Majmua muallifi haqida ma’lumot



Yüklə 197 Kb.
səhifə1/2
tarix02.01.2022
ölçüsü197 Kb.
#37878
  1   2
Kompyuterning apparat ta'minoti


Kompyuterning apparat ta’minoti

Ma’lumki,  axborot  texnologiyalarining  inson  faoliyati  hamma jabxalarga  kirib  borish  jarayoni  borgan  sari  rivojlanib  chuqurlashib bormoqda.  Umumiy  soni,  kо‘p  yuz  milliondan  oshib  ketgan,  keng  tarqalgan shaxsiy  kompyuterlardan  tashqari,  hisoblash  tizimlarining  maxsus vositalari  ham  kо‘payib  bormoqda.  Bu  turli-tuman  hisoblash  texnikasidan foydalanuvchilar  soni  ham  kо‘payib  borayotganini  bildiradi,  bunda  ikki qarama-qarshi  tendensiyani  rivojlanishi  kuzatilmoqda.  Bir  tomondan, axborot  texnologiyalari  borgan  sari  murakkablashmoqda  va  ularni  qо‘llash uchun,  va  ularni  keyingi  rivojlanishi  uchun  juda  chuqur  bilimlar  talab qilinadi.  Boshqa  tomondan,  foydalanuvchilarning  kompyuterlar  bilan muloqati soddalashmoqda. Kompyuterlar va axborot tizimlari borgan sari “dо‘stona”  bо‘lib  bormoqda,  va  hatto  ular  informatika  va  hisoblash texnikasi sohasida mutahassis bо‘lmagan odamlar uchun ham tushunarli bо‘lib bormoqda.  Bu  narsa,  eng  avvalo  foydalanuvchilar  va  ularning  dasturlari, hisoblash texnikasi bilan maxsus (tizimli) dasturiy ta’minot – operatsion tizim orqali muloqat qilganliklari uchungina yuzaga keldi.

Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat, bular texnikaviy ta’minot (hardware) va dasturiy ta`minot (software)lardir.

Texnikaviy ta’minoti — bu kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir.

Hisoblash  tizimi  tarkibi  konfiguratsiya  deb  ataladi.  Odatda hisoblash  texnikasining  apparat  va  dasturiy  vositalari  alohida  olib о‘rganiladi.  Shuning  uchun  ham  mos  ravishda  hisoblash  tizimlari  apparat konfiguratsiyasi  va  dasturiy  konfiguratsiyasi  alohida  olib  о‘rganiladi. Bunday  bо‘linish  axborot  texnologiyalari  uchun  muhim  ahamiyatga  egadir, chunki  kо‘p  xollarda  alohida  olingan  masala  yechimini  ham  apparat,  ham dastur vositalari yordamida ta’minlash mumkin.


Yüklə 197 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin