir. Shu davr ichida «O’zkimyosanoat» DAKga sanoatda qo’llash uchun 23 ta texnologiya va ishlanmalar topshirildi. Mazkur texnologiya ishlanmalarni «O’zkimyosanoat» DAK tasarrufidagi korxonalarda o’zlashtirish maqsadida bir necha bosqichli innovatsiya mexanizmi ishlab chiqildi.18 Natijada Samarqand kimyo zavodida mahalliy xom ashyodan yangi nitrokalts fosfatli o’g’it ishlab chiqarish texnologiyasi o’zlashtiriddi. Zavodda mavjud bo’lgan texnologak uskunalar bilan bir qatorda yangi ishlangan uskunalar asosida o’g’it ishlab chiqaruvchi sanoat tizimi ishga tushirildi. Natijada o’g’itning ozuqalik darajasi superfosfatnikiga nisbatan ikki marotaba yuqori bo’lishiga erishildi. Nitrokaltsiy fosfatli o’g’itni ishlab chiqarishning bir yillik quvvatini ming tonnaga etkazishga erishiddi. Bu innovatsion yangilik respublikada qurish zarur bo’lgan oltingugurt ishlab chiqarish korxonasini qurish shart emasligi sababli katta miqdorda valyuta va moddiy boyliklarni tejashni ta’minladi. Innovatsion yangiliklardan yana biri - bu Olmaliq tog’-metallurgaya kombinati faoliyati natijasida 12 mln. tonna yig’ilib qolgan chiqindini qayta ishlash loyihasidir.19 Buni amalga oshirish asosida qo’shimcha turli rangli metallar olinib va ekologik muhitni yaxshilash mumkin.
Ilmiy tadqiqotlar ko’rsatishi bo’yicha bu chiqindilar tarkibida 30-35 foiz temir, 11,5 foiz mis, 30-35 foiz kremniy dioksidi va 0,4-0,6 g/t oltin borligi aniqlangan. OTMKning mis zavodida chiqindilardan ferrosilitsiy, rangli va qimmatbaho metallarni ajratib olish texnologiyasi ishga tushirildi. Natijada 1 tonna chiqindidan 286 kg temir, 359, kg kremniy dioksidi va 30 kg mis ajratib olindi. Og’ir metallurgiya sanoati uchun zarur bo’lgan oyiga 5 tonna 20 rusumli ferrositsiliy qorishmasi ishlab chiqarish texnologiyasi o’zlashtirildi. Iqsodiy samaradorlik 5 tonna olingan mahsulotdan 12 mln. so’mni tashkil etdi. Energetika sanoati respublika iqtisodiyotining asosiy tarmoqdaridan biri hisoblanadi. Bu sanoat korxonalari atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalardan hisoblanadi. Jumladan, Angren GRESi 42 yildan ortiq faoliyat olib borishi davrida 15 mln. tonnadan ortiq kul chiqindilarini chiqarishi atrof-muhitning ifloslanishiga olib kelmoqda. O’tkazilgan innovatsion tadqiqotlar asosida kulning tarkibida 35 foizgacha temir va alyuminiy qotishmalari, 20 foizdan ortiq kaltsiy oksidi borligi aniqlangan va chiqindilarni qayta ishlash va ulardan metall qorishmalarini ajratib olish quvvati 100 kg/soat bo’lgan qurilma texnologiyasi yaratildi va ishlab chiqarishga joriy etildi. Natijada 100 kg chiqindi-kul tarkibida 90,9 foiz temir elementi bo’lgan, GOST 1412-85, 1415-83, 1583-93 talabiga mos keladigan 55 kg qorishmalar olingan va yillik iqtisodiy samaradorlik 15,4 mln. so’mni tashkil
qildi.20
Andijon viloyatida to’qimachilik korxonalarida yiliga hosil bo’layotgan 500 tonna chiqindini qayta ishlash maqsadida quvvati yiliga 700 ming kv.metr noto’qima mato ishlab chiqaradigan texnologik tizim ishga tushirildi.
Qishloq xo’jaligi sohasida olib borilayotgan innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlari asosan qurg’oqchilikka chidamli va yuqori hosilli paxta navlarini ishlab chiqarishga yo’naltirilgan. Natijada g’o’zaning yangi «Denov» navi yaratilib, Surxondaryo viloyatining sho’rlanish darajasi yuqori bo’lgan erlarida davlat sinovidan o’tkazildi. Sinovlar natijalariga ko’ra, bu navning suv iste’mol qilishi boshqa navlarga nisbatan 30-35 foiz kamdir.
Innovatsion investitsiyalashtirish faoliyatini rivojlantirish tibbiyot va farmakologiya sohasida alohida ahamiyatga ega. Andijon tibbiyot institutida anemiya kasalligini davolashda qo’llaniladigan mahalliy «Gemalin» preparatini ishlab chiqarish texnologiyasi yo’lga qo’yildi. Ishlab chiqarilgan 10,5 ming flakon «Gemalin» preparati yordamida 3500 nafar anemiya bilan kasal bo’lgan bemorlar davolandilar. Natijada davolash uchun ketadigan xarajatlar o’rtacha 35-40 foizga kamayishi xisobiga 52 mln. so’mdan ortiq moddiy mablag’ tejab qolindi.
Mamlakat miqyosida innovatsion faoliyat bozor talablarini e’tiborga olgan holda iqgisodiyotning barcha tarmoqlarini qamrab olishi zarur. Aks hodda soha va tarmoqlarni samarali rivojlantirish uchun zarur bo’lgan miqdorda foydani olishga erishish qiyin muammo bo’lishi bilan birga ishlab chiqarish jarayonini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish shaklida olib borishga salbiy ta’sir etadi.
Hozirgi iqgisodiy sharoitda innovatsiya faoliyatini rivojlantirishda ma’lum darajada tashkiliy iqtisodiy qiyinchiliklar mavjud, bular quyidagilardan iborat:

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalanmasliklari oqibatida innovatsiya faoliyatini rivojlantirish uchun zarur bo’lgan xususiy mablag’larning etishmasligi;

  • korxonalarda innovatsion faoliyat bilan shug’ullanuvchi maxsus

bo’limlarning yo’qligi;

  • innovatsiya faoliyatini olib borish uchun zarur bo’lgan nazariy va amaliy jihatdan boy tajribalarga ega bo’lgan malakali kadrlarning etishmasligi;

  • innovatsiya faoliyatini olib borish uchun maxsus laboratoriya, ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan jihozlarning etishmasligi;

  • xorijiy mamlakatlardan innovatsion mahsulotlarning kirib kelishi respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida innovatsion faoliyatni rivojlantirishga salbiy ta’sir ko’rsatishi.

Innovatsiyalarni yaratish uchun ajratilgan mablag’lardan foydalanishni nazorat qilish, undan samarali foydalanish uslublarini takomillashtirish, innovatsiya ishlarini olib boruvchi sub’ektlar o’rtasidagi munosabatlarni takomillashtirish ularning manfaatdorligi va javobgarligi bilan bog’liq.
Yuqorida qayd etib o’tganimizdagidek, innovatsion faoliyat ytarli darajada investitsiya mablag’lari bilan ta’minlanish darajasiga bog’liq. Bu muammoni hal etish, respublikada ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish uchun imtiyozli innovatsion kredit mablag’larini beruvchi innovatsion bank tizimini tashkil etish hozirgi davr talabiga javob beradi, deb hisoblaymiz.

Yüklə 389,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin