KIRISH 3 I BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JISMONIY MADANIYAT TIZIMINI RIVOJLANISHINING UMUMIY TAVSIFI 5 Jismoniy tarbiya va sport to’grisidagi qonun tahlili 5
Jismoniy tarbiya tizimining g‘oyaviyligi 11
II BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING JISMONIY MADANIYAT VA SPORT BO‘YICHA QABUL QILGAN HUJJATLARINING AHAMIYATI 13 Jismoniy madaniyatning jamiyatdagi vazifalari va shakllari 13
Jismoniy tarbiya nazariyasi bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqot uslublari 26
XULOSA 32 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 33
KIRISH
Mavzuni dolzarbligi: Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari jarayonida ta’lim berishning xususiyatlarining maqsadi o’quvchi va talabalarni organizmini jismoniy rivojlantirish va sog’lom turmush tarzi kechirish talablariga o’rgatishdan iborat bo’ladi. Shu bilan birga jismoniy tarbiya sport va sog’lomlashtirish tadbirlari mutaxassislik mashg’ulotlarini ijobiy o’zlashtirishga katta yordam beradi. O’quvchi va talabalar jismoniy tarbiya tadbirlari ertalabki badantarbiya, jismoniy tarbiya darslari, sport to’garak mashg’ulotlari, sport sog’lomlashtirish musobaqalari va bayramlari shakllarida bo’ladi. Ertalabki badantarbiya mashg’ulotlari talabalar yotoqxonasida ommaviy holda, yashash oylari va oilada mustaqil holda bajariladi. Ilmiy ish xozirgi kunda ilk bor qilinayotgan ishlardan bo’lib unda o’quvchi va talabalarning jismoniy tarbiya va sport, sog’lomlashtirish tadbirlarining yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashdagi axamiyati taxlil etiladi. Bu jarayonni takomillashtirish shakllari o’rganib chiqiladi1.
Kurs ishining maqsadi: Mazkur sohada to‘planib qolgan muammolarni hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi tasdiqlanib, unga muvofiq keng ko‘lamli, aniq maqsadli ishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.