jismoniy tarbiya va sport sohasini tashkil etish va boshqarish tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qonunchilikni yanada takomillashtirish;
jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport komplekslarini qurish, ularni zamonaviy sport
1 Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “Oʼzbekiston”, 2017
uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, mazkur sohada xususiy sektorni rivojlantirish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy jihatdan qo‘llab- quvvatlash, sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan ta’minlash;
Kursishiningob’ektini: Oliy ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya o'quv ishlarini rejalashtirish
Kurs ishining predmeti: - Oliy ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya o'quv ishlarini rejalashtirish va usullari.
Kurs ishining ilmiy ahamiyati: Jismoniy-madaniy, ma’naviy va ommaviy- teatrlashti-rilgan tomoshalarni bir-biri bilan muvofiqlashtirishdan namoyishlar va namoyishkorona chiqishlar vujudga keladi. Ularning tarbiyaviy ahamiyati bepoyondir.
Kursishiningtarkibiytuzilishi: kirish, 2 bob, 4 ta reja, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JISMONIY MADANIYAT TIZIMINI RIVOJLANISHINING UMUMIY TAVSIFI
Jismoniy tarbiya va sport to’grisidagi qonun tahlili
Jismoniy tarbiya aniq bir tizimga tayansagina, oldindan ko‘zlangan natijaga erishiladi.
Jismoniy tarbiya tizimi deganda, jismoniy tarbiyaning tamoyillari, vositalari, metodlari va uni tashkillash shakllarining shunday umumiyligi tushuniladiki, u jamiyat aozosini manan boy vahar tomonlama garmonik rivojlan-tirishning maqsad va vazifalariga mos bo‘lsin (A.D. Novikov 1967).
Vatanimiz mudofaasi masalasiham jamiyatimizda yo‘lga qo‘yilgan jismoniy tarbiya jarayoniga qator talablar qo‘yadiki, bu talabalarni amalga oshirish natijasida jismoniy tarbiya tizimining ob’ektiv xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Mamlaka-timiz xalqlarininghar tomonlama jismoniy tayyorgarligi, jismoniy sifatlarini yaxshi rivojlanganligi Âàòàí mudo-faasiga tayyorgarligining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda jismoniy tarbiyaning maqsadi O‘zbekiston xalqini jismonan kamolotga erishgan, huquqiy davlatning aktiv quruvchilari, ijodiy mehnatga va mudofaasiga tayyor qilib tarbiyalashdir. Bu maqsad mamlakatda jismoniy tarbiyani amalga oshirayotgan barcha tashkilot va muassasalar uchun umumiydir2.
Jismoniy-madaniy, ma’naviy va ommaviy-teatrlashti-rilgan tomoshalarni bir- biri bilan muvofiqlashtirishdan namoyishlar va namoyishkorona chiqishlar vujudga keladi. Ularning tarbiyaviy ahamiyati bepoyondir.
Jismoniy madaniyatni klassifikatsiyalash katta ahamiyaga egadir. U jamiyatda jismoniy madaniyatdan maqsadga muvofiq foydalanishni, uning qaysi yo‘ldan ketayotganligi, yo‘nali-shini, jismoniy tarbiya amaliyoti, vazifalarinihal qilish uchun tavsiya etilgan uning xilma-xil turlari imkoniyatlarini anglashga yordam beradi. Agarda maktabda jismoniy bilim (ma’lumot), umumiy jismoniy
2 Salomov R.S. “Jismoniy madaniyat nazariyasiga kirish”, o‘quv qo‘llanma T.: O‘zDJTI nashriyoti 2019 y.
tayyorgarlik berish vazifalarihal qilinsa, uninghayoti davomida foydalanadigan jismoniy madaniyatning bazasi yaratiladi. Madaniyatning boshqa barcha turlari qayd qilingan vazifalarni yechishi mumkin bo‘lsa-da, inson jismi madaniyati uchun o‘rnini almashtira olmaydi.
Jamiyatda jismoniy madaniyatning rivojlanganlik dara-jasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi:
jamiyat aozolarining kundalik turmushga jismoniy madaniyatning singdirilganligi darajasi bilan;
jamiyat aozolarining salomatligi va jismoniy tayyor-garligi bilan;
jismi madaniyatining mashg‘ulotlarining moddiy-texnik ta’minlanganligi va ularni sifati bilan;
jismoniy madaniyatga rahbarlik qilayotgan xodimlar-ning doimiy tarkibi (shtati), kvalifikatsiyasi va faolligi va iqtidori bilan;
-jamiyat aozolarining sportdagi natijalari bilan baho-lanadi.
Mamlakatimiz mustaqilligi, jamiyatimizdagi kechayotgan ijtimoiy, iqtisodiy islohotlar yurtimiz farzandlarining jisman kamolotga erishgan bo‘lishi kerakligi talabini qo‘ymoqda.har bir millat, elat o‘zining paxlavonlari, jismo-nan barkamol o‘g‘lonlari bilan faxrlanishgan. O‘z farzand-larini xalq og‘zaki ijodidagi Alpomish, Rustam, Go‘ro‘g‘li, Barchinoy kabi jisman va manan shakllangan bo‘lishlarini orzu qilganlar.