Karfagen Reja: Kirish



Yüklə 30,75 Kb.
səhifə1/8
tarix08.08.2023
ölçüsü30,75 Kb.
#138891
  1   2   3   4   5   6   7   8
Karfagen


Karfagen
Reja:
Kirish

  1. Karfagen (yangi shahar)

  2. Qadimgi Rim – Italiya yozuvi va kitoblari.

  3. Qadimgi Rim san`ati va diniy e`tiqodi

  4. Qadimgi Italiya tibbiyoti.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

Kirish
Karfagen (finikiycha Kartadasht — yangi shahar) — Shim. Afrikadagi qad. shahar-davlat (hrz. Tunis sh. atrofi). Finikiylar tomonidan mil.av. 825-yilda barpo qilingan. K. mil. av. 3-asrning boshiga kelib Shim. Afrika, Sitsiliya (Sirakuzadan tashqari), Sardiniya va Jan. Ispaniyani bosib olgach, Oʻrta dengiz boʻyidagi qudratli davlatga aylangan, bu esa u bilan Rim oʻrtasidagi toʻqnashuvni keltirib chiqargan. Puni urushlari (mil.av. 264—146-yil)dagi magʻlubiyatdan keyin K. rimliklar tomonidan vayron qilingan (146), uning asosiy hududi Rimning Afrika viloyati tarkibiga kiritilgan, qolgani Numidiyaga berilgan. K. sanʼati va madaniyatiga oid moddiy madaniyat yodgorliklari oz miqdorda saqlanib qolgan.
Qadimgi Rim – Italiya yozuvi va kitoblari. Qadiragi Rim – Italiya o`ziga xos madaniyat yaratib jahon madaniyati xazinasiga katta hissa qo`shgan mamlakatdir.
U madaniyat qo`shni yunon va sharq xalqlari madaniyatidan bahramand bo`lgan holda vujudga kelgan.

Italiya madaniyatining ildizlari uzoq o`tmishga borib taqaladi. Yozuv moddiy madaniyatning bir turi bo`lib, u lotin va etrusklar madaniyatining bevosita davomi hisoblanadi. Etrusk, osk va lotin yozuvlari miloddan avvalgi VIII–VII asrlarda yaratilgan edi. Bu yozuvlar tosh, sopol, teri va boshqa narsalarga yozilgan. Ammo qadimgi Rim yozuvlari ancha murakkab bo`lib, u hanuzgacha yaxshi o`rganilgan emas. Keyinchalik Italiya qabilalari yunonlardan olingan Finikiya yozuvi asosida tuzilgan yozuvni qabul qilganlar. Bu yozuv keyinchalik lotin alifbosi nomi bilan mashhur bo`lib ketgan. Lotin yozuvi hozirda dunyoning ko`p mamlakatlarida qo`llaniladi. Italyanlar lotin alifbosida kitoblar yaratganlar.



Yüklə 30,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin