Kesarcha kesish — ko’rsatmalar, kamchilik va afzalliklari, asoratlari, tavsiyalar Kesarcha kesish



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə6/9
tarix01.01.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#50819
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kesarcha kesish(2)

Operatsiyadan oldin

Operatsiyadan oldin qov sohasi tuklardan tozalanadi va siydik pufagini bo’shatish uchun kateter o’rnatiladi. Bo’sh siydik pufagi bachadonga bosim o’tkazmaydi va natijada bachadon tug’ruqdan keyingi davrda yaxshiroq qisqaradi. Shuningdek operatsiya davomida uning shikastlanishi ehtimoli kamayadi. Anesteziya o’tkazilganidan keyin ayol jarrohlik stoliga yotqiziladi va tananing yuqori qismi parda bilan to’siladi.

Jarroh qov ustida qorin old devorini gorizontal kesadi, favqulodda holatlarda bolani imkon qadar tezroq chiqarib olish uchun kindikdan qovgacha vertikal kesish amalga oshiriladi. Agar kesarcha kesish bilan tugagan oldingi homiladorlikdan qolgan chandiq bo’lsa, yana o’sha joy qayta kesiladi. So’ng jarroh mushaklarni ochadi, siydik pufagini yon tomonga suradi, bachadonni kesadi va homilalik pufagini ochadi. Shifokor chaqaloqni chiqarib oladi va kindikni kesadi, shundan keyin qo’llari bilan yo’ldoshni olib tashlaydi. Bachadon kesmasi tikiladi, qorin devori tiklanadi va teriga chok qo’yiladi. Jarrohlik amaliyoti umumiy 20-40 daqiqa davom etadi, bola operatsiyaning taxminan 10 daqiqasida ona qornidan chiqarib olinadi.

Agar qorin bo’shlig’ining mushak to’qimalariga drenaj qo’yilgan bo’lsa, u operatsiyadan 2-3 kun o’tgach olib tashlanadi, choklar 5-6 kundan keyin.




Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin