Karfagen Reja: Kirish


Rimliklarning diniy e`tiqodi



Yüklə 30,75 Kb.
səhifə7/8
tarix08.08.2023
ölçüsü30,75 Kb.
#138891
1   2   3   4   5   6   7   8
Karfagen

5. Rimliklarning diniy e`tiqodi. Qadim zamonlarda Italiya aholisi orasida ibtidoiy din shakllari – totemizm, animizm va fetishizm keng yoyilgan edi. Apennin yarimorolining atrofi dengizlar bilan o`rab olingan. Italiya qabilalari, xususan etrusklar dengizda uzoq-yaqin mamlakatlarga o`z kemalarida suzib borganlar. Ular dengizda dahshatli bo`ronlarni, ko`kka sapchigan ulkan to`lqinlarni ko`p marta ko`rganlar va kuzatganlar. Ularning kemalari odamlari bilan ba`zan shunday bo`ron va to`lqinlar natijasida dengiz qa`riga cho`kib nom-nishonsiz yo`qolgan. Dengizchilar ba`zan ulkan sakkizoyoq, akula va boshqa dengiz hayvonlariga ham duch kelib ularga yemish bo`lishgan. Tabiatdagi ko`p narsa va hodisalarning sabablari, sir-asrorlari rimliklarga ma`lum bo`lmagan. Shu tufayli ular bu narsalarda qandaydir, yengib bo`lmas kuch-qudrat bor deb o`ylaganlar. Ulardan qo`rqib, narsa-hodisalarni ilohiylashtira boshlaganlar. Etrusklar e`tiqodiga ko`ra har bir narsa va hodisaning o`z homiysi-xudosi bo`lgan. Ularda Yupiter bosh xudo bo`lib, u hamma xudolar ustidan hukmronlik qilgan. Minerva donishmandlik, Mars Rim homiysi va urush, Vulqon esa temirchi va hunarmandlar homiysi bo`lgan. Rimda yunon xudolariga sig`inish ham kuchli bo`lgan.
Rim saltanati kuchayar ekan, uning mulklari shimoliy Afri-kadan Britaniyagacha, Ispaniyadan Parfiya chegaralarigacha bo`lgan yerlarni o`z ichiga olgan edi. Bu yerdagi elat va qabilalarning e`tiqodi ham turli-tuman edi. Qur`on va Sharq yilnomachilarining ma`lumotlariga ko`ra milodiy birinchi asrning birinchi yilida Palastinda Olloh Bibi Maryamga bir o`g`il ato etadi. Unga Iso deb nom qo`yadilar. U kishining tug`ilgan kuni va yili yangi eraning boshlanishi deb qabul qilingan. Iso ulg`ayib payg`ambarlik darajasiga erishadi. U kishi qishloqma-qishloq, shaharma-shahar yurib, budparastlik va ko`p xudoga sig`inishni qoralab odamlarni yagona Ollohga e`tiqod qilishni targ`ib qiladi. Rivoyat qilishlaricha Iso murdalarni tiriltirar, suvni sharobga aylantirar va har xil mo`jizalar qilishga qodir ulug` zot bo`lgan.
U kishi aslzodalarni, boylarni va mulkdorlarni insof-adolatga, kambag`al va beva-bechoralarga shafqat qilishga chaqiradi. Naql qilishlaricha uning targ`iboti rimliklarga yoqmaydi. Uni but yog`ochiga tortib mixlab tashlaydilar. U azob-uqubat tortib o`ladi. Ammo uch kundan keyin tirilib arshi a`loga chiqib ketadi. U osmonga chiqib ketishi oldidan yerga qaytishini aytib ketgan ekan. Iso yakka-xudolikni targ`ib qilgan payg`ambar sifatida mashhur bo`lgan. I asr oxiri va II asrda Iso haqidagi rivoyatlar yozib olingan bo`lib, bu rivoyatlar yunoncha «Yevangeliye – xushxabar» degan ma`noni bildirgan. Unda Iso va uning hayoti haqida juda ko`p ma`lumotlar bor. Yevangeliyeda oddiy kishilarning manfaatini ifoda etuvchi gaplar mujassam bo`lgani uchun bu din xalq orasida keng tarqalib ketgan.
Iso haqidagi rivoyatlarga ishongan va bu ta`limotni qabul qilgan kishilar o`zlarini xristianlar deb ataganlar. Bu e`tiqod keyinchalik xristianlik deb atalgan. Xristian targ`ibotchilari bu ta`limotni O`rtayer dengizining sharqidagi mamlakatlar bo`ylab targ`ib qilganlar. Isodan keyin xristianlik buzilgan holda Rim saltanati bo`ylab keng tarqala boshlagan. Xristian targ`ibotchilari kishilarni sabr-toqatli va itoatli bo`lishga ham chaqirganlar. Ular: «Qullar xudodan qo`rqing, har sohada xo`jayinlaringizga itoatda bo`ling», – deb ta`lim berganlar. Bu gap aslzoda, badavlat va hukmdorlarga ham ma`qul tushgan. Ular ham xristianlikni qabul qilib, unga e`tiqod qilganlar.
Imperatorlardan Konstantin xristianlikni qabul qilib, uni hukmron din deb e`lon qilgan. Shu tariqa bir vaqtda ta`qibga uchragan xristianlik oshkora dinga aylangan. Konstantin va boylar xristian ibodatxonalarini qurish uchun katta mablag` ajratganlar. Shunday qilib, Rim saltanatidagi diniy e`tiqod ibtidoiy din shakllaridan xristian dinigacha bo`lgan tarixiy davrni bosib o`tgan. Xristian dini dunyodagi eng nufuzli dinlardan biri bo`lib, hozir Yevropa, Amerika aholisi va osiyoliklarning katta qismi shu dinga e`tiqod qiladilar.

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki. Italiya madaniyatining ildizlari uzoq o`tmishga borib taqaladi. Yozuv moddiy madaniyatning bir turi bo`lib, u lotin va etrusklar madaniyatining bevosita davomi hisoblanadi. Etrusk, osk va lotin yozuvlari miloddan avvalgi VIII–VII asrlarda yaratilgan edi. Bu yozuvlar tosh, sopol, teri va boshqa narsalarga yozilgan. Ammo qadimgi Rim yozuvlari ancha murakkab bo`lib, u hanuzgacha yaxshi o`rganilgan emas. Keyinchalik Italiya qabilalari yunonlardan olingan Finikiya yozuvi asosida tuzilgan yozuvni qabul qilganlar. Bu yozuv keyinchalik lotin alifbosi nomi bilan mashhur bo`lib ketgan. Lotin yozuvi hozirda dunyoning ko`p mamlakatlarida qo`llaniladi. Italyanlar lotin alifbosida kitoblar yaratganlar.
Rim – Italiyada ilmiy bilimlar. Italiyaliklar yunonlar kabi fizika, matematika, dengizda suzish, astronomiya, gidrotexnika va agronomiya (qishloq xo`jaligi) fanlariga juda qiziqqanlar. Italiya olimlari me`morchilik, gidrotexnika va agronomiyadan dastlabki qo`llanmalar yaratganlar. Rim astronom ustalari quyosh va suv soatlarini kashf etib, ulardan foydalanganlar. Ilgari ma`lum bo`lgan kalendar – taqvimlarni qayta ishlab, takomillashtirganlar.


Yüklə 30,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin