Tayanch iboralar: Dars borishi illyustratziya, evristik uslublar. Bayon etish, suhbat, eksrursiya, eksperiment, laboratoriya ishi, amaliy mashg'ulotlar. Tajriba. Masalalar. Kitob,daftar.
KIMYO O'QITISH PRINSIPLARI.
fikrlash protsessi xilma-xil nerv bog'lanishlarining hosil bo'lishiga asoslanadi;
o'quvchilarning bilish qobiliyati o'ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega;
o'qitishning birinchi bosqichida o'qituvchining vazifasi o'quvchilarda muayyan qo'zg'atuvchilar (moddalarning o'zi va hodisalar yoki ular to'g'risida og'zaki aytilgan axborotlar) tomonidan vujudga keltirilgan tuyg'ularni idrok darajasiga ko'tarishdek o'quvchilar miyasida ularni boshqa, ilgari hosil qilingan tuyg'u va idroklar bilan bog'lab, umumiy tafakkur protsessiga qo'shib yoborishdan iboratdir;
o'qituvchining o'qitish protsessining ikkinchi bosqichidagi vazifasi, asosan, o'quvchilarda hosil bo'lgan tasavvur va tushunchalarni anglatishdan, o'quv materialining yozaki o'zlashtirishining oldini olishdan iboratdir;
bilimlarni yaxshi tushuntirish va chuqurlashtirish;
o'quvchilarning bilimlaridagi formalizm degan iborani bilimlarning ifodasini ularning mazmunidan ajralib qolishi deb, o'quv materialini aniq tushunmay, mexanik suratda esda qoldirish deb tushunmoq kerak;
o'quvchilar bilimining formal bo'lishi maktabda ta'lim-tarbiya protsessining noto'g'ri qo'yilganligi oqibatidir;
tushunchalar hosil qilish protsessida eng asosiy momentlar-idrok etish, tushunib olish, puxtalash va tadbiq etishdir.
KIMYO O'QITISH MeTODLARI Metod bu "yo'l" demakdir va u dogmatik, illuostrativ, evristik bo'lishi mumkin. O'qitishning dogmatik metodi o'qituvchining materialni og'zaki, ko'rsatma vositalaridan foydalanmay dalil isbotsiz va faqat o'quvchilarni bu materialni takrorlashga va yod olishgagina jalb etish bilan bayon qilishdan iborat.
Illuostrativ metod ham tayyor bilimlar metodidir:illuostrativ metod dogmatik metoddan o'quv materialini dalil isbotlar bilan, ko'rsatmali qurollardan foydalanib bayon etadi. Evristik metod esa asosan o'quvchilarning o'zlari qiladigan ish asosida tuziladi, o'quvchining bevosita rahbarligi ostida o'zlari hal etadilar o'zlaricha kashfiyot qiladilar. Bu metodning "evristik" degan nomi yoki boshqacha qilib aytganda "tadqiqot" metodi degan nomi ham ana shundan kelib chiqqan.
Kimyo o'qituvchisidan o'quv materialini o'zi ham bayon etishi, o'quvchilarni ham mustaqil ishlashga o'rgatish talab etiladi. Xuddi shu talabga muvofiq kimyo o'qitish metodlari 2 ga bo'linadi:
a)bayon etish metodlari; b) mustaqil ishlash metodlari
Maktablarda eng ko'p qo'llaniladigan metodlar:
O'qituvchining o'quv materialini bayon etish metodi, bunda so'zlab berish, lekziyalar, suhbatlar, ekskursiyalar, demonstratsion tajribalarlar va ko'rsatmali o'qitishning boshqa vositalaridan foydalanish.
Mustaqil ishlash metodlari-laboratoriya ishlari, amaliy mashg'ulotlar, kimyodan masalalar yechish va adabiyot bilan ishlash.