Kirish. Kimyo o'qitish metodikasi fani, vazifalari



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə15/61
tarix09.12.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#73307
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61
dokumen.tips 1-mavzu-kirish-kimyo-oqitish-metodikasi-fani-vazifalari

8-SINFDA

    • formulalar bo'yicha moddalarning molekulyar og’irligini va modda tarkibidagi elementlarni nisbatlarini hisoblab topish;

    • moddalar qanday og'irlik nisbatlarda o'zaro ta'sir etilishi va qanday og'irlik nisbatlarda hosil bo'lishini reaksiya tenglamasi bo'yicha hisoblab topish;

    • berilgan foiz konzentraziyalar ma'lum miqdor eritma tayyorlash uchun kerak bo'ladigan erituvchi va eritiladigan modda miqdorlarini hisoblab topish;

    • ma'lum konzentraziyali ma'lum miqdor eritma tarkibidagi erigan modda miqdorini hisoblab topish;

    • kimyoviy birikmalar tarkibida necha foizdan elementlar borligini birikma formulasi bo'yicha hisoblab topish;

    • moddaning ma’lum miqdoridan hosil qilinishi mumkin bo'lgan mahsulot miqdorini shu modda formulasi bo'yicha hisoblab topish;

    • ko'rsatilgan moddadan ma'lum miqdorda hosil qilish uchun kerak bo'ladigan moddalarning miqdorini va moddaning ma'lum miqdoridan hosil qilinishi mumkin bo'lgan modda miqdorini reaksiya tenglamalari bo'yicha hisoblab topish.

9-SINFDA

    • moddalarning nazariy yo'l bilan hisoblab topilganiga nisbatan necha foiz chiqishini aniqlash;

    • reaksiya uchun moddaning biri ortiqcha olingan bo'lsa, reaksiya natijasida hosil bo'lgan mahsulot tarkibiga kiradigan moddaning miqdorini aniqlash;

    • tarkibida ma'lum foiz qo'shimcha bo'lgan moddalardan hosil qilinadigan moddaning miqdorini aniqlash.

10-SINFDA

    • modda tarkibidan elementlarning foiz bilan ifodalangan miqdoriga asoslanib, bu moddaning eng oddiy formulasini topish;

    • moddaning gazsimon holatidan zichligi ma'lum bo'lgan taqdirda uning molekulyar og'irligini topish;

    • modda tarkibidagi elementlarning foiz bilan ifodalangan miqdorlari va uning gazsimon holatidagi zichligi ma'lum bo'lgan taqdirda, shu moddaning molekulyar formulasini topish;

    • moddaning kimyoviy formulasi bo'yicha uning zichligini topish;

    • ma'lum og'irlik miqdordagi gazning normal sharoitda egallashi mumkin bo'lgan hajmini topish;

    • ma'lum miqdordagi moddalar o'zaro ta'sir etganda hosil bo'ladigan gazning normal sharoitdagi hajmini hisoblab topish;

    • aytilgan moddadan ma'lum miqdorda hosil qilish uchun zarur bo'lgan gaz xajmini xisoblab topish.

KITOB BILAN ISHLASH.
Insoniyat tomonidan to'plangan bilimlarni asosan adabiyot o'qish yo'li bilan bilib oladi. Kimyo o'qitish jarayonida ham o'quvchilarni kitob bilan mustaqil ishlashga o'rgatish kerakdir. Bunda darslik bilan ishlashning sinfda hamda uyda ishlash yo'llarini o'rgatish kerak. Dars davomida kitobdagi shu masalaga oid hamma narsani emas balki eng muximini o'qituvchining yordami talab qilinadigan eng qiyinlarinigina bayon etish va shu bilan tajribalar uchungina emas, o'quvchilarning darslik bilan mustaqil ishlashi uchun ham vaqt qoldirish lozim. O'quvchilarga darslikdan tasviriy materialdan ishlab chiqarish protsesslarining sxemalaridan, kimyoning amaliy hayotda ishlatilishi to'g'risidagi ma'lumotlardan., laboratoriya ishlarining tafsilotlaridan, takrorlash uchun berilgan savollardan mashq va misollardan mustaqil suratda foydalanishni taklif etish kerak.
O'quvchilarga quyidagicha topshiriqlar berish lozim:

    • sinfda tushuntirib berilmagan materialni darslikdan foydalanib bilib olish;

    • tegishli rasmlar, diagrammalar va sxemalar chizib, ularni tushuntirib berish;

    • darslikdagi mashqlarni bajarish;

    • mavzu oxirida berilgan savollarga javob qaytarish;

    • darslikdan asosiy kimyoviy tushunchalarni topish, ularni faktik material bilan konkretlashtirish;

    • darslikdagi materialdan foydalanib amaliy mashg'ulotlarga tayyorlanish va boshqalar.

Darslik bilan ishlash o'qituvchining bevosita rahbarligi ostida qilinadigan ishdan sekin-asta o'quvchilarning mustaqil ishlashiga aylanishi lozim.
O'quvchilarning fan ko'rsatkichlaridan, maxsus spravochniklardan, jadvallardan (moddalarning eruvchanligi, metallarning faolligi qatori, elementlar davriy sistemasi va jadvali va xokazo) o'quv dasturida ko'rsatilgan eng muhim hozirgi zamon ishlab chiqarishlar sxemalaridan foydalanishga ham o'rgatish kerak, bu ularning amaliy hayotida ham kerak bo'ladi.
OLINGAN BILIMLARNI PUXTALASH.
Maktab vazifalaridan asosiysi o'quvchi tomonidan har qaysi fan asoslarini mustahkam va puxta o'zlashtirishini so'zsiz ta'minlash vazifasi turadi. O'quvchilar bilimlarining puxta bo'lmasligiga sabab ko'pincha o'qituvchi faoliyati, ta'lim-tarbiya jarayonining yomon tashkil etilishi sabablidir. O'quvchilarga bilimni puxta berish uchun umumpedagogik prinsiplarga amal qilinadi:yangi materialni o'rganish, ayni zamonda ilgari o'rganilgan materialni takrorlash va puxtalashdir. Ilg'or o'qituvchilar kimyo kursining boshidayoq o'quvchilardan har qaysi o'quv yilida qanday asosiy tushunchalarni va qanday chuqurlikda talab qilish kerakligini rejalab oladilar. Ular o'quvchilarda har bir kimyoviy tushunchani hosil qilish o'zaro uzviy bog'langan ketma-ket bir qator bosqichlardan iborat jarayonlardir, ayni tushunchani hosil qilishda, bilimning oldingi bosqichi puxta o'zlashtirilgandagina undan keyingi bosqichga o'tish mumkin deb hisoblaydilar.
O'quv materialini takrorlash vaqtida o'quvchilarga ma'lum bo'lgan barcha kimyoviy tushunchalarni ancha yoqori darajaga ko'tarish – ularning yangi tomonlari va bog'lanishlarini ko'rsatish kerak. Shunday qilib o'qituvchi o'quv materiallarning puxta o'zlashtirish maqsadida:

    • maxsus takrorlash bilan butun ta'lim-tarbiya jarayonini shunday tashkil etishi kerakki, yangi materialni o'rganish o'quvchilar uchun ma'lum bo'lgan material bilan hamma vaqt chambarchas bog'langan holda olib borilishi lozim;

    • bilimlarni imkon boricha tushuntirish va sekin-asta kimyoviy tushunchalar hosil qilish yo'lida og'ishmay ishlashi kerak

DAFTARGA YOZIB BORISH
Yozuvlar qisqa bo'lishini, darsliklardagilar takrorlanmasligi, dastur talablaridan chetga chiqmasligi lozim. Yozuvlarda asosiy e'tiborni rasmga, formulalarga hamda reaksiyaga va tenglamalariga qaratish kerak. Bilim olish yozuvni kamaytirilishiga olib borsin. Mashqlar, masalalar, laboratoriya ishlari, amaliy mashg'ulotlar, tajribalar, muhim moddalarning qisqacha tavsifi yozilishi lozim. Dars rejasi ham yozilishi kerak. 7-sinfda daftarda yoziladigan narsalarni o'qituvchi aytib turadi, sinf doskasiga ham yozib yozdiradi. 8-9 sinf o'quvchilari sekin-asta mustaqil suratda yozishga o'tadilar. Daftarning so'ngi betlariga eng muhim kimyoviy tushunchalar va kimyoviy terminlarning ta'riflari yozib borilsa ma'quldir. O'quvchilar grafikli chizish bo'yicha ham savodli bo'lishlari kerak. Rasmni chizishda geometrik proekziya usulidan foydalanish kerak, har qaysi fanni ma'lum izchillikda-bosqichlar bilan chizishga o'rgatish kerak.



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin