Kirish 3 I bob. O‘zbekiston respublikasida jismoniy madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi 5



Yüklə 48,69 Kb.
səhifə13/14
tarix26.10.2023
ölçüsü48,69 Kb.
#161454
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Kurs ishi namuna-2023 (1)

Laboratoriya eksperimentida shug‘ullanuvchilar kundalikhayotiy sharoitda amaliyotida kam uchraydiganholatda tajriba o‘tkazadi. Masalan, jismoniy tayyorgarligi teng ikki guruh olinib, ulardan birining mashg‘uloti laboratoriyada, ikkinchi-siniki esa oddiy tabiiy sharoitda olib boriladi. Bu tajribaning qulayligi
tajribaning laboratoriya sharoitida yangitdan takrorlay olish mumkin ekanligidadir. Usuliyatni salbiy tomoni tajriba o‘tkazuvchining tajribada aynan ishti-roki bo‘lib, oboektiv bo‘lmagan yakuniy xulosalargaham olib kelishi mumkin.
  1. Matematik hisoblash ilmiy tadqiqot uslubiyati


Keyingi yillarda biologiya va pedagogika fanlarida tadqiqotning matematikhisoblsh usuliyatlaridan keng foydala-nilmoqda.
Hamma voqealarning, atrofimizni o‘rab olganhar qanday jarayonlarning ikki tomoni sifat va miqdor tomoni bo‘ladi. Ma’lumki, matematika voqelarning abstrakt shakldagi miqdor tomonini o‘rganadi. Shuning uchunham matematik usuliyatlardan foydalanishdan voz kechish tadqiqotchini masalaning faqatgina bir tomonini sifat tomoninigina o‘rganishga, uni to‘la o‘rgana olmaslika mahkum etadi. Bunday yarim-yorti yondashish tadqiq etiladigan muammoni aniqlab tadqiqotni boshlanish etapida yo‘l qo‘yilishi mumkin xolos. Ilmiy tadqiqothali aniqlnmagan taqdirdagina mumkin, lekin olib borishda voqealarning barcha tomonlarini, jumladan miqdor tomonla-riniham tadqiq etish muammosi turadi.
«Fan matematikadan foydalanishga muyassar bo‘lgandagina takomiliga yetadi» - degan edi Polp Lafarg. Shunga ko‘ra jismoniy tarbiya nazariyasining tadqotlarida keyinga yillarda matematika fanlaridan foydalanilmoqda, lekinhozirgi paytda asosan matematik statistika ilmiy tadqiqot jarayoniga muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Matematik statistikadan biologiya masalalarinihal etishda o‘ziga xos ravishda qo‘llanilib bometriya yoki variatsion statistika orqali amalga oshiriladi.
Tadqiqot natijasida olingan materiallar tadqiqotning son va miqdor jihatlarini mujassamlashtiradi. Raqamlar, ko‘rsatkichlarni aniqligi tadqiqotchiga matematik jihatdan to‘g‘ri va aniq fikrlar, mulohazalar chiqarishga, tadqiqot jarayoni bo‘yicha taqqoslash, umumlashtirish, aniq xulosalar chiqarishga yordam beradi.
Agarda suzuvchilar yoxud basketbolchilarning eksperimental va kontrol guruhlarni yig‘ib ularni kuch talab qiladigan mashqlar bilan shug‘llanish mashg‘ulotlarining samaradorligi tadqiq qilinsa, shug‘ullanuvchilarning jinsi,
yoshi, sport maho-rati darajasiga qarab nazariy fikrlarni amaldagiholatihaqida aniq Ma’lumotlar tayyorlash mumkin. Shuning uchun matematika fanining matematik statistikasi jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatihamda qator sport fanlarining nazariyasi va usuliyatida ilmiy amaliy masalalarni ijobiyhal qilish, o‘quv tarbiya va sport trenirovkasi jarayoni takomil-lashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ilmiy tadqiqot usuliyatlari doimiy bo‘lmay ular o‘z o‘rinlarini yangi va progressiv tadqiqot uslubiyatlariga bo‘shatib beradi. Barcha fanlar qatori jismoniy tarbiya fanining rivoji ko‘p jihatdan ilmiy tadqiqot usuliyatla-rining rivojlanganligi natijalariga bog‘liqdir12.




12 Salomov R.S. “Jismoniy madaniyat nazariyasiga kirish”, o‘quv qo‘llanma T.: O‘zDJTI nashriyoti 2019 y.

Yüklə 48,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin