Kesarcha kesish — ko’rsatmalar, kamchilik va afzalliklari, asoratlari, tavsiyalar Kesarcha kesish



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə7/9
tarix01.01.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#50819
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kesarcha kesish(2)

Operatsiyadan keyin

Operatsiyadan keyingi bir sutka davomida ayolning holati tunu-kun nazorat ostida bo’ladi. Bachadon qisqarishiga yordam berish va qonni to’xtatish uchun qoringa muz solingan xaltacha qo’yiladi, shuningdek og’riq qoldiruvchi, bachadon qisqarishiga va oshoqozon-ichak trakti faoliyatining tiklanishiga yordam beruvchi preparatlar belgilanadi. Ba’zan antibiotiklar tayinlanishi mumkin.

Hozirgi kunda, agar qon ketish davom etmasa, vena ichiga suyuqliklar quyish kerak emas va bu hatto zararli deb hisoblanadi, chunki ortiqcha suyuqlik ichak devori shishini chaqiradi. Og’riqsizlantirish yetarli bo’lganida maksimal erta faollashuv (operatsiyadan 4-6 soatgacha bo’lgan vaqtgacha), suyuqlik va oziq-ovqat iste’molining erta boshlanishi (Fast Track Recovery konsepsiyasi) operatsiyadan keyingi reabilitatsiya vaqtini qisqartirishi va asoratlarni bir necha marta kamaytirishi isbotlangan. Bachadonning qisqarishi va laktatsiya jarayonini rag’batlantirish uchun chaqaloqni erta ko’krakka qo’yish ayniqsa muhimdir.

Onaga oldindan operatsiyadan keyin taqish uchun mo’ljallangan bandaj sotib olish tavsiya etiladi, u dastlabki kunlarda yurish, yotish va o’rindan turishda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarni ancha yengillashtiradi.

Taomnoma birinchi kun asosan suyuqliklardan iborat bo’ladi, ikkinchi kun suyuq ovqatlarga (bulyon, bo’tqalar va shu kabilar) ruxsat beriladi. Hammasi rejadagidek ketsa, uchunchi kun ona emizikli onalar uchun odatiy bo’lgan to’laqonli ratsionga o’tadi. Ko’pchilik onalar tug’ruqdan keyin qabziyatdan shikoyat qilganliklari bois, iloji bo’lsa yana bir necha kun qattiq ovqatlar iste’mol qilmaslik kerak. Muammo yuzaga kelib bo’lgan bo’lsa, shamchalar, xuqnalar qo’llash, taomnomaga ich yumshatuvchi mahsulotlar (qatiq, quritilgan mevalar va hokazo) kiritish mumkin.

Jinsiy hayotga kamida bir yarim oydan keyin qaytish tavsiya etiladi. Kontraseptsiya esdan chiqarilmaslik kerak. Mutaxassislar keyingi homiladorlikni ikki yil o’tgach rejalashtirishni tavsiya etadilar, bu nafaqat operatsiya bilan bog’liq, bunday muddat tabiiy tuqqan onalarga ham tavsiya etiladi. Bu vaqt ichida ona o’z kuchlarini tiklab oladi.

Ba’zi noto’g’ri fikrlar mavjudligiga qaramasdan, operatsiya o’tkazilganidan keyin ona keyinchalik tabiiy tug’ishi mumkin, faqat oldindan shifokor bilan maslahatlashib olish kerak.




Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin