Guruhi talabasining



Yüklə 92,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix20.12.2023
ölçüsü92,11 Kb.
#187337
  1   2   3   4
boshqaruvmded



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR 
VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZIMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
KIBERXAVFSIZLIK FAKULTETI “ 711-21AXO`” GURUHI 
TALABASINING “BOSHQARUV TAMOYILLARI 
‘’FANIDAN 
 


AMALIY ISHI 
BAJARDI:ZOKIRJANOV D 
TEKSHIRDI
:
PARPIEVA M
Toshkent -2023 


MAVZU:Xalqaro bozorlarda raqobat strategiyasi. (tahlili) 

REJA: 
1.

Xalqaro marketingning asosiy tushunchalari 


2.
Xalqaro bozorning o’ziga xos xususiyatlari
3.
Xalqaro bozorning va tashqi iqtisodiy faoliyatning tashkiliy shakllari
4.
Xalqaro marketingda axborot ta’minoti
5.
Xulosa 
6.
Foydalanilgan adabiyotlar 


Xalqaro marketingning asosiy tushunchalari 
Kundalik hayotda ro’y berayotgan o’zgarishlar sur’ati doimiy tarzda o’sib bormoqda. 
Bugun kechadan, erta esa bugundan ancha farq qiladi. An’anaviy biznes 
strategiyalarning samaradorligi ham pasayib bormoqda, shunday ekan yangi 
strategiyalarni ishlab chiqish talab qilinadi. Kelajakda ham muvaffaqiyatli ish 
yuritishni ko’zlagan kompaniyalar quyidagi uchta xolatga o’z e’tiborlarini qaratishlari 
lozim bo’ladi: - barcha faoliyat turlari va har bir kishining hayotiga nisbatan global 
kuchlar ta’sirining kuchayib borishi; - yetakchi texnologiyalarning rivojlanishi; - 
iqtisodiyot sektorida boshqaruvdan voz kechish tendentsiyasining saqlanib qolishi. 
Bularning barchasi biznes kompaniyalarga yangi, cheklanmagan istiqbollarni ochib 
beradi. Ushbu muammolarga marketingni qanday daxli borligini quyida ko’rib 
chiqamiz. Birinchi navbatda marketing insoniy va ijtimoiy ehtiyojlarni aniqlash va 
qondirish imkonini beradi. Marketingning eng qisqa ta’riflaridan biri quyidagicha: 
«Marketing – bu kompaniyaga foyda keltirgan holda insonlar ehtiyojini qondirishdir». 
Marketing tadbirlari qaysi firma tomonidan o’gkazilishidan qat’iy nazar – «Procter & 
Gamble» kompaniyasi ko’pgina insonlar ortiqcha vaznga ega bo’lgani va bunga 
qaramasdan o’z sevimli taomlaridan voz kecha olmasliklarini payqagan holda ularga 
yangi «Olestra» mahsulotini ishlab chiqdi va taklif qildi; Car Max, foydalanilgan 
avtomobillar xaridorlarining aniqlik va ishonchga intilishlarini sezgan holda ushbu 
guruh mahsulotlari bilan savdo qilishning yangi tizimini yaratdi; yoki IKEA 
kompaniyasi, ko’pgina iste’molchilarning sifatli va arzon mebel mahsulotlariga 
ehtiyojini aniqlab, uni ishlab chiqarish, dizayn va savdosining yangicha tamoyillarini 
ishlab chiqdi. Bularning barchasi, shaxsiy yoki jamiyat ehtiyojlarini qondirish vositasi 
bilan foydali biznes imkoniyatlarini amalga oshirish uchun marketingni qo’llash 
maqsadga muvofiqligini yaqqol namoyon qiladi. Xalqaro marketing faoliyatini 
muvaffaqiyatli amalga oshirish marketing tadqiqotlarining umumiy asoslarini 
o’rganishni taqozo etadi. Shulardan kelib chiqib, xalqaro marketingga ham xos bo’lgan 
asosiy tushunchalar va tamoyillarni ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Marketing 
(inglizcha market–bozor, savdo)-bu ehtiyojlarni yaxshiroq qondirish va foyda olish 
maqsadida, tovarlarni bozorlarda sotish, talabni shakllantirish va tovarlar savdosini 


rag’batlantirish, ayriboshlashni rivojlantirish va tezlashtirish maqsadida amalga 
oshiriladigan tovarlar, xizmatlar, qimmatli qog’ozlar bozoridagi keng miqyosli faoliyat 
turidir. Marketing ishlab chiqarishni bozor talablariga moslashtirishga yo’naltirilgan 
bo’ladi. Umumiy ko’rinishda, marketing quyidagi turlarni o’z ichiga oladi: - tovarni 
ishlab chiqish (sotilayotgan tovar turini aniqlash va ularning tafsiflarini belgilash); - 
bozor tahlili (bozorlar taqsimoti, ustuvor bozorlarni ajratish, bozorni segmentlash); - 
narx strategiyasi va siyosati; - reklama; Marketingning quyidagi turlari tavsifi xalqaro 
marketing maqsadlariga nisbatan mos keladi: - diferrenstiastiyalashgan, bozorni bir 
necha segmentidan foydalanib ularning har biriga alohida taklif bilan chiqishga 
mo’ljallangan; - konversiyaviy, salbiy (manfiy) talabni engib o’tish uchun sharoit 
yaratuvchi; - konstentrastiyalashgan, butun hatti - harakatlarni muayyan alohida 
bozorga qaratuvchi; - ommaviy iste’mol tovarlariga nisbatan qo’llaniladigan; - 
qarshilik qiluvchi, ayrim tovar va xizmatlarga bo’lgan norastional va irrastional talab 
ta’sirini chegaralashga qaratilgan; - rivojlantiruvchi, potenstial talabni real talabga 
aylantirishga yo’naltirilgan; - strategik, firmaning ichki va tashqi imkoniyatlarini 
o’rganish va ulardan foydalanishga asoslangan; - maqsadli, bozorning aniq segmentiga 
yo’naltirilgan; - narx, tovarga narx belgilashga asoslangan. Marketingning asosiy 
atamalari quyidagi tushunchalarni o’z ichiga oladi: zaruriyat, ehtiyoj, talab, tovar, 
ayriboshlash, bitim, bozor va hk. Zaruriyat - inson tomonidan biror - bir narsa 
etishmayotganligini sezish. Inson zaruriyatlari xilma - xil va murakkab bo’ladi. Bular 
jismoniy zaruriyat; xavfsizlikka bo’lgan zaruriyat; ijtimoiy zaruriyat; shaxsiy zaruriyat 
va boshqalar. Ular inson tabiatining birlamchi tarkibiy qismi sanaladi. Inson 
zaruriyatlari, ehtiyojlari va talablari tovarlar bilan qondiriladi. Tovar deganda ehtiyoj 
yoki zaruriyatni qondira oladigan va e’tibor, jalb qilish, foydalanish yoki iste’mol 
maqsadida bozorga taklif qilinadigan narsa tushuniladi. Tovar ishlab chiqaruvchilar o’z 
tovarini sotish uchun xaridorlarni izlashi, ularning ehtiyojlarini aniqlashi va ushbu 
ehtiyojlarni iloji boricha to’laroq qondiradigan tovarlarni ishlab chiqarishlari lozim.
Ehtiyoj - har bir insonning madaniy darajasi va shaxsiyatiga muvofiq o’ziga xos 
shaklni olgan zaruriyatdir. Ehtiyojlarni qondirish maqsadida, ishlab chiqaruvchilar, 
tovarlarga ega bo’lish istagini paydo qilish uchun maqsadli hatti-harakatlarni amalga 


oshiradilar. Talab - xarid qobiliyati bilan ta’minlangan ehtiyoj. Ayriboshlash – bu 
marketingning, ilmiy fan va tadbirkorlik faoliyati sifatidagi, asosiy tushunchasidir. 
Insonlar o’z zaruriyat va talablarini ayirboshlash vositasida qondirishga qaror 
qilgandagina, marketing mavjud bo’ladi. Bitim – bu marketing sohasidagi asosiy 
o’lchov birligi, ikki tomon o’rtasidagi boyliklarning tijorat maqsadida 
ayriboshlanishidir. Bu bir nechta shartlar bajarilishini talab qiladi: ikkita qiymatga ega 
ob’yektlarning mavjudligi; bitimning kelishilgan shartlari, uni amalga oshirish vaqti va 
joyi va h. Bozor – bu: 1. Tovar va xizmatlarni sotish va sotib olish, savdo bitimlarni 
tuzish joyi; 2. Tovar va xizmatlarni ayriboshlash bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar, 
ularning natijasida talab, taklif va narx shakllanadi. Bozor tuzilmasi juda ham turli xil 
bo’lib, ularning turkumlanishi quyidagicha: - sotilayotgan tovar turi bo’yicha; -
hududlarni egallash miqyosi bo’yicha; - raqobat darajasi bo’yicha; -qonuniylik darajasi 
bo’yicha. Marketing amaliyoti rivojlanishining uchta bosqichini ajratish mumkin: 
1.Anterprener (tadbirkorlik) marketingi. Kompaniyalarning ko’pchiligiga, istiqbolda 
paydo bo’layotgan imkoniyatlarni ko’rib va potenstial iste’molchilar e’tiborini 
qozonib, deyarli “xar bir eshikni qoqadigan”, insonlar tomonidan asos solingan. 
2.Doktrinal marketing. Muvaffaqiyatli rivojlanish natijasida har bir kichik kompaniya 
doktrinal, ya’ni qandaydir «universal» shakldagi marketigni qo’llaydi. 3.Interprener 
marketing. Ko’pgina yirik kompaniyalar so’nggi reytinglar, bozor tadqiqotlari 
to’g’risidagi hisobotlarni sinchiklab o’rganib va diler bilan munosabati hamda reklama 
siyosatini batafsil o’ylab chiqqan holda, doktrinal marketing darajasida qolib 
ketaveradilar. Ularda o’z ishiga bo’lgan ijobiy yondashuv sezilmaydi. Bunday 
kompaniyalarning tovar va savdo markalari bo’yicha menejerlari, o’z iste’molchilarini 
saqlab qolish uchun, ularning hayoti bilan yashashni o’rganishi va iste’molchilarni 
qiziqtirishni yangi usullarini o’ylab topishlari lozim bo’ladi 

Yüklə 92,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin